O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT FAKULTETI JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANIDAN KURS ISHI
Mavzu: Jismoniy madaniyat,ommaviy va sport tadbirlarini tashkillashtirish.
Bajardi: Xamzayev Salvar Kurs ishi rahbari: Haydarov Ilhom JIZZAX-2023 MUNDARIJA: KIRISH 1-BOB. Jismoniy madaniyatning nazariy asoslari. Jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining maqsadi va vazifalari…………………………………………………………………5
Ommaviy sport tadbirlarini tashkil etish tartibi……………………………………………………………………11
Sport tadbirlarining milliy ruhda tashkil etilishi……………………………………………………………………18
KIRISH Jamiyatimizda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish, shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimiz vakillarining Olimpiya o‘yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida uch bosqichdan iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o‘yinlari ommalashib borayotgani ayniqsa e’tiborlidir. Shu bilan birga, mamlakatimizning barcha hududlarida ommaviy sportning inson va oila hayotidagi muhim ahamiyati, uning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi ekanini targ‘ib-tashviq qilish, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarni zararli odatlardan asrash, ularga o‘z qobiliyat va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda maqsadli tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 03.06.2017 yildagi PQ-3031-son, Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bundan tashqari:
O‘zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo‘yicha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish; xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida «xospitaliti xizmatlari»ni yo‘lga qo‘yish, «Sport Visa» qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizasini joriy etish; sport sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, shu jumladan sport tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilash; sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish; huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tizimidagi ta’lim muassasalari, jumladan «Temurbeklar maktabi» o‘quvchi-talabalari uchun «Armiya o‘yinlari» dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish ko’zda tutilgan.
Shuningdek jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish, sport inshootlari va muassasalarining boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, jumladan «Sport.uz» axborot tizimi orqali sport inshootlarining telekommunikatsiya tarmoqlariga ulanishini ta’minlash; milliy sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, ularni Osiyo va Olimpiya o‘yinlari dasturlariga kiritish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish ham nazarda tutilgan. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzi va muxitni yaratadi. Jumladan turli kasalliklar, yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini olish, mardlik, olijanoblik, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi. Xususan Respublikamizda ommaviy sport tadbirlarini ko’paytirish bo’yicha aholining barcha qatlamlari o‘rtasida «Jismoniy tayyorgarlik darajasi» sinovlarini o‘tkazishni joriy etish; sport turlari bo‘yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik ta’minotni yo‘lga qo‘yish; sport turlari bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan hududiy terma jamoa a’zolarini hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining o‘smirlar bo‘limlarida va undan katta yoshdagi hududiy terma jamoa a’zolarini tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish mexanizmini joriy etish; 2020 yil 1 fevraldan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy etish; qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yilgan.