Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 181 Kb.
səhifə5/12
tarix11.05.2023
ölçüsü181 Kb.
#110988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jismoniy tarbiya darslarida ko\'rgazmali qurollardan foydalanish

1.2.Jismoniy tarbiya darslarida ko‘rgazmali qurollarni namoyish qilish
Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi asosiy shartlardan biri yaxshi uyushtirilgan tibbiy nazoratdir. Ta’lim muassasalarida tibbiy nazoratning vazifalari-bolalar sog‘ligini mustaxkamlash uchun jismoniy tarbiyaning asosiy vosita va uslublaridan foydalanish, ular to‘g‘ri qo‘llanishini nazorat qilish, shuningdek jismoniy tarbiya ishlari uchun tegishli sharoitlarni yaratishga ko‘maklashishdan iborat.
Jismoniy tarbiya jarayoni boshqa tarbiyalardan farqli o‘laroq shug‘ullanuvchilar organizmini sog‘lomlashtirish hamda jismoniy rivojlantirish uchun yo‘naltirilgan. Æismoniy tarbiya amaliyotida ta’limning ko‘plab turli uslublari va uslubiy shakllari qo‘llaniladi. Uslublarni quyidagi uch guruhga birlashtirish mumkin:
a) og‘zaki; b) ko‘rgazmali; v) amaliy.
Uslublar va uslubiy shakllar o‘zaro chambarchas aloqadadir. O‘qituvchi ularni turli ko‘rinishlarda qo‘llab, jismoniy tarbiyaning to‘la qonli jarayonini ta’minlaydi.

Og‘zaki uslub shakllari: Tushuntirish uslubi Ta’lim muassasalarining barcha sinflarida qo‘llaniladi. U mashqning mohiyatini ochib beradi, talabalarda harakat haqida tasavvur hosil qiladi. Hikoya bolalarni mashqlarning yangi turlari bilan tanishtirishda; mazmun va shaklga ega bo‘lgan yangi o‘yinni o‘rganishda qo‘llaniladi.


Suhbat savol-javob shaklida o‘tkaziladi. O‘qituvchi yo‘llovchi savollar yordamida materialni o‘zlashtirish darajasini aniqlaydi, shuningdek, talabalarda o‘z fikrlarini aytish istagini qo‘zg‘aydi. Buyruq va qaror. Talabalar jismoniy mashqlarni bajarayotganlarida va darsni o‘tish jarayonida o‘qituvchi rahbarlik qilish uchun buyruq va qarorlaridan foydalanadi.
Ko‘rsatmalar Ta’lim muassasalarining barcha sinflarida mashqlarni bajarishda qo‘llaniladi. Ko‘rsatmalar butun guruhga yoki bir talabaãa tegishli bo‘lishi mumkin.
Ko‘rgazmali uslub shakllari: Mashqni ko‘rsatish. Ta’lim uslublari ichida eng tushunarlisi ko‘rsatish uslubi hisoblanadi. Ko‘rgazmali uslublarda mashqlarni ko‘rsatish etakchi o‘rinni egallaydi. Umuman ko‘rgazmalilikni qo‘llanish, xususan ko‘rsatish kichik yoshdagi talabalarni o‘qitishda zarurdir. Ko‘rsatish juda samarali bo‘lish uchun bolalarni yaxshi uyushtirish va ular kuzatishlari uchun sharoit yaratilishi lozim. Mashqlar barcha talabalarga yaxshi ko‘rinadigan joydan turib namoyish etilishi kerak. Ko‘rsatish va tushuntirish turli variantlarda birga qo‘shib olib boriladi:
1) dastlab mashq namoyish etiladi, so‘ng tushuntiriladi;
2) dastlab mashq tushuntiriladi, so‘ng namoyish qilinadi;
3) namoyish tushuntirish bilan birga olib boriladi.

Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin