Jizzax davlat pedagogika universiteti jismoniy madaniyat fakulteti jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi kafedrasi



Yüklə 181 Kb.
səhifə2/12
tarix11.05.2023
ölçüsü181 Kb.
#110988
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Jismoniy tarbiya darslarida ko\'rgazmali qurollardan foydalanish

Kurs ishining maqsadi. Umumta'lim maktablarining jismoniy tarbiya darslarini tashkil etishda nazariy, amaliy va eksperimental-metodik asoslarni tadqiq etish va bu borada ilmiy metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining vazifalari.

  1. Mavzuga oid ilmiy-pedagogik adabiyotlarni o'rganish.

  2. Jismoniy tarbiya darslarida o’quvchilarni sport mashqlarga

o’rgatishning yangicha shakl va metodlarini ishlab chiqish.

  1. O'tkazilgan tajriba, sinov va izlanishlarga asoslangan holda eksperiment natijalarini tahliliy va nazariy asoslash.


I.BOB. Jismoniy tarbiya darslarida ko'rgazmali qurollardan foydalanishning samaradorligi

1.1Jismoniy qobiliyatlarni rivojlantirishda qo’llaniladigan metodlar.

So’z metodi


So’z metodi – jismoniy tarbiya jarayonida o’qituvchining asosiy faoliyati so’z bilan amalga oshiriladi: so’z yordamida ko’nikma va malakalar beriladi, anglashni faollashtiradi, shuningdek, berilgan vazifalarning bajarilishida boshqarish natijalarni analiz qilish va baholash, hamda bolalar intizomi boshqariladi. So’z metodi shug’ullanuvchilarni jismoniy qobiliyatlarni tushunishda, baholashda va o’zicha boshqarishda kerakli vazifani hal etadi. Shu bilan bir qatorda so’z o’zining qo’llanilishiga ko’ra u yoki bu hikoya, suhbat, muhokama va hokazolar orqali amalga oshiriladi.
So’z metodi:

  1. ko’rsatma berish;

  2. qo’shimcha tushuntirish;

  3. buyruqlar berish;

  4. og’zaki baholash;

  5. o’z-o’ziga gapirish va o’z-o’ziga buyruq berish;

  6. rag’batlantirish,

  7. so’z orqali jazolash;

  8. umumiy buyruq;

  9. tahlil qilish;

  10. so’z orqali o’zaro munosabat kabilarni o’z ichiga oladi.

Ko’rsatma berish – texnikani o’rganish faoliyatini, vazifalarni yoki mashqlarni bajarish qoidalarini so’z orqali aniq va tushunarli qilib shug’ullanuvchilarga yetkazishdir.
Qo’shimcha tushuntirish – ayrim harakatlarni bajarish usuli, uning sifatini yaxshilash maqsadida chuqurroq bilim berish maqsadida turli ko’rgazmalar orqali izohlash, tushuntirish kabilar kiradi.
Ko’rsatma va buyruqlar – bu maxsus so’z shaklida o’quvchilar faoliyatini boshqarish. Ko’rsatma va buyruq orqali dastlabki ko’rsatish vazifalarni aniqlash maqsadida qo’llaniladi hamda samarador usullardan biri hisoblanadi.
Og’zaki baholash – bu so’z orqali o’quvchilar faoliyatini rag’batlantirish yoki aksincha (“yaxshi”, “yomon” va h.k.) bo’lishi bilan izohlanadi.
O’z-o’ziga gapirish va buyruq berish – o’z-o’ziga gapirib mashqni bajarish orqali har bir harakat usullarini hamda jismoniy qobiliyatlarni o’z faoliyatida bayon etadi. Masalan: o’yin taktikasini, yo’nalishini, uni bajarish usullarini fikran rejalashtiradi. Bu usulning asosi – bu so’zning harakat bilan bog’liqligi hisoblanib, bir vaqtning o’zida o’quvchida ham taktika, ham so’z bilan, ham unda zaruriy jismoniy qobiliyat kabi sifatlar uning ongida gavdalanadi.

Yüklə 181 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin