Jonlivajonsiztabiatto‘g‘risidatasavvurgaegabo‘lish Jonsiztabiat. Bolalarda jonsiz tabiat hodisalari haqidagi tasavvurlarini shakllaitirish.
Havo, magnitning xususiyatlari bilan tanishtirish. Bolalar uchun tushunarli vositalar yordamida havo hamma joyda: suvda, g‘ishtda, yerda va shu kabilarda mavjudligini tajribalar orqali ko‘rsatish. Havoning qayishqoq bo‘lishi, ma’lum hajmni egallashi (sovun ko‘piklarini puflash, sharlarni puflash) mumkinligini ko‘rsatish. Havo harakatlanadi(shamol) va u harakat qilib, predmetlarni joydan-joyga ko‘chirishi va shuningdek, harakatga qarshilik ko‘rsatishi mumkin (parashyut).
Bolalarni magnitning xususiyatlari bilan tanishtirish. Magnit o‘ziga metall buyumlarni tortishi, magnitning xususiyatlari to‘siqlar orqali ham namoyon bo‘lishi(magnitta predmetlar suv,
qog‘oz, plastmassa, yog‘och, karton orqali ham tortilishi). Magnit o‘ziga tortinsh va o‘zidan itarishi bilan tanishtirish.
O‘simliklardunyosi. Bolalarni yangi hona o‘simliklari bilan tanishtirish. Ularning xususiyatlari: shakli, hajmi, poyasi, barglar, gulining rangini ajratish va xarakterlashga o‘rgatish. O‘simliklariing yorug‘likka, issiqlikka, namga, oziqlantiruvchi tuproqqa ehtiyojlari haqidagi tasavvurni shakllantirish. Bolalarni yerug‘likni sevuvchi va salqinga chidamli, suvni sevuvchi va suvsizlikka bardosh beruvchi o‘simliklarning tashqi tuzilishiga qarab farqlashga o‘rgatish.
Sabzavotlarning (8-9 xili), meva (5 xili)larning va sitrus o‘simlik (3-4 xili)larning shakli, rangi, hajmi, ta’mi, oziq-ovqat sifatida qo‘llanilishi, belgilarg‘a qarab qiyoslash va xarakterlay olish ko‘nikmasini shakllantirish, umumlashtirilgan (sabzavotlar, mevalar, gullar) so‘zlarni ko‘llashga o‘rgatish
Bolalarda tabiatdagi go‘zallikdan zavq olishni tarbiyalashni davom ettirish. Ular ongiga tabiatga zarar yetkazmaslik, ekologiyani zararlamaslik (tevarak-atrofni iflos qilmaslik, o‘t- o‘lanlarni bosmaslik, daraxt shoxlarini sindirmaslik, hayvon va qushlarga ozor bermaslik, uyalarini buzmaslik, gullarni yulmaslik, bu ning oqibatida gullar, kapalaklar yo‘q bo‘lib ketishi, chumolilarning inini buzmaslik va h.k.)ni bolalar ongiga singdirish.
Bolalarning hovlidagi barcha o‘simliklar va xonaki (kishda vaqtincha o‘tkazilgan) o‘simliklarning yorug‘likka, issiqlikka, suvga, (ozuqa) tuproqqa qo‘lgan ehtiyejlari haqidagi tasavvurlarini aniqlash. O‘simliklarning o‘sish va o‘smasligi shart-sharoitlarining mavjudligi va ularning turlicha talablarga bog‘liqligini belgilashga o‘rgatish.
O‘simliklarning o‘sishi uchun havo, suv, quyosh, ozuqali tuproq zarurligini amaliy ishlar orqali tanishtirish.
Bolalarning o‘simliklarni turli yo‘l bilan ko‘paytirish haqidagi bilimlarini kengaytirish. O‘simliklar qalamchasidan, piyozidan, butasini ajratib ekishdan nishi mumkinligini xonaki o‘simliklar misolida ko‘rsatish. O‘simlikning u ishi uchun yorug‘lik, suv, issiqlik, ozuqali tuproq zarur ekanligi to‘g‘risidagi bilimlarini tajriba, amaliy mashg‘ulotlar orqali takomillashtirish. Bahor haqidagi tasavvurlarini aniqlash, bolalarni ularning rangi, shakli. gullari, yaproqlarining hajmi. Belgilariga qarab qiyoslash asosida xarakterlashga o‘rgatish.
Erta gullaydigan o‘tsimon, butasimon o‘simliklar va daraxtlar bilan tanishtirishni davom ettirish. Ba’zi daraxtlar (o‘rik, bodom) avval gullab, so‘ng barg chiqarishi, ba’zilari esa barg chiqarib(olma, behi) so‘ng gullashini tushuntirish.
Bolalar bilan birgaliqda maktabgacha ta’lim muassasasi hovlisida daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, tagini yumshatish va sug‘orishga o‘rgatish. Qurigan shox-shabbalarni qirqish, ko‘milgan gul, tok va anor ko‘chatlarini ochish va ularni parvarish qilish ko‘nikmasini hosil qilish.
Bog‘, poliz va gulxonada sabzavot va gul ekinlari yetishtirish xaqidagi bolalar tasavvurlarini boyitish. O‘simliklarning ayrim turlari misolida bolalar ularning urug‘dan ko‘karib, to urug‘ bergunigacha bo‘lgan o‘sish va rivojlanish davrining izchilligini. unib chiqishi uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni, ularni parvarishlash usullarini bolalar ongiga singdirish, amalda kuzatish ishlarini olib borish.
Yovvoyi o‘simliklar urug‘ini to‘kib ko‘payishi va madaniy o‘simliklarni inson tomonidan yetishtirilishi, madaniy va yovvoyi o‘simliklarning inson hayotidagi ahamiyati, barcha o‘simliklarni extiyot qilish va ularni qo‘riqlash asosida madaniy va yovvoyi o‘simliklar xaqida umumiy tasavvurni shakllantirish. O‘simliklar qanday belgilari asosida (xonaki, dala. poliz ekinlari)madaniy o‘simliklar] (o‘rmon, o‘tloq ekinlarini), yovvoyi o‘simliklarga bo‘linishi to‘g‘risidagi zarur tushunchalarini shakllantirish, guruxdagi gullar nomini bilish.