Jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə1/68
tarix12.07.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#136449
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
bolalarni tabiat bilan tanishtirish



O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI MAKTABGACHA TA'LIM MЕTODIKASI KAFЕDRASI

Jizzax –2023


Xamidova Gulbahor
Toshtemirova Dilnura
BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI FANIDAN MARUZALAR MATNI
ANNOTASIYA
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘z milliy qadriyatlarini tiklash yo‘lida jamiyat hayotining har bir jabhasida sobitqadamlik bilan ish olib bormoqda.
Bolalarni har tomonlama tarbiyalashning asosi ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdan iborat. Bu vazifani amalga oshirishda tabiatshunoslikning ro`li katta.
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishni maktabgacha yoshidan boshlamoq kerak.
Shunga ko‘ra Maktabgacha ta`lim tashkilotlarida murg‘ak qalblarga ta'lim tarbiya berayotgan tarbiyachi pedagoglarning eng muhim vazifalaridan biri ham bolalarning tabiat go‘zalliklarini ko‘ra bilishi, uni sevishi, tabiatda yuz berayotgan voqea hodisalar haqida to‘g‘ri tushunchaga ega bo‘lishi, qolaversa tabiat yaratgan boyliklardan oqilona foydalanish ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘lmog‘i lozim.
O‘quv uslubiy qo‘llanmada O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan joriy etilgan Maktabgacha ta`lim tabiat bilan tanishtirish dasturi, O‘zbekistonning o‘ziga xos etnik xususiyatlari, geografik iqlimi, tabiiy xususiyatlari o‘rin olgan hamda amaliyotda erishilgan yutuqlar asosida ta'lim tarbiya haqida nazariy g‘oyalar berilgan.
Qo‘llanma maktabgacha yoshdagi bolalarning har bir yosh bosqichiga xos psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda ichik yoshdagi guruhdan to maktabgacha tayyorlov guruhi uchun mo‘ljallangan bilim va ko‘nikmalar hajmini o‘z ichiga oladi.
Bo`lajak tarbiyachi pedagoglar uchun eng muhimi, ta'lim tarbiya tizimini tushunib olish, tabiat bilan tanishtirishning shakl, metod va uslullarini, shu bilan birga, bolalarning bilish faoliyatlariga rahbarlik qilishni o‘rganib olishdir.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin