Abu Nasr Forobiy. O‘rta Osiyo xalqlari ijtimoiy falsafiy fikrlarining eng yirik va mashhur vakillaridan biri Abu Nasr Forobiyning (873950) ilmiy falsafiy merosi nihoyatda boy. Uning asarlari hozirgacha to‘liq aniqlanmagan. Nemis olimi M.K.Brokkelmanning ro‘yxatida Forobiyning turli sohalarga oidi 180 ta asarining nomi keltirilgan.
Forobiy tabiatshunoslikning turli tarmoqlari bilan shug‘ullangan bo‘lib, uning «Kitob alhajm va almiqdor», «Kitob almabodi alinsonia» («Insoniyatning boshlanishi haqida kitob»).
«Kitob ala'zo alhayvon» («Hayvon a'zolari to‘g‘risida kitob») nomli asarlari bunga dalil bo‘la oladi.
Tabiatshunoslikka oid «Odam a'zolarining tuzilishi», «Hayvon a'zolari va ularning vazifalari haqida» kabi asarlarida odam va hayvonlardagi ayrim a'zolarning tuzilishi, xususiyatlari va vazifalari haqida ham to‘xtab o‘tilgan.
Odam a'zolarining tuzilishi va vazifalari haqida so‘z yuritilganda o‘zgarishlar, ya'ni kasalliklar birinchi navbatda ovqatlanish tartibining buzilishi oqibatida kelib chiqadi, deb tushuntiriladi.
Forobiy tabiiy va inson qo‘li bilan yaratiladigan sun'iy narsalarni ajratgan. Shuningdek, u tabiiy narsalar tabiat tomonidan yaratilganligini va bunda inson omilining ta'siri katta ekanligini, tabiiy va sun'iy tanlash hamda tabiatga ko‘rsatiladigan boshqa ta'sirlarni atroflicha baholagan.
2.1.Abu Rayhon Beruniy(9731048) koinotdagi hodisalarni taraqqiyot qonunlari, narsa va hodisalarning o‘zaro ta'siri bilan tushuntirishga urinadi. Olim yerdagi ba'zi hodisalarni quyoshning ta'siri opqali izohlaydi. Beruniyning fikricha, yerdagi o‘simlik va hayvonot olamining yashashi uchun zarur imkoniyatlar cheklangan. Lekin o‘simlik va hayvonlar doimo ko‘payishga intiladi va shu maqsadda kurashadi. Beruniyning tabiatshunos sifatida quyidagicha fikrlari hanuzgacha o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan: «Ekin va nasi qoldirish bilan dunyo to‘lib boraveradi. Garchi dunyo cheklangan bo‘lsada, kunlar o‘tishi bilan bu ikki o‘sish natijasida ko‘payish cheklanmaydi. Agar o‘simliklardan yoki jonivorlardan biror xilining o‘sishiga sharoit boimay, o‘sishdan to‘xtasa ham, boshqalarida bu ahvol bo‘lmaydi. Ular birdaniga paydo bo‘lib, birdaniga yo‘qolib ketmaydi. Bordiyu yer yuzini bir xil daraxt yoki bir xil hayvon butunlay qoplab olsa, bu holda hayvonning ko‘payishiga ham, daraxtning o‘sishiga ham o‘rin qolmaydi. Shu sababdan dehqonlar ekinlarni o‘toq qilib, keraksizini yulib tashlaydilar».
Beruniy asarlarida o‘simlik va hayvonlarning biologik xususiyatlari, ularning tarqalishi va xo‘jalikdagi ahamiyati haqida ma'lumotlar topish mumkin. Beruniyning ilmiy qarashlari, asosan, «Saydana», «Minerologiya», «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» asarlarida o‘z aksini topgan. Unda Eronning turli tropik o‘simlik va hayvonlarining tashqi muhit bilan aloqasi, ularning xulq atvori yil fasllarining o‘zgarishi bilan bog‘liqligi misollar bilan tushuntirilgan. Beruniy yer yuzining o‘zgarishi o‘simlik va hayvonot dunyosining o‘zgarishi bilan, t irik organizmlarning turli hayoti yer tarixi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Qumni kavlab, uning orasidan chig‘anoqni topish mumkin. Buning sababi, bu qumlar qachonlardir okean tubi bo‘lgan, deb ta'kidlaydi alloma. Beruniy «Saydana» degan asarida 1116 hil doridarmonlarni tavsiflagan. Ularning 750 tasi turli o‘simliklardan, 101 tasi hayvonlardan, 107 tasi esa minerallardan olinadi. Beruniyning «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» asarlarida o‘simlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o‘zaro aloqasi haqida ham qiziqarli ma'lumotlar keltirilgan. Beruniy o‘zining tabiiyilmiy kuzatishlari, tajribalari asosida tabiatdagi hodisalar ma'lum tabiiy qonuniyatlar asosida boshqariladi, ularni tashqaridan ta'sir etuvchi har qanday kuch o‘zgartirish qobiliyatiga ega emas, degan xulosaga keladi.
2.2.Abu Ali ibn Sino(9801037) yirik qomusiy olim sifatida tanilgan. Uning 450 ta asari mavjud bo‘lib, bizgacha 240 tasi yetib kelgan. Ibn Sino asarlari orasida «Tib qonunlari» shox asari tibbiyot ilmining qomusi bo‘lib, o‘rta asr tibbiyot ilmi tarqalishining oliy cho‘qqisi bo‘lib hisoblanadi.
Ibn Sinoning falsafiy va tibbiy ilmiy qarashlari uning jahonga mashhur «Kitobashshifo», ya'ni «Davolash kitobi» asarida bayon etilgan. Bu asarda materiya, fazo, vaqt, shakl, harakat, borliq kabi falsafiy tushunchalar, shuningdek, matematika, kimyo, botanika, ekologiya, geologiya, astronomiya, psixologiya kabi fanlar haqida fikrlar bayon etilgan.
Ibn Sinoning tog‘larning vujudga kelishi, yer yuzining davrlar o‘tishi bilan o‘zgarib borishi, zilzilaning bo‘lishi kabi turli tabiiy jarayonlar haqidagi fikrlari geologiya ilmining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdi.
2.3.ZahiriddinMuhammadBobur (14831530). Bobur nafaqat shoir balki podsho, ovchi, tarixchi, bog‘bon va tabiatshunos bo‘lgan. «Boburnoma» asarida Bobur o‘zi ko‘rgankechirganlari, yurgan joylari tabiati, boyligi, urfodati, hayvonoti, o‘simliklarini tasvirlagan. Asarda yer, suv, havoga tegishli xalq so‘zlari ko‘plab uchraydi. Bobur o‘z asarida joyning geografik o‘rni, qaysi iqlimga mansubligi, o‘simliklari, hayvonlari haqida bayon etgan va O‘rta Osiyoda qadim vaqtlardan buyon qovun, bug‘doy, o‘rik, nok va mevalarning bir necha navlari borligi haqida ta'kidlagan. Asarda Bobur borgan joylarining tabiati va o‘ziga xos xususiyatlarini Andijon bilan taqqoslagan, hamda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Xuroson va Hindistondagi hayvonot dunyosi haqida batafsil bayon etib bergan.
3.Tabiat bilan tanishtirishning pedagog asoschilari (2 shakl)
3.1.Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish dasturiIlk yoshdavri Ilk yoshli bolalar ta’lim- tarbiyasining o‘ziga xos xususiyatlari. Insonning rivojlanish davri ona qornidan boshlanadi. Bola ona qornida to‘kqiz oy mobaynida juda tez rivojlanish jarayonini va murakkab taraqqiyot davrini o‘taydi. Bu davrda ham bola ma’lum darajada tashqi muhit ta’sirida bo‘ladi. Shuninguchun ham bu ta’sirning ijobiy bo‘lishini ta’minlash lozim.
Go‘dakning vazni tug‘ilgan paytda 3,5 kp, bo‘yi 50 sm bo‘lgan bo‘lsa. uch oylik davrida uning vazni taxminan 5 kg, bo‘yi 60 sm, 6 oylik bo‘lganda esa taxminan 7 kg, bo‘yi 64 sm bo‘ladi. Farzand ila olam munavvar. Zero, u naslimiz davomchisidir. Ko‘zimizning oqu qarosi bo‘lgan dilbandlarimiz har doim ardog‘imizda ekan, biz olamga ular nigoxi bilan qarashga intilamiz. Har bir harakati va imo-ishoralari orqali ularni anglashga urinamiz. Bolalar bilan muloqot paytidagina bu olam mo‘jizalaridan bahramand bo‘lish mumkin.
Bunda ota-onalar, oiladagi kattalar bolalarning sensor harakatlarini taraqqiy ettirish, ko‘rish. eshitish va sezish organlarining faoliyatini rivojlantirish, chaqaloq bilan muloqot qilayotgan kishilar chehrasiga diqqat bilan qarashga, harakatlanayotgan buyumlarni ko‘z bilan kuzatishga odatlantirish, kulog‘iga chalingan tovushlarga, atrofdagi kishilar nutqi. qo‘shig‘i, shaqildoqlarning ovoziga qulok solishga o‘rgatish, chaqaloqning boshini ko‘tara olish va ma’lum muddat shu holda tutib turish ko‘nikmasini shakllantirish, uning qorni bilan yotib talpinish faoliyatini shakllantirishga yordam berish, barmog‘ini so‘rishga yo‘l qo‘ymaslik, bolani parvarishlashni to‘g‘ri tashkil etish, bolaning uxlash muddatini aniq belgilab qo‘yish kabi talablarga rioya etishlari lozim.
Bir yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning rivojlanishi asosan oila muhiti ta’sirida bo‘lib, u ona suti bilan oziqlanishi lozim. Bola bu davrda nutqqa ega bo‘lmasa ham nutqni tushunish, anglash, harakatlarni idrok etish, oila a’zolarini tanish qobiliyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham go‘daklik davridan boshlab uch yoshgacha bo‘lgan davrda bolaning nutqi va tafakkuri jadal rivojlanadi. Bola bir yoshgacha bo‘lgan davrda dastlabki so‘zlarni ayta boshlaydi. Bu davrda kattalar, asosan, oila a’zolari go‘dakni to‘g‘ri parvarish qilishni yo‘lga qo‘yishlari lozim. "Bola tushunmas ekan" deb, unga befarq bo‘lmasliklari, atrof-muhitdagi buyumlarning nomini to‘g‘ri talaffuz qilib, ularning nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun keng yo‘l ochishlari kerak.
Oilada bolani tarbiyalashda ota-ona bilan bola o‘rtasida qalban yaqinlikga erishish lozim. Ota-onalar hech qachon tarbiyani o‘z holiga tashlab qo‘ymasligi, ya’ni bolaning ilk yoshligidan bu jarayonga kirishish talab etiladi. Chunki, bola oilada birinchi hayotiy tajribani o‘rganadi, kuzatadi va o‘zini turli xil vaziyatlarda qanday tutish kerakligini o‘rganadi. Biz bolani nimagao‘rgatsak uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlashimiz zarur, ya’ni bola kattalar aytgan gaplariga amal qilishlari, shaxsan tarbiyaning samaradorligini ta’minlaydi.