Ekologiya. Bugungi kunda ekologiya fani tushunchasi har bir insonning ongiga singib bormoqda. Deyarli har kuni gazeta sahifalarida, radio va oynaijahon kokrsatuvlarida hozirgi sharoitdagi ekologik muammolar hamda ularni hal etish borasida olib borilayotgan sa'y harakatlar haqida ma'lumotlar beriladi.
Ekologiya tushunchasi yunoncha so‘z bo‘lib, «eko» — uy, makon va «logos» — fan degan ma'noni bildiradi. Tabiiy uyimizni o‘rganish deganda, albatta, undagi barcha tirik organizmlar va jarayonlarni o‘rganish, ya'ni ushbu uyni yoki maskanni hayot uchun yaroqli holda saqlash kabi masalalar tushunilishi kerak. Ekologiya fani ham biologiya, geografiya fanlari singari mustaqil fan hisoblanadi. (tirik organizmlarning yashash sharoiti va ularni o‘zi yashab turgan muhit bilan o‘zaro murakkab munosabatlari hamda shu asosda vujudga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadi. Ekologiya tushunchasi fanga birinchi bo‘lib 1866yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan kiritilgan.
Populyatsiyalar, turlar, biotsenozlar, biogeotsenozlar va biosfera kabi tushunchalar ekologiya fanining manbai hisoblanadi. Shuning uchun umumiy ekologiya to‘rt bo‘limga bo‘lib o‘rganiladi: autekologiya,populyatsiyalarekologiyasi,sinekologiyava biosfera. Autekologiya («autos» — yunoncha so‘z bo‘Iib, «o‘zi» degan ma'noni bildiradi) ayrim turlarning ular yashab turgan muhit bilan o‘zaro munosabatini, ularning qanday muhitga ko‘proq va uzviy moslashganligini o‘rganadi.
Populyatsiyalarekologiyasi («papulyason» — fransuzcha so‘z bo‘Iib, «aholi» degan ma'noni bildiradi) populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasini, ma'lum sharoitda turii organizmlar sonining o‘zgarish (biomassa dinamikasi) sabablarini tekshiradi.
Sinekologiya («sin» — yunoncha so‘z bo‘Iib, uning ma'nosi «birlikda» demakdir) biogeotsenozlarning tuzilishi va xossalarini, ayrim o‘simlik va hayvon turlarini o‘zaro aloqasini hamda ularni tashqi muhit bilan munosabatini o‘rganadi.
Ekotizimlarning tadqiq qilishning rivojlanishi biosferahaqidagi ta'limotni vujudga keltiradi.
Bugungi kunga kelib ekologiya fani aniq biologik fanlar tizimidan chiqib, atrofmuhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta'siri natijasida o‘ta kengayib ketdi. Fanga «inson ekologiyasi» degan atama ham kirib keldi.
Insonning tashqi muhitga munosabati boshqa tirik organizmlardan tubdan farq qiladi. 1921 yilda amerikalik olimlar Bortes va Park tomonidan «Inson ekologiyasi» degan yangi fan kiritildi.
Dastlab, inson ekologiyasiga tabiiy soha bo‘limi sifatida qaralib, keyinchalik ularning ijtimoiy, texnik, me'moriy iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham o‘rganildi. Inson ekologiyasi insonning atrof muhitga va aksincha, atrof muhitning insonga ta'sirini o‘rganadi. Inson ekologiyasini o‘rganish natijasida ijtimoiy ekologiya vujudga keladi. Unga birinchi bo‘lib Raderik Mak Kenzil ta'rif bergan.
Ijtimoiy ekologiya ijtimoiy fanlardan biri hisoblanib, uning maqsadi inson bilan atrof muhit o‘rtasidagi xususiy bog‘lanishlarni o‘rganishdan iborat. Shunday qilib, ekologiya bugungi kunda tabiiy va ijtimoiy fanlar jumlasiga kirib, o‘rganilayotgan ob’yekt yoki tizimning atrofmuhit bilan munosabatini keng miqyosda tadqiq etadi. Biosfera va inson ekologiyasi fanining ob’yekti bo‘Iib bir hujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug‘lar, o‘simlik va hayvonlar hamda ularning jamoalari xizmat qiladi. Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog‘lanishini ifoda etar ekan, u shubhasiz tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi.(1 shakl)