Jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə5/68
tarix12.07.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#136449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
bolalarni tabiat bilan tanishtirish

2.Sharq mutafakkirlarining tabiatshunoslik fani haqidagi ta'limotlari.
O‘rta Osiyo xalqlari, jumladan o‘zbek xalqi qadimdan ekologik madaniyat merosiga ega.
Eng mo‘tabar, qadimgi qo‘lyozmamiz «Avesto»xalqimizning bebaho mulki sanaladi. Bu nodir kitob bundan o‘ttiz asr muqaddam shu zaminda yashagan ajdodlarimizning biz avlodlarga qoldirgan ma'naviy tarixiy merosidir. «Avesto», ayni zamonda, bu qadim o‘lkada buyuk davlat, yuksak ma'naviyat va madaniyat bo‘lganligidan guvohlik beruvchi tarixiy ahamiyatdir.
«Avesto» tabiat, jamiyat va inson o‘rtasidagi munosabatlarni ma'naviy, ruhiy va axloqiy mezonlar orqali uyg‘unlashtiruvchi, kishini qurshab olgan olamni o‘rganishga chorlaguvchi falsafadir.
«Avesto»da noyob dorivor giyohlar haqida qimmatli ma'lumotlar mavjud. Bundan tashqari, uyjoy, atrofmuhit, tabiatni muhofaza qilish, uni asrash to‘g‘risida tavsiyalar berilgan.
«Avesto»da yer, suv, xona, inson tana a'zolari, kiyim kechaklarni toza tutish haqida yozilgan. Atromuhit, ko‘chalarni, butazorlaru o‘tloqlarni, yerni iflos qilgan kishilar jazolanganlar. Shuningdek, muhit tozaligini saqlash va kasalliklarni oldini olish maqsadida axlatlarni, ifloslangan joylarni tosh, tuproq, qum bilan ko‘mib tashlash buyurilgan.
Asarda kasallik tarqatuvchi hasharotlarni yo‘qotish, shuningdek, uy hayvonlarini to‘g‘ri parvarish qilish yomonlari ham ko‘rsatilgan.
O‘rta asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan Muhammad Muso alXorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabiatni e'zozlash haqida qimmatli fikrlar aytganlar.
Buyuk alloma Muhammad ibn Muso alXorazmiy (783850) risolalaridan birida bunday deb yozadi: «Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar!» Daryoning «yoshli ko‘zlari» deganda Muhammad Muso alXorazmiy nimalarni ko‘zda tutgan ekan? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda tutgandir? Vaholanki, buyuk bobomiz eng avvalo daryo bilan odamlarning «birbirlarini tushunishlari», o‘zaro mehrmuhabbat qo‘yishlarini nazarda tutgan.
847 yilda Muhammad alXorazmiy «Kitob surat alarz» nomli asarini yozdi. Unda dunyo okeanlari, quruqlikdagi qit'alar, qutublar, ekvatorlar, cho‘llar, tog‘lar, daryo va dengizlar, ko‘llar va o‘rmonlar, ulardagi o‘simlik, hayvonot dunyosi, shuningdek, Yerning asosiy boyliklari hamda boshqa tabiiy resurslar haqida ma'lumotlar keltirilgan. Ushbu risolada matematika, geologiya, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, shuningdek dunyo xalqlarining tabiiy ko‘nikmalari va tarixiy huquqiy bilimlari umumlashtirilgan.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin