Jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə2/68
tarix12.07.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#136449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
bolalarni tabiat bilan tanishtirish

Ma`sul muharrir:
Meliyev X.–JDPU “Maktabgacha ta`lim metodikasi” kafedrasi mudiri,pedagogika fanlari nomzodi,professor.
Taqrizchilar:
Norqo`ziyeva Manzura Abduraxmonovna- Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta`lim metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi p.f.f.d(P.H.D).
Muximova Sevara Anvarovna –Jizzax shahar Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 18-sonli DMTT direktori.
Uslubiy qo`llanma A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universitetio`quv uslubiy kengashining 2023-yil - “__” _______dagi ___-sonli yig`ilish qarori bilan nashrga tavsiya etilgan.

1. TABIAT BILAN TANISHTIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI FANINING FAN SIFATIDA SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI.

Reja:


  1. Tabiat haqida tushuncha

  2. Sharq mutafakkirlarining tabiatshunoslik fani haqidagi ta'limotlari

  3. Tabiat bilan tanishtirishning pedagog asoschilari

  4. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tabiat bilan tanishtirish dasturi

Darsning maqsadi:


Talabalarga tabiat haqidagi fan uning metodikasi tushunchalar, darsni tashkil etish tabiat haqidagi bilimlarni bolalarga etkazib berishda pedagogik texnologiyalar yondashish yo‘llari. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tabiat burchaklarini tashkil etish va undagi ishlar haqida tushunchalar berish.

Ma’ruza mazmuni:


1. Tabiat haqida tushuncha
O‘simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to‘g‘ri o‘sib shakllanishida, tabiatda bo‘ladigan voqea hodisalarning sir-asrorini o‘rganib voyaga yetishida katta manba bo‘lib xizmat qiladi.
Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat deyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o‘smaydi, ko‘paymaydi, rivojlanmaydi. Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas.
Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o‘sadilar va ko‘payadilar. Jonli tabiat vakillari o‘simlik, havo, suv, yorug‘lik, issiqlik va ozuqa bo‘lmasa yashay olmaydi.
Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi, mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma'naviy boyitishning bitmas tuganmas manbaidir.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta'minlashda ekologik ta'lim-tarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o‘ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o‘z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg‘otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma'naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin