Jizzax davlat pedagogika universiteti maktabgacha



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə7/68
tarix12.07.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#136449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
bolalarni tabiat bilan tanishtirish

Tug‘ilganidan 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi.
Bolaning yirik motorikasi rivojlangan bo‘lishi, bola o‘z tanasini boshqara olishi, tepasiga osilgan o‘yinchoqlarni tomosha qilishi, unga qo‘li bilan talpinishi, o‘z kaftlarini ocha olishi, qo‘lida o‘yinchoqlarni ushlay bilishi, o‘yinchoqni kattalarning qo‘lidan olishi, o‘yinchoq bilan faol o‘yiashi (siltaydi, shiqillatadi, og‘ziga olib boradi, o‘yinchoqni tashlaydi, o‘z qo‘llarini ushlab ko‘radi) kerak.
Bola kattalarga nisbatan tashabbus ko‘rsatishi va ularni his etishi, kattalar bilan muloqotga kulgu bilan javob berishi yaqinlari bilan aloqada bo‘lganida jonlanishi lozim. Bola
eshitgan va ko‘rganlariga munosabat bildira olishi, turli xil imo-ishoralarga hissiy javob qaytarishi (kulishi, gugulashi), tovushga, ashulaga, atrofdagi tovushlarga quloq solishi, tanish bo‘lgan kattalarning nutqiga xissiy javob berishi, raqs ohangi taralganida xursand bo‘lib jonlanishi, onasini ko‘rganda, uning tovushini eshitganida suyunib ketishi, alohida tovushlarni talaffuz qila olishi ( ba, pa, ma, ga) lozim.
Bola onasining muloyim munosabatiga quloq solishi, ilk tovushlarni chiqara olishi, tovush chiqayotgan tomonga qarashi, unga egilib gapirayotgan kattalarga nigohini qaratishi, ovoz orqali munosabat bildirishi, (gugullashi), musiqa tovushlariga qiziqishi lozim.
Bola harakatdagi predmetlarni kuzatishi va nigohlarini harakatlanayotgan predmetlarga qaratishi o‘zini o‘rab turgan atrofidagi predmetlarni tomosha qila olishi kerak.
6 12 oygacha bo‘lgan bolalarning rivojlanishi.
Bu yoshdagi bolalarda asosiy xarakatlar shakllangan bo‘ladi. Bola tizza va kaftlarini yerga tirab tura olishi, yotgan holatdan tura olishi, o‘tirgan joyida yota olishi, ko‘maksiz o‘tira olishi, tayangan holda predmetlardan xatlab o‘tishi, mustaqil birinchi qadamini bosishi lozim.
Bola ikki qo‘li bilan predmetlarni harakatlantira oladi, qutichani ochib predmetni oladi. shiqildoqni shaqillatadi, koptokni yumalatadi, bitta predmet bilan turlicha harakat qiladi bosadi, irg‘itadi, dumalatadi, bir-birining ichiga soladi, o‘yinchoqni tomosha qiladi, u qo‘lidan bu qo‘liga o‘tkazadi, tovush chiqaradigan rezina o‘yinchoqlarni ezgilaydi.
Bolalar kattalar bilan muloqotga kirishadi, o‘ziga yaqin kishilar bilan muloqotga kirishishda tashabbus ko‘rsatadi (kattalarping ko‘ziga qaraydi, yopishadi, qo‘llariga olishlarini hohlaydi, qiyqiradi, qo‘lidan tortadi, erkalanadi), tengdoshlari bilan muloqot qilishga intiladi. Ko‘zgudagi o‘z aksini ko‘rib, tabassum qiladi va o‘z aksi bo‘yicha barmoqlarini yurgizadi, Kattalarga tana a’zolarini (boshi, qo‘li, oyog‘i, burni) ko‘rsatadi. Predmetlar qayerda joylashganini ayta oladi.
Turli ohangdagi musiqani (sho‘x, tez, sskin) his qiladi. Bola kuladi, chapak chaladi, raqsga tushadi, kattalarning imo-ishorasiga taqlid qiladi, o‘zi hohlagan predmetni olganda lazzatlanadi, yoqtirgan predmetini tortib olinganida norozilik bildiradi.



Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin