Bolalarnitabiatbilan tanishtirish. Quyosh va oy haqida tasavvur hosil qilish.
Bolalarni uy hayvonlarining nomini atashga, ularning tovushiga taqlid qilishga o‘rgatish. Bolalarni hayvonlar gavdasining asosiy qismlari, ba’zi bir o‘ziga xos alomatlari, xarakatlariga diqqatlarini jalb etish. Hayvonlarni parvarish qilish haqida tasavvur uyg‘otish.
Bolalarni daraxt, gul va o‘t-o‘lanni farqlashga o‘rgatish. Ularning diqqatini xonada o‘stiriladigan gullarning chiroyiga jalb qilish, ularni sug‘orib turish zarurligini tushuntirish. Nomlari tanish bo‘lgan sabzavot va mevalarni farqlashga o‘rgatish. O‘simliklarni ehtiyot qilishga odatlantirish.
Bolalar bilan fasllar almashishi va ob-havodagi ayrim o‘zgarishlar (yomg‘ir, qor yog‘ishi, quyosh charaqlab turishi)ni kuzatish.
Gurux xonasida akvariumdagi baliqlarni, qushni kuzatish. Ularni parvarishlashga qiziqish uyg‘otish. Butun jonli tabiatga nisbatan g‘amxo‘rlik hissini tarbiyalash.
4-5 yosh
Jonlivajonsiztabiat,yerkurrasito‘g‘risidatasavvurgaegabo‘lish Jonsiz tabiat. Bolalarga ob-havo holatini (sovuq, issiq, iliq, quyoshli, bulutli, shamol esayapti, yomg‘ir yog‘ayapti, do‘l yog‘ayapti), suv va qorning ayrim xususiyatlarini(suv tiniq, qor yumshoq bo‘lishi, undan qorbobo yasash, qorbo‘ron o‘ynash mumkin va hokazo; qor quruq ham bo‘ladi) farqlashni o‘rgatish.
Ayrim predmetlar suvda cho‘kishini, ayrimlari cho‘kmasligini: issiq kunda ko‘lmak suv tez, sovuq kunda sekin qurishini anglab olishlariga yordam berish.
Jonsiz tabiatning ayrim xususiyatlari (tosh-qattiq, qum-sochiluvchan)ni farqlashni o‘rgatish.
Bolalarga ob-havodagi o‘zgarishlarni (sovuq shamol esayapti, yomg‘ir, qor yog‘ayapti) farqpashga o‘rgatish. Qorning xususiyatlari (sovuq, yumshoq, yopishqoq, ho‘l, quruq) bilan tanishtirish.
Bolalarni tong, kunduz, kechqurun, kechasi tushunchalari bilan tanishtirish, kun qismlarida insonlar va bolalarning harakatlari haqida suhbatlar o‘tkazish.