Jizzax davlat pedagogika universiteti «tasdiqlayman»


III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari



Yüklə 112 Kb.
səhifə2/6
tarix02.12.2022
ölçüsü112 Kb.
#71952
1   2   3   4   5   6
ПМ Мустақил таълим йўрикномаси (2)

III. Talaba mustaqil ishining tashkiliy shakllari
3.1.Talaba mustaqil ishini tashkil etish fanning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o’zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan xolda quyidagi shakllardan foydalaniladi: - ayrim nazariy mavzularni o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish; - berilgan mavzu bo’yicha axborot (referat) tayyorlash;
- seminar va amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlik ko’rish;
- rejaviy material qismini mustaqil o’rganish bo’yicha qanday ma’ruza mashg’ulotlari chegarasida bo’lsa, amaliy mashg’ulotlarga tayyorgarlikda axborotni elektron o’kuv adabiyotlari, Internet va boshqalarni qo’llash;
- fanning bo’limlari yoki mavzulari ustida maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo’yicha ishlash;
- epidemiologik tekshirish olib borish vaqtida mutaxassislar rahbarligida yangi texnika va asboblarni, ilmiy texnologiya va jarayonlarni o’rganish;
- ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash.
3.2. O’quv fanlari bo’yicha namunaviy va ishchi dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi.
3.3. Talaba mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetga mos ravishda fan bo’yicha kafedrada taqdim etilgan mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriqlar variantlari ishlab chiqilgan va fakulьtet ilmiy-uslubiy kengashida tasdiqlangan.
3.4. Mustaqil ishni bajarish uchun fan bo’yicha talabalarga zaruriy metodik qo’llanma, ko’rsatma va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
VI. Talaba mustaqil ishning axborot ta’minoti
4.1. Talaba uchun fan bo’yicha mustaqil ish topshiriqlari kafedra Fan yo’nalishi professori va dotsenti tomonidan o’quv mashg’ulotlarini bevosita olib boruvchi o’qituvchilar bilan birgalikda tuzilgan, hamda kafedra mudiri tomonidan tasdiqlangan. Talabaga berilgan topshiriqda mustaqil ishni bajarish bo’yicha dastlabki ko’rsatma va tavsiyalar qayd etilgan.
4.2. Mustaqil ishni bajarish uchun talabaga axborot manbasi sifatida darslik va o’quv qo’llanmalar, metodik qo’llanma va ko’rsatmalar, ma’lumotlar to’plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet tarmog’idagi tegishli ma’lumotlar, berilgan mavzu buyicha avval bajarilgan ishlar banki va boshqalar xizmat qiladi.
4.3. Kafedra mudiri va fakulьtet dekani taqdimnomasi asosida talabalarga mustaqil ishlarni bajarish uchun o’quv zallarida va talabalar turar joyida zamonaviy kompьyuterlar va Internet tarmog’i, zamonaviy darsliklar, elektron darsliklar, ma’ruza matnlari, turli ilmiy-ommabop jurnal manbalarini ta’minlab bergan va foydalanishga sharoit yaratgan.

Yüklə 112 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin