Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: tarqatma materiallar, rangli qalam(yoki flomaster) lar.
Izoh: reja bo‘yicha belgilangan mavzu asosida hamda o‘qituvchining qo‘ygan maqsadi (tekshirish, mustahkamlash, baholash) ga mos tayyorlangan tarqatma materiallar (agar yakka tartibda o‘tkazish mo‘ljallangan bo‘lsa, u holda guruhlar soniga qarab tarqatma materiallar tayyorlanadi).
Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq: Mashg‘ulotlarni ta’limiy ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi?
Mashg‘ulotlarni tarbiyaviy ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi, izohlang
4-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarini tahlil qilish Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni ma’naviy yetuk, axloqli, pok insonlar qilib voyaga yetkazishda tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani muhim ahamiyat kasb etadi. Uning maqsadi, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlash, tabiat bilan tanishtirish jarayonida tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish, Vatanga mehrli bo‘lish, ekologik ta’limtarbiyani amalga oshirish, tabiat haqida mukammal bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashdir.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasining vazifasi o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirish usullari, ish shakllari, shuningdek pedagog, psixolog olimlar va mutafakkirlarning tabiatning inson hayotidagi ahamiyati haqidagi bilimlari bilan tanishtirish va nazariy bilimlar berishdan iborat.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani pedagogikaning bir qismidir, chunki tabiat bilan tanishtirish orqali barcha tarbiya turlari amalga oshiriladi. Tabiat bilan bolalarning yosh xususiyatlari, fizioiogik tuzilishlarini hisobga olgan holda tanishtiriladl Shu bilan birga turli yosh guruhlarda ularning qiziqishlan, aobiliyatlari, ehtiyojlari, xarakter hislatlari, iste’dodlari hisobga olinadi.
Bola a’zolarining tuzilishi — oliy nerv sistemasi, ichki a’zolari, tana tuzilishi, yoshga qarab hosil bo‘ladigan o‘zgarishlar tabiat bilan tanishtirishda muhim ahamiyatga ega. Bundan ko‘rinib turibdiki, bu kurs bolalar fiziologiyasi fani bilan ham bevosita bog‘langan.
Biologiya fani tabiat bilan tanishtirish metodikasining asosini tashkil etadi. Chunki biz bolalarni jonli va jonsiz tabiat, tabiat hodisalari, yilning turli fasllari bilan tanishtiramiz.
Tabiat bilan tanishtirish metodikasi fani falsafa, biologiya, pedagogika, psixologiya, fiziologiya va barcha metodikalar bilan bog‘liq holda birbirini to‘ldirib, mustahkamlaydi.
Bolalarning jonsiz tabiat hodisalari, o‘simliklar va hayvonlar, inson mehnati haqidagi tushuncha va tasavvurlarini kengaytirish hamda boyitish, shuningdek, o‘simliklar o‘stirish, hayvonlarni parvarish qilishda bolalarda oddiy ko‘nikmalar hosil qilish ta’lim berishning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Bunda bolalarda kuzatuvchanlik, bilimga qiziqish, tafakkur va mantiqiy nutq rivojlanadi, so‘z boyligi ortadi, yangi tushunchalar hosil bo‘ladi.
Bolalarda mehnatni sevish, o‘zgalar mehnatini qadrlash, o‘simlik va hayvonlarni asrash, ularni parvarish qilish, o‘z Vatanini, tabiatni sevish, tabiat go‘zalliklarini ko‘ra olish kabi hislatlarni o‘stirish orqali tarbiyaviy vazifalar hal qilinadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida tabiat bilan yaqindan tanishtirmasdan turib, bolalarni jismonan rivojlantirish, nutq va tafakkurlarini boyitish vazifalarini amalga oshirish mumkin emas.
“Aqliy hujum” metodi
Mazkur metodda biror muammo boʻyicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni toʻplab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadi. “Aqliy hujum” metodining yozma va ogʻzaki shakllari mavjud. Ogʻzaki shaklida ta’lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta’lim oluvchilarning har biri oʻz fikrini ogʻzaki bildiradi. Ta’lim oluvchilar oʻz javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.