Jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə20/32
tarix05.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#107718
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32
Safarov Botir uslubiy ko\'rsatma2023

Katta guruhlar. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda faqat mehnatni tushunish ko‘nikmasigina emas, balki mehnat topshirig‘ini, uning natijasini ko‘rsatishni, topshiriqlarning ketma - ketligini, kerakli anjomlarni tanlashni, mustaqil mehnat qila bilishni (tarbiyachining bir oz yordamida) ham tarkib toptirish lozim. O‘simliklar va hayvonlarni parvarish qilish bo‘yicha individial topshiriqlar uzoq muddatli ishga aylanadi.
Katta guruhdagi bolalarda tabiat burchagida navbatchilik qi­lish joriy qilinadi. Navbatchilikni tashkil etar ekan, tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazib, unda bolalarni navbatchilikning majburiyatlari bilan tanishtiradi, tabiat burchagida yashovchi jonivorlarni parvarish qilish usullarini eslatadi, yangilari bilan tanishtira­di. Bir vaqtda 2—3 bola navbatchilik qiladi.
Navbatchilikka yaxshi ishlaydigan bolalar bilan birga malakalari yetarlicha shakllanmagan bolalar tanlanadi. Navbatchilik bolalarda javobgarlik hissini, ishbilarmonlikni tarbiyalaydi.

Charxpalak” texnologiyasi


Texnologiyaning tavsifi. Ushbu texnologiya talaba(yoki o‘quvchi)larni o‘tilgan mavzularni yodga olishga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishga va o‘z-o‘zini baholashga o‘rgatishga hamda qisqa vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan barcha talaba(yoki o‘quvchi)larning egallagan bilimlarini baholashga qaratilgan.
Texnologiyaning maqsadi: talaba(yoki o‘quvchi) larni dars jarayonida mantiqiy fikrlash, o‘z fikrlarini mustaqil ravishda erkin bayon eta olish, o‘zlarini baholash, yakka va guruhlarda ishlashga, boshqalar fikriga hurmat bilan qarashga, ko‘p fikrlardan keraklisini tanlab olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanilishi: texnologiya o‘quv mashg‘ulotlarining barcha turlarida dars boshlanishi yoki dars oxirida yoki o‘quv predmetining biron bir bo‘limi tugallanganda, o‘tilgan mavzularni talab(yoki o‘quvchi) lar tomonidan o‘zlashtirganlik darajasini baholash, takrorlash, mustahkamlash yoki oraliq va yakuniy nazorat o‘tkazish uchun mo‘ljallangan.Ushbu texnologiyani mashg‘ulot jarayonida yoki uning bir qismida yakka, kichik guruh va jamoa shaklida tashkil etish mumkin.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin