Jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə18/32
tarix05.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#107718
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32
Safarov Botir uslubiy ko\'rsatma2023

Tabiatda bolalar mehnati
Bolalarning tabiatdagi mehnati katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Mehnat qilish jarayonida bolalarda tabiatga bo‘lgan munosabatlan shakllanadi. Tabiatdagi mehnat bolalarda berilgan topshiriqqa mas’uliyat bilan yondoshishni tarbiyalaydi. Biroq buning uchun] bolalar zarur mehnat malakalarini egallab olgan bo‘lishlari, o‘z mehnatlarining ahamiyatini tushunishlari lozim. Tabiatdagi mehnati maktabgacha yoshdagi bolalarning sensor tarbiyasi uchun qulayj sharoitlar yaratadi. Tarbiyachi bolalarni mehnat orqali maqsad va natijalarga erishish, narsalarni sensor belgilarini nazarda tutishga o‘rgatadi. Masalan, o‘simlikning suvga muhtojligini aniqlash uchun| uning holatini — barg va poyasining elastikligi, pishiqligi yoki uning so‘lg‘inligi, yumshoqligini, tuproqda esa — uning namligi, zichligi va shu kabi belgilarni hisobga olish lozim.
Mehnat jarayonida bolalar o‘simliklar holatining yorug‘likka, namlikka, issiqlikka, yaxshi tuproqqa bo‘lgan ehtiyojlarini qondirilishiga bog’liq ekanligini anglab oladilar. Bolalar muhitning o‘zgarishi, qonuniy tarzda o‘simliklar holatini ham o‘zgartirishini bilib oladilar. Bu munosabatlarni o‘zlashtirishlari ularning mehnatga bo‘lgan munosabatiga ham ta’sir etadi — mehnat ongli va maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib boradi. Bolalarda mehnatga qiziqish, mehnatsevarlik shakllanadi.
Tabiatdagi mehnat — kuzatuvchanlikni o‘stirish usullaridan biridir. Agar kuzatish mehnat bilan bog‘langan bo‘lsa, samaraliroq bo‘ladi.
Tabiatdagi mehnat jarayonida tarbiyaviy vazifalardan tashqari ta’limiy vazifalar ham hal qilinadi. Bolalar mehnat orqali, o‘simliklarning xususiyatlari va sifatlari, ularning tuzilishi, ehtiyojlari, rivojlanishining asosiy bosqichlari, o‘stirish usullari, o‘simliklar hayotidagi mavsumiy o‘zgarishlar haqida, hayvonlar, ularning tashqi ko‘rinishi, ehtiyojlari, harakat qilishlari, hayot tarzlari va ularning mavsumiy o‘zgarishlari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Shu jumladan, hayvonlarni tabiat burchagida parvarish qilishni o‘rganadilar va shu orqali mehnat malakalarini egallaydilar.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin