Jizzax davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə16/32
tarix05.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#107718
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Safarov Botir uslubiy ko\'rsatma2023

Predmetli o‘yinlar — barglar, urug‘lar, gullar, mevalar, sabzavotlar bilan o‘ynaladigan «Ajoyib qopcha», «Mevalar va ildizlar», «Bu butoqda kimning bolakaylari» va shu kabi o‘yinlardir. Bu o‘yinlar yordamida bolalar faol muloqotda bo‘ladigan predmetlarning xususiyat hamda belgilari haqidagi tasavvurlari ai"iiqlanib boyitiladi. Predmetli o‘yinlar, ayniqsa kichik va o‘rta yosh guruhlarda keng qo‘ilaniladi. Bu o‘yinlar bolalarga tabiat Jismlarining o‘zidan foydalanish, ularni qiyoslash, hamda ularda sodir bo‘ladigan ayrim tashqi belgilaridagi o‘zgarishlarni qayd qilish imkonini beradi. Predmetli o‘yinlar barcha yoshdagi guruhlarning biroz murakkablashtirilgan bilimlarini kengaytirish, tafakkurlarini kuchaytirish hamda harakatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
Stol bosma o‘yinlari — «Yilning to‘rt fasli», «Kichkintoylar», «Mevalar», «O‘simliklar», «Barglarni terib ol», «Juft rasmlar» va shu kabilardir. Bu o‘yinlar bolalarning o‘simliklar, hayvonlar jonsiz tabiat hodisalari haqidagi bilimlarini o‘zlashtirish, aytilayotgan so‘zga qarab predmetni tasvirlash ko‘nikmasini shakllantirishga yordam beradi. O‘yin so‘z bilan birgalikda olib boriladi, so‘z yo rasm idrok etilishidan oldin keladi yoki o‘yin bilan uyg‘unlashib ketadi. Bunday o‘yinlar ozchilik bolalar bilan o‘tkaziladi.
Og‘zaki o‘yinlar («U nima uchun uchadi, yuguradi, sakraydi», «Suvda, havoda, yerda», «Kerak, kerak emas» va shu kabilar) hech qanday jihoz talab qilinmasligi tufayli juda maqbuldir. Ular u yoki bu predmetlarning vazifalari hamda harakatlari haqidagi bilimlarni mustahkamlash, umumlashtirish va bir tizimga solish maqsadida o‘ynaladi. Bu o‘yinlar diqqatni, zehnni, qabul qilish tezligini, ravon nutqni rivojlantiradi.
Tabiatga oid o‘yinlarni o‘rganish barcha didaktik o‘yinlar uchun umumiy bo‘lgan qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Kichik yosh guruhlarda dastlabki bosqichlarda tarbiyachi o‘yinni bolalar bilan birga o‘ynaydi, o‘yin davomida u bir qoidani aytib, uni shu zahotiyoq tadbiq qiladi. Takroriy o‘yinda esa qo‘shimcha qoidalarni aytadi. Ikkinchi bosqichda tarbiyachi o‘yinda faol qatnashmaydi, chetdan rahbarlik qilib, o‘yinni boshqarib turadi. Uchinchi bosqichda bolalar mustaqil o‘ynaydilar.
O‘rta yosh guruhdan boshlab o‘yinga o‘rgatish usuli o‘zgaradi. Avval tarbiyachi o‘yinning mazmunini aytib, oldindan 12 ta muhim qoidani ajratib ko‘rsatadi. O‘yin davomida u bu qoidalarni yana birborta’kidlaydi. O‘yin harakatlarini ko‘rsatadi, qo‘shimcha qoidalarni beradi. Keyingi bosqichda bolalar mustaqil o‘ynaydilar. Tarbiyachi o‘yinni kuzatib turadi, xatolarni to‘g‘rilaydi, nizolarni bartaraf qiladi. O‘yinga qiziqish susaygan vaqtda tarbiyachi o‘yinning boshqa turlarini taklif qiladi.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin