Tarqatma materiallardan foydalanib kuzatish. Bu kuzatishlar o‘rta yosh guruhlardan boshlab o‘tkaziladi. Bunday kuzatishni tashkil etish birgina obyektni kuzatishdan ko‘ra ancha murakkabroqdir. Bu o‘rinda tarbiyachi o‘z diqqat e’tiborini taqsimlay bilishi, bolalardagi harakatni uyushtira olishi talab qilinadi, bolalar esa tarbiyachining barcha ko‘rsatmalariga aniq rioya qilishlari bir-birlarini tinglashlari, boshqalarning kuzatishlarini o‘zlarining kuzatishlari bilan taqqoslashlari kerak bo‘ladi. Kuzatishning bi usuli katta rivojlantiruvchi ahamiyatga egadir. Bolalar turli xil tadqiqotchilik harakatlaridan foydalanib, o‘quv ko‘nikmalarini takomillashtirish imkoniga ega boiadilar. Bu esa o‘z navbatida ularda aniqroq tasavvurlarning shakllanishiga yordam beradi.
Tarqatma material sifatida o‘simliklar hamda ularning bargi, mevasi, urug‘i, shoxchalari, shuningdek, sabzavot va mevalardan keng foydalaniladi.
Kuzatishda qatnashgan har bir bolaning va tarbiyachining qo‘lida tarqatma material bo‘lib, kuzatish davomida tarbiyachi bolalarga savollar berib, narsalarni tekshirishni tashkil etadi. So‘ngra olingan tasavvurlarni qiyoslab, bolalarni xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Kuzatish jarayonida tarbiyachi barcha bolalarning yuqori faolligini ta’minlaydi.
Kichik yosh guruh (3—4 yosh).Bu yosh guruhlarda dastlabki kuzatishlar bolalarning ozchiligi bilan o‘tkaziladi. Tarbiyachining asosiy vazifasi bolada kuzatishning sodda malakalarini shakllantirish, ya’ni diqqatni kuzatilayotgan narsaga to‘plash, qo‘yilgan savollarga javob berish, aniq belgilarni ajratib ko‘rsatish, kichkintoylarni alohida harakatlantiruvchi narsalar bilan jalb qilishdir. Shuning uchun bolalar dastlab jonivorlarni kuzatishlari maqsadga muvofiqdir. Ularning namoyon bo‘lishi — harakati, oziqlanishi, chiqaradigan tovushlari kichkina bolalarda beixtiyor qiziqish uyg‘otadi. Shuning uchun tarbiyachi kuzatish jarayonida jonivorlarni harakat qildirishi, masalan, ularni oziqlantirib bolalarning diqqatlarini jalb qilishi zarur. Bunda ozuqa ma’lum bir oraliqda qo‘yilib, bolalarning e’tiborini jonivorning ozuqani qoilari bilan ushlab, qisirlatib yeyishiga qaratiladi va bolalarni hayvon harakatlarini so‘z bilan ifodalashga o‘rgatiladi. Keyingi kuzatishlarda tarbiyachi jonivorning u yoki bu harakati yuzasidan savollar berib, shu orqali bolalarni ma’lum so‘zlardan va savollardan foydalanishga undaydi.
Shunday qilib, bolalar savollar asosida yotgan aniq vazifani aniqlashni sekinasta o‘rganadilar.
Kichik yosh guruhda bolalar bilan o‘tkaziladigan kuzatishlar qisqa muddatli bo‘lib, tarbiyachi bolalar diqqatini jalb qilish maqsadida ularning ba’zilariga suvdonga suv quyish, hayvonlarga ozuqa berish, baliqlarni oziqlantirish kabi topshiriqlarni beradi. «Qush Nodira uchun qo‘shiq aytyapti», «Baliq Madina tomonga suzyapti» kabi so‘zlardan foydalanadi.
Kuzatish oxirida she’r o‘qish, qo‘shiq aytish mumkin. Kichkintoylardan kuzatilayotgan narsa haqida gapirib berishni talab qilish noo‘rindir. Ob-havoni yoki jonsiz tabiatning boshqa obyektlarini kuzatish, o‘simliklarni ko‘rish jarayonida tarbiyachi bilan kuzatishlarni o‘yin, mehnat bilan bog‘laydi (xona gullarini tomosha qilish jarayonida uning barglarini artishadi, qum o‘ynayotganlarida uning sochiluvchanligini bilib olishadi). Bu yosh guruhda oddiy tadqiqot (tekshirishlar) harakatlaridan ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiqdir: kaftni oftobga tutib, issiqlikni sezish, gulni hidlash va hokazo.