3 – mavzu. Turli guruhlarda mashg‘ulotlar o‘tkazish, ularga rahbarlik qilish. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga beriladigan bilimlar xilma-xil shakllarda: mashg‘ulotlarda, ekskursiyada, kundalik hayotda amalga oshiriladi. Tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida beriladigan blimlar bolalarning imkoniyatlari hamda urab turgan tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda izchil rivojlantirish imkonini beradi. Mashg‘ulotlarni ta’limiy ahamiyati bu bolalarga mashg‘ulotlarda berilishi yoki aniqlanishi hamda umumlashtirilishi lozim bo‘lgan bilim hajmi, bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi, nutqini ustiruvchi, qiziqishlarini o‘stiruvchi, qobiliyatlarini rivojlantiruvchi bo‘lmog‘i lozim. Tarbiyaviy ahamiyati esa bolalarda kattalarga hurmat, Vatanga, o‘z o‘lkasi tabiatiga mexr - muhabbat tabiatni avaylab – asrash, tabiat bergan ne’matlardan o‘z o‘rnida unumli foydalanish kabi hislatlar tarbiyalanadi. Mashg‘ulot uning turlari yangi bilim beruvchi bilimlarni aniqlovchi bilimlarni mustahkamlovchi noa’anaviy mashg‘ulot bolalarni tabiat bilan tanishtirish mashg‘ulotlari bilimlarni bolalarning imkoniyatlari hamda atrof muxit tabiatning xususiyatlarini nazarda tutgan holda amalga oshirish imkonini beradi. Tarbiyachi rahbarligida o‘tadigan mashg‘ulotlarda guruhlarning barcha bolalarida dastur talablariga muvofiq oddiy ilmiy bilimlar shakllanadi, asosiy bilish jarayonlari va bolalarning qobiliyatlari ma’lum tizim hamda izchillikda o‘stiriladi. Kundalik hayotda kuzatish, o‘yin mehnat vaqtida bolalarning shaxsiy bilimlari qo‘yib boriladi. Mashg‘ulotlar ularni aniqlash, tizimga solish imkonini beradi. Bolalarni mashg‘ulotlarda o‘qitish turli metodlarda amalga oshiriladi. Uslub mashg‘ulotning turiga, uning maqsadiga ko‘ra aniklanadi. Ayrim mashg‘ulotlarda boshlang‘ich bilimlar shakllantiriladi. Shu maqsadda tarbiyachi kuzatish, rasmlarni ko‘rsatish, badiiy asarlarni uqish, diafilm, kinofilmlarni kursatishdan foydalanadi. Boshka mashg‘ulotlarda esa bilimlar aniklanadi, kengaytiriladi, chuqurlashtiriladi Yuqorida keltirilgan usullardan tashqari mazkur mashg‘ulotda bolalarning tabiatdagi mehnatidan ham foydalaniladi. Mashg‘ulotning yana bir muhim vazifasi - bolalar bilimini umumlashtirish tizimga solish. Mashg‘ulotlar barcha yosh guruhlarda kichik va o‘rta guruhda, oyda ikki marta katta, tayyorlov guruhlarida haftada bir marta o‘tkaziladi. Mashg‘ulotga tayyorlanish hamda-uni, o‘tkazishda mashg‘ulotning tuzilishi uslubini to‘g‘ri tanlash ta’limiy vazifalar xarakteri, tabiiy ob’ektlarning xususiyatlari va bolalarning yoshiga bog‘liqdir. Masalan yovvoyi hayvon haqidagi bilimni shakllantirishni yaxshisi diafilm, kinofilm ko‘rsatish hayvonlar, o‘simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma’qul. Kichik yoshdagi bolalarning mashg‘ulotlarida kuzatish o‘yin uslubidan foydalanib amalga oshiriladi. Og‘zaki uslubdan asosan maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan bo‘ladigan mashg‘ulotlarda foydalaniladi. Tanlangan uslub dastur vazifasining to‘liq, bajarilishini va bolalarning faol aqliy faoliyatlarini ta’minlashi lozim mashg‘ulot o‘tkazishga tayyorlanar ekan tarbiyachi ishlash uchun qanday ko‘rgazmali qurollar tanlashni rasmlar, gerbariylar, tabiat kalendari va hokazolar. Qanday o‘simlik yosh hayvonni parvarish qilish, ekiladigan ekinning nimaga kerak bo‘lishini o‘ylab ko‘radi. Shundan keyingina u mashg‘ulotning borishi ustida fikr yuritadi. Bolalarda oddiy izlanuvchanlik qobiliyatini oshirish ularning tabiat bilan tanishtirishdagi mustaqilligini fikr doirasini oshirishda va o‘ta faol bo‘lishini ta’minlaydi. Bunday qobiliyat bolalarga tabiat hodisalarini tushunishga, uning sodir bo‘lish sabablarini bilishga imkon beradi Bolalarda izlanuvchanlik qobiliyatini hosil qilish ma’lum tizim asosida amalga oshiriladi. U bolalarni tabiatda bo‘ladigan voqea, hodisalarni ko‘rish, taxlil qilish asosida turli faoliyatlardan boshlanadi. Shundan keyin bolalarda fikrlash qobiliyati shakllanadi. Turli muammolar paydo bo‘ladi. Bolalar bu muammolarni echishni o‘ylab mulohaza yuritadilar Natijada bolalar tabiatda bo‘ladigan o‘zgarishlar. Ob-havo, uning o‘zgarishlari, sabab-oqibatlari haqida tabiatdagi o‘zaro bog‘liqliklar haqida ilmiy tushunchalar paydo bo‘ladi. "Bolalar bog‘chasida ta’lim-tarbiya dasturida" belgilangan bolalarga singdirish uchun bolaning bilishga bo‘lgan faolligini va amaliy faoliyatini oshirish zarur. Buning uchun tarbiyachi dasturdan izlanuvchanlik faoliyati yo‘li bilan o‘rganiladigan tabiat haqidagi bilimlarni ajratib olmog‘i kerak.