Jizzax davlat pedagogika universiteti


Mashg‘ulotga tayyorlanish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə6/32
tarix05.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#107718
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Safarov Botir uslubiy ko\'rsatma2023

1.Mashg‘ulotga tayyorlanish. Mashg‘ulotning samaraliligi tarbiyachining tayyorgarlik darajasiga bog‘liqdir. Tarbiyachi mashg‘ulot mavzusini va ahamiyatini belgilab, mavzu bo‘yicha tabiatshunoslik bilimlarini to‘ldirishi, so‘ng mashg‘ulot vazifalarini dastur asosida ishlab chiqishi lozim.
Bunda tarbiyachi «Ilk qadam» dastur vazifalariga, bolaning qobiliyat darajasiga hamda tevarakatrofdagi tabiiy muhitga tayanadi. Mazkur mashg‘ulot mazmunini tanlashda uning ish tizimidagi o‘rni (mashg‘ulotda boshlang‘ich bilimlarni shakllantirishjarayoni sodir bo‘lyaptimi, yoki ular boyitilib bir tizimga solinyaptimi, bilimlarni qo‘llash mashq qilinyaptimi va shu kabilar)ni aniqlash lozim. Bu o‘rinda tarbiyachi darsning maqsadi va mazmuniga qarab turli metodlarni qo‘llaydi.
Tarbiyachi qanaqa metod va uslublar tanlamasin ulardan kompleks, birbirini to‘ldirgan holda foydalanishi, bu asosiy maqsad — o‘rganilayotgan tabiat jismlari va hodisalarning bolalar tomonidan qabul qilib olinishini yaxshilashga hamda tabiat haqidagi tushunchalarning to‘g‘ri shakllanishiga xizmat qilishi kerak.
Mashg‘ulotda hal etiladigan tarbiyaviy vazifalar tabiatga ijobiy, ehtiyotkorona, g‘amxo‘rona, estetik munosabatlarni shakllantirishga yo‘llanadi.
Mashg‘ulotga tayyorlanish hamda uni o‘tkazishda uning tuzilishini to‘g‘ri aniqlash muhimdir. Metodni tanlash ta’limiy vazifalar xarakteri, tabiiy obyektning xususiyatlari hamda bolalarning yoshiga bog‘liqdir. Masalan, yovvoyi hayvonlar haqidagi bilimni shakllantirishni yaxshisi diafilm, kinofilmlar ko‘rsatish orqali, tabiat burchagidagi hayvonlar va o‘simliklar bilan tanishishni esa ularni bevosita kuzatish orqali amalga oshirgan ma’qul. Kichik yoshdagi bolalar mashg‘ulotlarida kuzatish, o‘yin metodlaridan foydalaniladi. Og‘zaki metoddan, asosan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda foydalaniladi.
Tanlangan metod dastur vazifasining to‘liq bajarilishini va bolalarning faol aqliy faoliyatini ta’minlashi lozim.
Mashg‘ulotlarda qo‘llaniladigan o‘qitish metodlarining xilmaxilligi tarbiyachidan puxta sharoit yaratishni talab qiladi: hayvon­lar, xonaki o‘simliklar, rasmlarni ko‘rish uchun bolalar yarim doira qilib o‘tqaziladi. Bu bolalarning mashg‘ulotda faol ishtirol etishlariga imkon beradi. Agar mashg‘ulotda tarqatma material lardan foydalanilsa, ya’ni har bir bolaning qo‘lida kuzatish obyekl bo‘lsa, bolalarning o‘z stollari atrofida o‘tirganlari ma’qul. Ba’zai guruh xonasida mehnat malakalarini tarbiyalashga bag‘ishlangani mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bunday holatda bolalarni to‘rtburcha shaklida joylashtirish maqsadga muvofiqdir. Shunda bolala tarbiyachi ko‘rsatadigan ish usullarini yaxshiroq ko‘rishga ega bo‘ladilar.
Tarbiyachi mashg‘ulot o‘tkazishdan oldin bir qancha ko‘rgazmali qurollar, yani jonli va jonsiz tabiat jismlari (gerbariyla yil fasllari, tabiat manzaralari tasvirlangan kalendarlar, toshlar foydali hasharotlar, o‘simliklar va ularning qismlari, mayda hayvoi va boshqalar)ni tayyorlab qo‘yadi. Chunki ko‘rgazmali quro bolalarga o‘rganilayotgan narsani bir necha sezgi a’zolari bilai qabul qilib olish imkoniyatini beradi, ya’ni ular narsani ko‘ribgin qolmasdan, uning xususiyatini (masalan, tirnab ko‘rish, bolg‘ach bilan urib ko‘rish orqali narsaning mo‘rtligini, egish bilai qayishqoqligini, egiluvchanligini va hokazo) sinaydilar.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin