Jizzax davlat pedagogika universiteti


Ekskursiyadan keyingi ish



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə9/32
tarix05.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#107718
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Safarov Botir uslubiy ko\'rsatma2023

Ekskursiyadan keyingi ish. Ekskursiyada olingan bilimlar mashg‘ulotlarda, o‘yinlarda, tabiat burchagida o‘tkaziladigan kuzatishlarda kengaytiriladi va mustahkamlanadi. Ekskursiya vakunida to‘plangan materiallarni tabiat burchagiga joylashtirish (masalan, o‘simliklarni vazalarga, gul tuvaklarga solish, jonivorlarni akvarium, terrarium, sadaklarga joylashtirish), o‘simlik va hayvonlarni kuzatuv ostiga olish zarur. Ekskursiyadan 23 kun o‘tgach, tarqatma material, rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasaladi, tabiiy materiallardan foydalanib didaktik o‘yinlar, mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Badiiy adabiyotlar o‘qiladi, boialarning ekskursiyadan olgan taassurotlari haqidagi hikoyalari tinglanadi. Mashg‘ulot yakunida umumlashtiruvchi suhbat o‘tkaziladi.
Tabiatshunoslik ekskursiyalari ma’lum tizimga muvofiq o‘tkaziladi. Ularni tabiatda bo‘ladigan mavsumiy o‘zgarishlarga qarab ayni bir obyektning o‘ziga yilning turli fasllarida uyushtirish maqsadga muvofiqdir.
Masalan, bahor mavsumida maktabgacha katta yoshdagi bolalar bilan vazifalarni astasekin murakkablashtirgan holda istirohat bog‘iga 3 marta ekskursiya uyushtirish lozim.
Bu ekskursiyadan maqsad — bolalarni bahorgi o‘zgarishlar bilan tanishtirish, ularni ko‘rish hamda tabiatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning sababini tushunish ko‘nikmalarini o‘stirishdir.
Qishloq xo‘jalik ekskursiyalarini kattalar mehnatining ayrim turlari bilan tanishtirish maqsadida epizodik tarzda o‘tkazish lozim.
Ekskursiyani uyushtirish guruhdagi mashg‘ulotni uyushtirishga qaraganda qiyinroqdir, shuning uchun uning muvaffaqiyatli o‘tishi tarbiyachi va boialarning puxta tayyorlanishlariga bog‘liq bo‘ladi.
Pedagogik vazifalar: tabiat bilan tanishtirishda ekskursiyalar uyushtirish hamda, amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazish haqida ma’lumot beradi.
O ‘qitish vositalari: tarqatma materiallar, plakatlar, slaydlar, ko‘rgazmali qurollar.

Mustahkamlash uchun savollar va topshiriq:

    1. Tabiat bilan tanishtirish fanining paydo bo‘lishi tarixi haqida ma’lumot bering.

    2. Tabiat bilan tanishtirish fanining rivojlanish tarixini izohlang




Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin