Jizzax davlat pedagogika universiteti


Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə12/32
tarix05.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#107718
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32
Safarov Botir uslubiy ko\'rsatma2023

Tarbiyachining kuzatishga tayyorlanishi. Kuzatishni tashkil etishda obyekt tanlash katta ahamiyatga ega. Tanlangan obyekt vaxshi holatda, bo‘lishi kerak, ya’ni o‘simlik so‘limagan, navlari o‘ralmagan, hayvon qo‘lga o‘rgatilgan, sog‘lom, bolalardan cho‘chimaydigan bo‘lishi zarur. Kuzatish tabiat burchagida bo‘lsa, obyekt yaxshi yoritilgan bo‘lishi, unga yaqinlashish qulay bo‘lishi uchun yorug‘lik yon tomondan tushib turishi lozim. Bolalar hayvonlarning harakatini kuzata turib, ovqat berishlari, silashlari, ular bilan o‘ynashlari mumkin. Bunda hayvonlar o‘zlarini erkin tutishlari, bemalol harakat qilishlari zarur. Buning uchun bolalar tabiat burchagida qulay joylashib o‘tirishlari maqsadga muvofiqdir.
Kuzatishni boshqarish. Tarbiyachi kuzatishni birinchi marotaba o‘tkazayotgan bo‘lsa, dastlab bolalarda hosil bo‘lgan qiziqishlarini qondirish hamda kuzatilayotgan narsa haqida birinchi taassurot hosil qilish uchun ularni kamida 1—2 daqiqa tomosha qildirib turadi.
Kuzatishni boshqarish jarayonida tarbiyachi xilmaxil usullardan — bolalarning yoshlariga mos savol va topshiriqlar, narsani ushlab ko‘rish, qiyoslash, o‘yin harakatlaridan foydalanadi.
Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, kerakli ma’lumotlarni aytishi, kuzatiladigan obyektning muhim xususiyatlarini ajratishi zarur. Bolalarda kuzatishga nisbatan qiziqish uyg‘otish, kuzatilayotgan narsalarni estetik idrok etish uchun tarbiyachi she’rlardan, topishmoqlardan, katta yosh guruhlarda esa badiiy asarlarni o‘qishdan foydalanadi.
Hayvonlarni kuzatishda tarbiyachi izchillikka rioya etib, bola­larning diqqatini «Nima qilyapti?» «Qanday yuryapti?» «Nima yeyapti?» «Qanday yeyapti?» «Tanasi nima bilan qoplangan?» «Oyoqlari qanday — uzunmi yo qisqami?» «Ko‘zlari qanday (shakli, rangi)?» kabi savollar yordamida hayvonlarning hatti harakatiga qaratadi.
O‘simliklarni kuzatish ularning eng yorqin, ko‘zga tashlanadigan belgilarini belgilash va ajratib ko‘rsatishdan boshlanadi. Bu o‘simlikning guli yoki uning yorqin rangdor barglari, ba’zan poyasi (masalan, kaktus) bo‘lishi mumkin. Ana shundan so‘ng o‘simlik tashqi tuzilishining asosiy xususiyatlari — kattaligi, shakli, poyasi (yoki tanasi), barglari, gullari va shu kabilar tartib bilan ko‘rib chiqiladi. Bunday izchillik maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning diqqati hali yetarlicha barqaror emasligi, ko‘p jihatdan beixtiyoriyligi tufayli zarurdir. Biroq mashg‘ulot oxirida kuzatish jarayonida paydo bo‘lgan tasvvurlar natijasini umumlashtirish lozim. Tarbiyachi topshiriq berishning turli usullaridan foydalanib, «Gapirib berchi, qayerdan bilding? Nimasi bilan farq qiladi?» kabi savol va topshiriqlar bilan bolalarning kuzatish orqali nutqlarining o‘sishiga yordam beradi.
Barcha hollarda, tarbiyachi kuzatishni tashkil etar ekan, uning aniq bir vazifadan ikkinchisiga, faktlardan aloqalarga, tasawurlar to‘plashdan ularni qiyoslashga, so‘ngra xulosalar chiqarishga o‘tishda izchillikka rioya qilishi lozim. Shunda bolalarda mantiqiy tafakkur o‘sadi. Har bir kuzatishda bolalarni tabiat bilan tanishtirishning kichik, aniq vazifasini hal etish lozim. Shuning uchun kuzatishlarning har biri ilgarigisi bilan bog‘lanib o‘tkazilishi zarur.
Tarbiyachi uzoq muddatli kuzatishni tashkil etishda, uni oldindan bir qator epizodik kuzatishlar — «bo‘laklarga» taqsimlaydi. Bunday kuzatish o‘simliklar rivojlanishidagi o‘zgarishlar aniq ko‘rinadigan vaqtda o‘tkaziladi. Tarbiyachi bolalarga o‘simlikni tomosha qilib, belgilarini qayd qilishni (birinchi barglarning chiqishini, o‘simtaning urug‘ qobig‘ini yorib chiqayotganini ku­zatishni) tavsiya etadi. Yakuniy kuzatishda bolalar kuzatilayotgan o‘simlik rivojlanishining butun tasvirini tiklashi lozim. Buni kuzatishlar kundalik daftari, turlicha rasmlar, gerbariylar, katta yosh guruhdarda esa chizmali jadvallar asosida tashkil etish mumkin.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin