Jizzax davlat pedagogika universiteti


O‘rta yosh guruh (4—5 yosh)



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə14/32
tarix05.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#107718
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Safarov Botir uslubiy ko\'rsatma2023

O‘rta yosh guruh (4—5 yosh). Bu yosh guruhdagi bolalar qiziquvchan boiadilar, ko‘p savollar beradilar, narsalarni sifatlarij va xususiyatlari, atrofmuhit tabiati va ijtimoiy hayot hodisalari bilan qiziqib tanishadilar. Bu yoshdagi bolalarning diqqati ancha barqaror bo‘lib qoladi. Ular endi kuzatilayotgan hodisalardagi oddiy aloqalarni tushuna oladilar. Bolalarning ana shu sifatlari asosida o‘rta guruh tarbiyachisi tabiat bilan tanishtirishning yangi vazifalarini hal qiladi: bolalarni predmetlardagi xarakterli xususiyatlarini ko‘ra bilishga, ularni qiyoslash va guruhlashga, ba’zi hodisalar o‘rtasidagi oddiy aloqalarni aniqlashga o‘rgatadi, dastlabki elementar umumlashtirishni shakllantiradi.
Kuzatishdan ko‘pincha tanish jism va hodisalar haqidagi tasavvurlarni kengaytirish, yangi obyektlar bilan tanishtirishda foydalaniladi. Shu bilan birga tarbiyachi bolalar bilan birgalikda o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi, tabiat hayotidagi yorqin mavsumiy o‘zgarishlar yuzasidan uzoq muddatli kuzatishlarni ham tashkil qiladi. Dastlab bu kuzatishlar yakka obyektlar (masalan, kuzda daraxtlardan birining barglari turli rangda bo‘lishi, tabiat burchagida ekilgan loviyaning o‘sishi va hokazo) yuzasidan o‘tkaziladi, so‘ngra esa uzoq muddatli kuzatish obyektlari yuzasidan (masalan, bahorgi bog‘ yoki daraxtzor, daraxtlarning barg yozishi, gullarning ochilishi, obhavo, qushlarni kuzatish) bo‘lishi mumkin.
Ba’zan kuzatishlarda topishmoqlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bolalar topishmoqlarning javobini predmetni kuzatish jarayonida topadilar.
O‘rta guruh bolalari kuzatish uchun zarur boigan muhitni o‘zlari yarata oladilar (masalan, ozuqa tayyorlash, jonivor uchun joy tayyorlash kabi). Bu esa bolalarning kuzatishga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi.
Xuddi kichik guruhdagidek kuzatish jarayonida xilma-xil tadqiqot (tekshirish) harakatlari, o‘yin usullari, mehnat topshiriqlaridan foydalaniladi. Bu harakatlardan ba’zilari izlanish xarakterida bo‘lishi mumkin. Masalan, jonivorning nima yeyishini bilish uchun unga turli ozuqa berib ko‘riladi.
O‘rta guruh bolalari bilan olib boriladigan kuzatishlarda tarbiyachi taqqoslashdan foydalanishi muhimdir. Bunda tarbiyachi predmetning belgilarini ajratib, ikki predmetni qiyoslaydi (ulardan bin bolalarga oldindan tanish). Bolalar ko‘ribgina qolmasdan, kerak bo‘lganda ushlab, hidlab ham ko‘rishi yaxshi natijalarga olib keladi.
O‘rta guruhda kuzatishning natijasi hikoya — tasvirlash bo‘li­shi mumkin. Tarbiyachi bolalarga hikoyaning qisqacha rejasini tavsiya etib, ularni ikki-uchta savol yordamida gapirib berishga undaydi.
Bolalarning mustaqil kuzatishlari o‘rta guruhda paydo bo‘ladi. Bunda ularni rag‘batlantirish, kuzatilayotgan hodisani tushunishlarida yordam berish, ba’zan u yoki bu usulni qo‘llashda maslahat berish, boshqa bolalarni ham kuzatishga jalb qilish, o‘z kuzatish natijalarini o‘rtoqlariga gapirib berishga undash lozim.
Katta guruh. Bu guruh bilan olib boriladigan kuzatishlar jarayonda bolalar obyektlarning xarakterli va muhim belgilari bilan tanishadilar, o‘simlik hamda hayvonlarning o‘sishi va rivojlanishi, tabiatdagi mavsumiy o‘zgarishlar ustida uzoq muddatli kuzatishlar olib boradilar.
Tarbiyachi kuzatishni tashkil qila turib, bolalarni ma’lum usullardan foydalanishga, rejaga rioya qilishga, mustaqil ravishda murakkab boimagan xulosalar chiqarishga o‘rgatishda davom etadi. Bunda kuzatilayotgan jism va hodisalarda u yoki bu faoliyat uchun ahamiyatli yoki butun bir obyektlar guruhining umumiy belgilari ajratib ko‘rsatiladi, jismlarning tevarak atrof bilan aloqasi va munosabati aniqlanadi.
O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi hamda rivojlanishi, mavsumiy o‘zgarishlar ustida olib borilgan kuzatishlarda bolalarning davr (fazo), bosqich yoki holatlarni ko‘ra bilish xususiyatlari shakllantiriladi. Masalan, ular o‘sayotgan no‘xat novdalari, poyasi, barglari, gajaklar, g‘unchalar, gul va meva (qo‘zoq)larning paydo bo‘lishini sinchkovlik bilan kuzatadilar.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin