Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya —bu tas viriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. M asalan, yozuvchining she’ri va rassomning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tom onlam a tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoli yat bolalarni ongli tom ondan tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bi lan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uning shakli, katta-ki- chikligini, qismlarning joylashishi, rangini bilish kerak bo‘ladi. Bu jarayonda ko‘rish, sezish, qo‘1 harakatlari ishtirok etmay qolmay- di. Bolalar predmet va hodisalarni kuzatish va ko‘rib chiqish ja rayonida predmetni katta-kichik guruhlarga b o iib , uning shaklini o ‘zgartirib, rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog‘oz, bo‘r, bo‘yoqlar) bilan ularning o ‘ziga xos xususiyatlari, ular bilan ish lash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarning aqlan o‘sishiga sabab bo iad i. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuri- tish operatsiyalari (tahlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish)ning rivojlanishiga imkon beradi, bu, o‘z navbatida, bolalarning oqilo- na o ‘sishiga olib keladi. Bu jarayonda bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga oshirishda tasviriy faoliyatning ahamiya- ti katta. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bogianadilar, ular ning o‘ziga xos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularning farqini, o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa bolalarni sensor tarbiyalashga, ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy jihatdan tarbiya- laydi. Chunki bolalar o‘z ishlarida bizning hayotimizda, jamiyat- da boiayotgan voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan m am nun boiadilar, hayajonlanadilar.
Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari —bosh-
lagan ishini oxiriga yetkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani ba- jarishga tom on intilish, qiyinchiliklarni yengish, o‘rtoqlariga yor- damlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jam oa ishini yaratish
45
jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifat- lar tarbiyalanadi. Bolalarda, ishni baholash jarayonida, bolalarni o'rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda b o ‘lish, to ‘g‘ri ba holash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Tasviriy faoliyat bu bolalarni o‘z ol diga qo‘ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga un- dovchi faoliyat hisoblanadi. Bolalarda mehnat ko'nikmalarini o ‘stirish, tarbiyalash kerak, faqat navbatchilik orqali ba’zi bolalar da emas, balki, har bir bolada. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. H ar bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish, bu estetik sezgining bo‘laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi — bu rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bi lan bog‘liqdir. Bolalar rangni, shaklni, uning xilma-xilligini sezsa yoki his etsa, u shunchalik ranglar aralashmasining xilma-xilligi- dan zavq oladi, bahramand bo‘ladi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi, ularda predmetga va uning ba’zi sifatlariga nisbatan estetik baho berishga o‘rganadilar. Ularda tasviriy san’at asarlari ni tushunishga, ularga nisbatan his-tuyg‘uni, munosabatni tarbiya- laydi. Tasviriy faoliyat bolalarda badiiy-ijodiy o'stirishda muhim rol egallaydi. Bolaning badiiy ijodiy o‘sishi bu obrazli fikr yuri- tish, estetik idrok etishni va obraz yaratishda zarur bo‘lgan mala ka, ko‘nikmalarni egallash hisoblanadi. Masalan, tabiatga yoki is- tirohat bog‘iga sayr, ko‘z faslida sayohat uyushtirish. Tarbiyachi bolalarni predmet yoki tevarak-atrofni kuzatishda paydo bo‘luvchi estetik his-tuyg‘u orqali, tevarak-atrofga, kishilar mehnatiga to ‘g‘ri baho berish, vatanga nisbatan muhabbat kabi sifatlarni tarbiyalash mumkin. Bolalarni o‘z ishini yana ham chiroyli va yaxshi bajarish, boshqalarga yoqadigan, ularni ko‘rganda quvonadigan qilib yara- tish bu badiiy, axloqiy tarbiyalaslming asosiy vazifasi hisoblanadi.
Maktabga bolalarni tayyorlashda tasviriy faoliyat katta aha- miyat kasb etadi. Rasm, loy, qurish materialllari bo‘yicha bilim, malakalarini egallash maktabda tasviriy faoliyat darslari va mehnat darslarini muvaffaqiyatli egallashlariga asos bo‘ladi. Ularni o ‘quv faoliyatiga tayyorlaydi: pedagogni tinglashga, uning ko‘rsatmalarini bajarishga o ‘rgatadi. Oldiga qo‘yilgan vazifani hal etishda, uning asosiy va muhim hal etish yoilarini izlab topish bu o‘quv faoliyat ning asosiy sababchilaridan biridir. Tasviriy faoliyat jarayonida o‘z
46
ishini nazorat qilib borish, maktabda vazifalarni bajarishda ham rol o‘ynaydi. Shuningdek, bola tasviriy faoliyat jarayonida psixo- logik jihatdan ham tayyorlanib boradi. Maktabda qiziqishga xo- hish, yangiliklarni bilishga intilish, maqsad sari intilish, tartibli hol da shug‘ullanish va shu kabilar. Shunday qilib, tasviriy faoliyat ja rayonida olgan malakalar bolalami maktab hayotiga tezda kirishib ketishiga asos bo‘ladi.