Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə14/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

Naturadan foydalanish. Tasviriy san’atda naturadan foydala­ nish deganda, kuzatish asosida predmet yoki ko‘rinishning tasviri tushuniladi. Naturadan foydalanib ishlanganda chizayotgan kishi- ning ko‘ziga nisbatan naturaning qay holatda turganini hisobga ol­ gan holda m a ium bir nuqtayi nazardan turib, predmet ko‘rinishi tasvirlanadi. Bu naturadan olinib, tasviriy xususiyati mashg‘ulot mobaynida o'zgacha idrokning rivojlanishiga ko‘mak beradi. Bun­ da asosiysi tomoshabinning idroki boiib, tekislikda tasvirlangan predmet (rasm, applikatsiya) faqat bir tom ondan idrok qilinadi; loydan buyum yasaganda va qurish-yasashda bolalarda naturani o‘girib qurish hamda hajm-shaklni turli xil burilishda tahlil qilish imkoni boiishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda naturadan foy- dalanishning ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. N atura xotira- ning ishini yengillashtiradi, negaki tasviriy jarayon idrok bilan bir- lashadi, yana esa u predmetning shaklini, tuzilishini, rangini to ‘g‘ri tushunib, yetkazib bera olishga yordam beradi. 4 —5 yoshdagi mak­ tabgacha ta iim bolalarining qobiliyatlaridan qat’i nazar, maktab o‘quvchisi yoki rassomning natura bilan ishlashiga nisbatan qara- ganda, bolalarning tasvirlangan obyektini tahlil qilishlari, shu natura bilan ishlashlarining o‘ziga xos farqi bor. Maktabgacha ta iim bola­ lari uchun sodda shaklli, aftiq chizmali va aniq qismlarga ajratilgan predmet natura sifatida tanlanadi. Naturani shunday joylashtirish kerakki, ham ma bolalar shu naturani ayni bir xarakterli tomonidan qabul qilishlari kerak. Masalan, bolalar mashinani yon tom oni­ dan, qo‘g‘irchoqni oldidan chizadilar va bunda hajmini yetkazib berolmaydilar. Agar guruhda bolalar soni ko‘p b o isa, barchasiga teng ko‘rinishi uchun 2 —3 ta bir xil predmet qo‘yiladi. Tarbiyachi naturani bolalar bilan birgalikda detallarga ajratib ko‘rib chiqadi, bunda u tahlil jarayonini osonlashtirib, o‘z so‘zlari, harakatlari bi-
84
Ian yo‘naltiradi. Bu jarayon m a’lum bir idrok madaniyatini, rivoj- langan analitik fikr yuritishni talab qiladi. Bunday ko‘nikmalar bo­ lalarda 5-6 yoshda rivojlana boshlaydi. Bu yoshda bolalar tasvir- layotgan ishlarini naturaga nisbatan taqqoslashga urinadilar. M a­ salan, katta guruhda naturadagi archa shoxlarini tasvirlayotgan- da, bolalar shoxni fazoda joylashtiradilar (vertikal yoki qiya ho- latda) va shoxdagi shoxchalaming sonini, o‘lchamlarini chap va o‘ng tom ondan, to ‘q yoki och rang bilan chizadilar. N atura sifati- da tirik qushlar, hayvonlardan foydalanish mumkin emas. Ularning harakatlari, tovushlari bolalarni rasm chizishdan chalg‘itadi, bola­ larning predmetni kerakli holatda idrok qilishlariga, diqqatlarini bir nuqtaga qaratishga xalaqit beradi.
Shunday qilib, o‘rgatish metodi sifatida naturadan foydalanish tasvirlashning butun jarayonini o‘z ichiga mujassamlashtiradi:

  • predmetning birlamchi tahlili:

  • tasvirni naturaga nisbatan taqqoslash:

  • natijaning shaklini, holatini, rangini taqqoslash:

  • natijadagi rasm va naturani taqqoslash yo‘li bilan baholash:

Mashg‘ulot boshida predmetlami ko‘rib chiqish. Kichik va o‘rta guruhlarda ko‘pincha mashg‘ulot boshida alohida predmetlar ko‘rsatiladi. Bolalar diqqatini topshiriqqa qaratish va tasawurlarini jonlantirish maqsadida bolalarga koptok, lenta (tasma), belkurak va shu kabilar ko‘rsatiladi. M ashg'ulotning qolgan vaqti mobaynida esa bolalar o‘z tasawurlari asosida chizadilar. Ular rasmlarini ko‘rgan predmetlariga nisbatan taqqoslay olmaydilar va predmetlami idrok qilishlariga qaytib murojaat qilmaydilar.
Katta guruhda ham predmetlami ko‘rib chiqish uchun imkon bo‘ladi. Masalan, «Uch ayiq» ertagi mavzusi bo‘yicha rasm chi­ zishdan yoki buyum yasashdan aw al, tarbiyachi bolalarga o‘yin- choq ayiqni ko‘rib chiqishni, predmet shaklining asosiy xususi­ yatlarini va ayrim qismlarning proporsiya nisbatlarini aniqlash- ni, so‘ng predmetning burilishiga nisbatan shu ayrim qismlarning o‘zgarishini kuzatishni taklif qiladi. Bolalar rasm chizishda ertak- ning qaysi epizodini tanlasalar, ayiqni ham shu epizodga nisbatan mos holatda tasvirlaydilar.
Namunadan foydalanish. Namunadan foydalanish ko‘proq o ‘r- gatish usuliga taalluqlidir. N am una o‘rgatish metodi sifatida tas­ viriy faoliyatning shunday turlaridan foydalaniladiki, qayerda atrof-
85
ni idrok qilish taassurotini mustahkamlash maqsadi emas, balki shu faoliyatning ayrim alohida momentlarini rivojlantirish masala- si tursa. Ko‘proq dekorativ va konstruktiv (applikatsiya) ishlarida foydalaniladi.
Dekorativ naqshni hosil qilish usuliga o‘rgatish — badiiy did- ni rivojlantirishdir. Bolalarning umumiy estetik didlarini oshirish uchun chiroyli predmetlarni tomosha qildirish kerak. Masalan, gi- lamlar, vazalar, kashtalar va hokazo.
Dekorativ rasm chizish mashg‘ulotlarida bolalar ko‘rgan pred- metlarini aks ettirib, ulardagi naqshlarni qayta chizibgina qol- may, balki mustaqil ravishda naqshlarni aks ettirib, yorqin rang va shakllarni moslashtirib chizishni ham o ‘rganadilar. Shuning uchun boshlang‘ich bosqichda bolalar namunadan naqsh ele- mentlarini chizib oladilar, keyinchalik elementlarning o‘rnini va rangini o‘zgartirib boradilar. Bolalar ma’lum bir malakaga ega bo‘lganlaridan keyin, bir necha xil namunalarni bolalar ixtiyori- ga ko‘rsatish mumkin. Ba’zi mashg‘ulotlarda tarbiyachi namunani qo'yadi va bolalar ko‘rib chiqib, tanishib, tarbiyachining ko‘r- satmasisiz mustaqil ravishda ishlaydilar. Predmetli rasm chizish yoki buyum yasashda namuna ko‘chirib olish uchun emas, bal­ ki tasvirlanayotgan predmet haqidagi tasawurni aniqlash uchun qo‘yiladi.
Rasmlardan foydalanish. Rasmlar asosan bolalarning atrof- muhit haqidagi tasawurlarini aniqlash uchun va tasviriy usullari­ ni, vositalarini tushuntirish uchun xizmat qiladi. Pedagog va psixo- loglarning tashviqotlari shuni ko‘rsatadiki, 2 yoshdagi bolalar rasmni predmet tasviri sifatida tushunib yetadilar. Lekin rasmda- gi personajlarning o‘rtasidagi bog‘liqlikni, ya’ni harakatlarni tushu- nish kechroq, 4 —5 yoshlarda yuzaga keladi. Masalan, 2 yoshli bola rasmdagi hayvonlarn «turibdi» deydi, 4—5 yoshligisi esa «gapiryap- ti», «yuryapti», «kelyapti» va hokazo deydi.
Bolalarning kuzatishlari ko‘pincha qisqa muddatli bo'ladi (M a­ salan, shahar sharoitida hayvonlarni kuzatish). Shuning uchun rasmlardan foydalanish qayta idrok qilishga va keyingi tasvir uchun xarakterli bo‘lgan eng asosiysini aniqlashga yordam beradi. Rasm­ lar ana shunday sharoitlarda kerak bo‘ladi: kerakli predmet qo‘l os­ tida yo‘q paytida yoki bo‘lmasa, tekislikda tasvirining ayrim usullari bilan tanishtirish uchun xizmat qiladi. Masalan, tarbiyachi bolalar-
86
ga uzoqlashgan predmetni tushuntirish uchun rasmni ko'rsatadi. Hayotda bolalar shu uzoqdagi predm etlam i bir chiziqda joylasli- gan, deb idrok qilsalar, rasmda tarbiyachi uzoqlashganini ko'rsatib, tushuntirib beradi, 6 yoshdan boshlab shu maqsad bilan rasmdan foydalanish mumkin. Rasmni ko‘ra turib, bola yemi bir chiziq bi­ lan emas, balki keng yer boiagi bilan chizishni, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari pastroqda va qog‘oz chetiga joylashishini tushunib yetadi. Rasm mashg‘ulot davomida bola­ lar oldida qoldirilsa, bolalar tushunib yetmay nusxa ko‘chirishga o‘rganib qoladilar. Bu yoshda esa bolalar nusxa ko‘chirish bilan emas, balki ijod bilan rasm chizishlari kerak. Ba’zida mashg‘ulot davomida bolalarga ayrim detallarni aniqlab olish uchun rasmni ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Keyin esa rasm olib qo‘yiladi, chunki bo­ lalar nusxa ko‘chira boshlaydilar.

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin