Og‘zakimetodvao‘rgatishusullari. Tasviriy faoliyatda tarbi yachining mashg‘ulotdagi doimo bolalar bilan suhbatidan bosh- lanadi. Suhbatning maqsadi bolalar xotirasidagi awalgi idrok qi- lingan obrazlarni qayta esga olish va mashg‘ulotga bo‘lgan qizi- qishini uyg‘otishdir. Bolalar o‘z tasawurlari asosida ijod qiladigan mashg‘ulotlarda suhbatning roli kattadir.
Suhbat qisqa, mazmunli va his-hayajonli bo‘lishi kerak. T ar biyachi asosiy diqqatini mashg‘ulotda qilinadigan ishga qarata di. Bolalarning mavzu bo‘yicha yoki yangi tasviriy usullari haqi dagi tasaw urlarini aniqlab olishdan aw al, suhbat mobaynida yoki suhbatdan keyin tarbiyachi kerakli predm et yoki rasmni ko'rsatadi. Topshiriqni boshlashdan aw al esa, ish usulini bolalar ga ko'rsatadi. Suhbat o‘rgatish metodi sifatida 4 —7 yoshli bola lar bilan ishlashda asosiy rol o‘ynaydi. Kichik guruhlarda suhbat bolalar tasvirlashi kerak bo‘lgan predmetni eslatish uchun yoki yangi ish usulini o‘rgatish uchun kerak bo iad i. Bunday hollar- da suhbat tasvirining maqsadini va vazifalarini bolalarga yaxshi- roq tushuntirish uchun xizmat qiladi. Bolalarning tasaw urlari va hissiyotlari tez jonlanib, ijodiy kayfiyatlari tez yo‘qolib qolmas- ligi uchun suhbat m etod sifatida ham, usul sifatida ham qisqa
90
va 3—5 daqiqadan oshmasligi kerak. Yaxshi uyushtirilgan suh- bat mashg‘ulotda maqsadga yaxshi erishish uchun qulay sharoit yaratadi.
Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish.Badiiy obraz- ni o‘zida mujassamlashtirgan nutq o‘ziga yarasha ko‘rgazmalilikka egadir. Masalan, she’r, hikoya, topishmoq va hokazo. Ifodali o‘qil- gan badiiy asar ijodiy kayfiyatning oshishiga, tafakkurning, xayol- ning faol ishlashiga yordam beradi. Shu maqsad bilan badiiy so‘zdan faqatgina ifodali o'qish mashg'ulotlarida emas, balki predmetlarni idrok qilgandan so‘ng tasviriy jarayonlarda ham foydalaniladi.
Barcha yosh guruhlarda mashg‘ulotlarni maqsadga yo'naltirilgan holda topishmoq aytishdan boshlash mumkin. Masalan, «Boshi ta- roq, dumi o‘roq». Bu topishmoq orqali xo‘rozning boshqa qush- larnikidan chiroyli toji, dumining betakrorligi kabi detal shakl- lari ajratiladi. Ba’zida kichik she’rlarni yoki asarlardan parcha o‘qish ham mumkin. Agar kerak bo‘lsa, asarni o‘qish bilan birga, og‘zaki obrazga qo‘shib, natura yoki predmetning tasviri bolalar ga ko‘rsatiladi.
Rasm chizish, loydan buyum yasash mashg‘ulotlarida badiiy asar o ‘qish har doim ham qo‘l kelavermaydi, uni boshqa o ‘rgatish usuli bilan almashtirgan m a’qul. Chunki bola og‘zaki so‘zni eshit- gandan ko‘ra, naturani ko‘rganida ko‘proq jonlanadi. Tarbiyachi badiiy obrazni tanlayotganida juda ham ehtiyotkorlik bilan tan- lashi lozim. Negaki, to ‘g‘ri tanlangan asar predm etni, qiyofala- rini ko‘rish idrokini o‘z ichiga oladi (rangini, shaklini, holatini). Masalan: «Bo‘g‘irsoq» ertagi orqali bo‘g‘irsoqning obrazi, «Ol- tin baliq» ertagi orqali esa baliq obrazi yanada yorqinroq tasvir- lanadi.