Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH
Mashg‘ulot davomida tarbiyachining ko‘rsatmalari va tushunchalari
Tarbiyachining ko‘rsatmalari barcha ko‘rgazmali usullarni o‘z ichiga oladi hamda o‘zi mustaqil o ‘rgatish usuli sifatida xizmat qiladi. Bu bolalarning yoshi va topishmoqlariga bogMiqdir. Ki chik yoshdagi bog‘cha bolalari uchun og‘zaki ko‘rsatmalar kam dan kam beriladi. Bolalarning tasviriy malakalari yetarli bo'lmay, sezgi analizatorining ishtirokisiz tarbiyachining ko'rsatmasini Ins
91
hunmaydilar (ko'rish, eshitish, qo‘l, ta ’m bilish sezgilari). Agar da bolalar mustahkam ko‘nikmaga ega bo'lsalar, tarbiyachi ko‘r- gazmani ko‘rsatmasiz tushuntirishi mumkin. 5—6 yoshli bolalar uchun bir so‘zning o‘zi xotiradagi chizish usuli haqidagi tasav- vurni eslashga yordam beradi. Tarbiyachining ko‘rsatmalari butun guruh bolalariga va alohida bolalarga qaratilgan bo‘lishi m um kin. Butun gumh uchun beriladigan ko‘rsatmalar mashg‘ulotning boshida beriladi. U lar qisqa, lo‘nda, tushunarli bo‘lishi kerak. 0 ‘rta va katta guruhlarda tarbiyachi bolalar topshiriqlarini qan day o‘zlashtirganliklarini bilish uchun biror boladan topshiriqning ketma-ketligini va qaysi usullardan foydalanib bajarish kerakli gini so‘raydi. Bunday qayta so‘rash yaxshi tushunishlariga yor dam beradi.
Kichik guruhda tushuntirib, ko‘rsatgandan so‘ng, tarbiyachi yana ishni nimadan boshlash kerakligini qayta esga soladi. Katta guruhda esa bolalarga: nimani chizishini yoki yasashini, asosiysi nimadan iborat, predmetlami qanday joylashtirish kerakligi haqi da o‘ylashni taklif qiladi. Bolalar ishga kirishgandan so‘ng, tarbi yachi har bir bolaga ko‘rsatma berishga kirishmasdan, balki ishga kirisha olmayotgan bolalarga nima narsa tushunarli bo‘lmaganini so'rashi lozim, bunday bolalarga qaytadan vazifa tushuntiriladi va ko‘rsatma beriladi. Hamm a bolalarga ham ko‘rsatma berish zarur emas. K o‘rsatma ikkilanuvchan, uyatchan, o ‘ziga ishon- maydigan bolalarga kerakdir. Yuzaga keladigan qiyinchiliklarni tarbiyachi har doim ham oldindan aytib berishi kerak emas. Ba’zi bir bolalar o‘zi mustaqil bajarishiga tarbiyachining ko‘zi yetsa, u holda tarbiyachi koVrsatma berishdan bosh tortishi ham mumkin emas. Asosiysi, tasviriy faoliyatda bola qiyinchilikka duch kelib, uni yechishga y o i topa olishi kerak. K o‘rsatma shakllari ham ma bolalar uchun har xil bo'lishi kerak. Ayrim bolalarga maq- tovli ton bilan ko‘rsatma berilsa, o ‘ziga ishongan bolalarga esa ko‘proq talab qo‘yiladi. Tarbiyachining ko‘rsatmalari to ‘g‘ridan to ‘g‘ri, buyruq shaklida bo‘lishi kerak emas. U bolani o‘ylashga, fikrlashga undashi kerak. Bola qilgan xatoni ko‘rsatish bilan bir ga, tasvirning m a’nisi o‘zgarayotganiga diqqatni qaratish lozim. M asalan, «Qizchaning ko‘ylagi xuddi g‘ijimga o ‘xshaydi» (yax shi bo‘yalmagan), «Daraxtlar yiqilib ketayotganga o ‘xshaydi» (yaxshi joylashtirilmagan), «Bu odam biram katta, shu bois uyga
92
kira olmayapti». Shu bilan birga, xatoni qanday qilib to'g'rilash kerakligini aytib bermaslik lozim. Bolaning o ‘zi fikr yuritsin. K o‘rsatma yoqimli tovush bilan berilishi bolalarning qiziqishi- ni orttiradi. Individual ko‘rsatmalar boshqa bolalarning diqqati ni jalb qilmasligi uchun pastroq tovush bilan beriladi. M ashg‘ulot davomida qachon ko‘rsatma beriladi? Qachonki, ko‘pchilik bola lar xatoga yo‘l qo‘ysalar va tarbiyachi barcha bolalarning diqqati ni o ‘ziga jalb qiladi va qaytadan tushuntiradi. Bunday mashg‘ulot davomida beriladigan ko‘rsatmalarni kamroq berish kerak, negaki u ijodiy faoliyatini buzadi.
0 ‘yinli o‘rgatish usullari. Tasviriy faoliyatda o‘yin m om entlari- dan foydalanish ko‘rgazmali amaliy o ‘rgatish usuliga kiradi. Bola qancha kichik bo‘lsa, o ‘yin uning tarbiyasida shuncha katta o ‘rin tutadi. 0 ‘yin usullari qo‘yilgan masalaga nisbatan bolalarning ish- ga diqqatini yaxshi jalb qiladi va xayol bilan tafakkurning ishini yengillashtiradi. O lyin usullari kichik guruh uchun birinchi m ar- ta E.A. Flerina tom onidan tashkil qilingan, keyinchalik A.A. Vol kova, T.G . Kazakova tom onidan davom ettirilib, T.G.Kazakova tom onidan kichik bog‘cha bolalari uchun har bir m ashg'ulotni o ‘yin obrazi bilan bolaga katta bir sistema ishlab chiqildi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin mashqlaridan rasm chi zishda keng foydalaniladi. Maqsad bolalarning oddiy chiziqli shakllami chizishga o ‘rgatish hamda qo‘l harakatlarini rivojlanti- rishdir. Bolalar tarbiyachining ortidan qo‘llari bilan havoda, so‘ng qog‘ozda turli chiziqlarni chizadilar. Tarbiyachi: «Bolakay yo‘lda chopib ketyapti», «Buvijon» va hokazo, degan iboralar bilan tu- shuncha hosil qiladi. Obraz bilan harakatning birlashuvi bola to m onidan chiziqlarni va sodda shakllarni tasviriy malakasiga ega bo‘lishni ancha tezlatadi.
Kichik guruhda predmetlarni tasvirlashda ham o ‘yin usullari- dan foydalaniladi. Masalan, qo‘g‘irchoq mehmonga keladi va bo lalar unga noz-u ne’m atlar yasaydilar, non, pirog, pechenye va hokazo. Bunday ish mobaynida bolalar sharni yassilashga urina- dilar.
0 ‘rta guruhda bolalar ayiqni yumshoq o ‘yinchog‘iga qarab chizishlari kerak. Shunda qiziqarli o‘yin o‘tkazish uchun, ayiq- cha eshikni taqillatadi, so‘ng bolalar bilan salomlashib, bolalar- dan uning rasmini chizib berishlarini iltimos qiladi. M ashg‘ulot
93
yakunida u rasmlarni baholashda qatnashadi va yaxshi rasmlarni o‘zi tanlaydi.
6 yoshli bolalar bilan ham tasviriy faoliyat davomida o‘tkaziladi. Lekin kichik guruhga qaraganda bu o'yinlar ancha kamayadi.
Masalan, sayrda bolalar o ‘zlarinig «fotoapparatlari» bilan atrofni rasmga oladilar: daraxtlar, qushlar, hayvonlarva hokazo. Bog‘chaga kelib, o‘zlari olgan «rasmlarni proyavka qiladilar va chiqaradi- lar», ya’ni ko‘rganlarini qog‘ozga tushiradilar. Tarbiyaclii o'yindan foydalanganida butun mashg‘ulotni o‘yinga aylantirib yubormas- ligi kerak. Chunki bu bolalarning diqqatini topshiriqni bajarish- dan tortib, ko‘nikma, malakalarga ega boiish tizimigacha buzishi mumkin.