Lug’atlarning maqsadi va mo’ljaliga ko’ra bo’linishi. Umumiy lug’atlar va maxsus lug’atlar.
Entsiklopedik lug’atlar.
Filologik lug’atlar.
Tilshunoslikning lug’at tuzish masalalarini ilmiy tadqiq qiluvchi va lug’at tuzish bilan shug’ullanuvchi sohasi leksikografiya (gr.lexikos-co’z, so’zga oid va grapho-yozaman) yoki lug’atchilik deyiladi. Maqsad va vazifalariga ko’ra leksikografiya ikkiga bo’linadi:
a)ilmiy leksikografiya lug’atchilikning nazariy masalalari bilan shug’ullansa;
b) amaliy leksikografiya bevosita lug’at tuzish ishlari bilan mashg’ul bo’ladi.
Leksikografiya muhim ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Bular quyidagilarda ko’zga tashlanadi:
ona tilini va boshqa tillarni o’rgatishga xizmat qiladi;
2) ona tilini tasvirlash va me‘yorlashtirish vazifasini o’taydi;
3) tillararo munosabatlarni ta‘minlaydi;
til leksikasini ilmiy tekshiradi va talqin qiladi;
Lug’atlar, avvalo, maqsadi va mo’ljaliga ko’ra ikkiga bo’linadi:
umumiy lug’atlar;
maxsus lug’atlar.
Umumiy lug’atlar keng o’quvchilar ommasiga, maxsus lug’atlar esa tor doiradagi kishilar-alohida soha mutaxassislariga mo’ljallangan bo’ladi.
Har ikkala tur lug’atlar ham o’z o’rnida yana ikkiga bo’linadi:
entsiklopedik lug’atlar;
filologik lug’atlar.
Demak, lug’atlarni umumiy entsiklopedik lug’atlar va maxsus entseklopedik lug’atlar, umumiy filologik lug’atlar va maxsus filologik lug’atlarga bo’lib o’rganish maqsadga muvofiq va o’ng’aydir.
Umumiy entsiklopedik lug’atlar (UEL). Ma‘lumki, UEL alfavit tartibida bo’lib, ularda so’zlar emas, balki shu so’zlardan anglashilgan tushunchalar uchun asos bo’lgan narsalar, tarixiy voqealar, tabiiy va ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma‘lumot beriladi va lug’at maqolalari lug’atdagi tavsif lug’at maqolasi deyiladi lug’at yozilgan tilni tushunuvchi keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangan bo’ladi. «O’zbekiston milliy entseklopediyasi» ana shunday lug’atlardan biridir. Unda shunday deyiladi: O’zME (O’zbekiston Milliy entseklopediyasi) universal entseklopediya bo’lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha sohalariga oid ma‘lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat tsivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan iboratdir. Prezident I.Karimov O’zME ga yozgan so’zboshisida u haqda «Entseklopediyamiz o’zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro’-e‘tibor topib, jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o’rin olishiga ishonchim komil» deb, uning funktsiyasini alohida ta‘kidladi.
Maxsus entseklopedik lug’atlar (MEL). Fan-texnika, san‘at va madaniyatning ma‘lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo’ljallab tavsiflaydi. Bunday lug’atlar sifatida soha entsiklopedik lug’atlari - «Meditsina entsiklopediyasi», «Fizicheskiy entsiklopedicheskiy slovar», «Lingvisticheskiy entsiklopedicheskiy slovar» kabilarni misol qilib keltirish mumkin. UELlardan farqli ravishda MELlar tor sohaga doir tushunchalarni keng va batafsil sharhlaydi. Masalan, rus tilida yaratilgan «Lingvisticheskiy entsiklopedicheskiy slovar»da shunday deyiladi: «Bu lug’at turli ixtisosliklardagi filolog-tilshunoslar va ilmiy xodimlarning keng doirasiga, shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin bo’lgan sohalar-psixologlar, mantiqshunoslar, filosoflar, etnograf va adabiyotshunoslarga mo’ljallangan». Quyida «Lingvisticheskiy entsiklopedicheskiy slovar»dan namuna keltiramiz (Bunday lug’at o’zbek tilida yaratilmagani uchun olingan maqolaning tarjimasini beramiz).
«AKKOMODATSIYA (lat. Accomodatio-moslashish) tovushlarning kombinator o’zgarishlaridan biri: qo’shni undosh va unlilarning qisman moslashuvi. Akkomodatsiya shunday hodisaki, keyingi tovushning ekskursiyasi (artikulyatsiyasining boshlanishi) oldingi tovushning rekursiya (artikulyatsiyasining tugashiga) moslashadi (progressiya akkomadatsiya) yoki oldingi tovushning rekursiyasi keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashadi. Ayrim tillarda unlining undoshga moslashishi xosdir, masalan, rus tilida a, o, u unlilari yumshoq undoshlardan keyin til oldi unlilariga aylanadi (ularning artikulyatsiyasi ekskursiyaga intilgan). Qiyoslang: «mat»-«myat», «mol»- «myol», «luk»-«lyuk». Boshqa tillarda esa undoshning unliga akkomodatsiyasi kuzatiladi, masalan, fors tilida til oldi unlisidan oldin kelgan undosh tanglaylashadi». (22-bet)
Ko’rinadiki, maxsus entsiklopedik lug’at soha mutaxassislari uchungina zarur bo’lgan tushunchani ana shu soha ilmiy uslubiga xos ifoda bilan tasvirlaydi.
Umumiy filologik lug’atlar barcha soha kishilari, keng foydalanuvchilar ommasiga mo’ljallangan izohli, imlo, orfoepik, tarjima lug’atlardir. «O’zbek tilining izohli lug’ati» (O’TIL) «Ruscha-o’zbekcha lug’at» (RO’L) ana shunday lug’atlar sirasiga kiradi. Shu boisdan O’TIL da shunday deyiladi: «Lug’at keng o’quvchilar ommasiga-tilshunoslar, o’rta va oliy maktab o’quvchilari va o’qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari va o’zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo’ljallangan.» (1-tom, 5-bet) Izohli lug’at so’zning ma‘nosini shu tilda sharhlaydi, izohlaydi va so’zni shu ma‘nosi bilan nutq tarkibida beradi. Misollar:
BAQIRLAMOQ Baqir-buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. [Hamrobibi] dasturxon yozdi, baqirlab qaynayotgan samovarni keltirib, qopqoqlab qo’ydi. R.Fayziy El mehri.
Yoz 1 Yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi - yoz bo’ldi. Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
2 ko’chma Umrning eng gullagan yaxshi davri. Yozim o’tdi, chiroyingizga to’q bu quvnoq ko’ngil. /ayratiy.
Ko’ngli yoz bo’ldi Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko’ngli yoz bo’lib ketdi. O’.O’marbekov. Charos.
Umumiy izohli lug’atda lug’aviy birliklarning barcha - grammatik, uslubiy, frazeologik birliklar tarkibida qatnashishi, omonimik, qaysi tildan o’zlashganlik belgilari ko’rsatiladi.
O’zbek tilining bu tipdagi lug’ati birinchi marta 1981 yilda Moskvada nashr etildi. «Boy leksikografik an‘analarning davomi sifatida o’tgan asrning 50-80 - yillari mobaynida o’zbek tilshunosligida erishilgan va o’zbek leksikografiyasini tilshunoslikning tez rivojlanib borayotgan mustaqil sohasiga aylantirgan ulkan muvaffaqiyatlari tufayli yuzaga kelgan» (1-tom, 5-bet) «O’zbek tilining izohli Lug’ati» o’zbek xalqi tarixi va ma‘naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo’ldi. «Lug’atning asosiy vazifasi o’zbek adabiy tilining so’z boyligini to’plash va tavsiflash bilan birga, uning me‘yorlarini belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratki, unda adabiy tilning imlo, talaffuz, so’z yasash va ishlatish me‘yorlari tavsiya etildi» (1-tom, 5-bet).
Demak, o’zbek tilining ilk izohli lug’ati o’z oldiga qo’yilgan o’zbek adabiy tilining so’z boyligini to’plash va tavsiflash hamda uning me‘yorlarini belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi. Biroq tilshunoslik fanining rivoji, o’rganish manbaiga yondashuv omillari va metodologiyasining taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy fanlarga qo’yiladigan yangicha talablarning yuzaga kelishi ijtimoiy ong shakllaridan bo’lgan tilning ilmiy talqinida ham yangicha qarashlar shakllanishiga olib keladi .
Leksemalarning lug’aviy ma‘nosi talqinida lison va nutqni izchil farqlash talabi har bir so’zga xos barqaror lisoniy va o’tkinchi nutqiy jihatlarni ajratishni taqozo qiladi. Nutqiy hodisalar cheksizlik va rang-baranglik tabiatiga ega bo’lganligi bois leksikografik talqinlarning ob‘ekti bo’la olmaydi. Lug’atlar so’zlarga xos barqaror jihatlarnigina qamrab olish imkoniga ega. Demak, semasiologiya sohasida amalga oshirilgan izchil sistemaviy tadqiqotlar lug’atni tartiblashtirishda muhim tayanch omil bo’lib, leksikografni cheksiz nutqiy ma‘nolarni tartibga keltirish, lug’atlarga kiritish hamda izohlash tashvishidan xalos etadi. Bunda har bir voqelangan nutqiy lug’aviy ma‘noda qorishgan o’zga hodisalar tajallilarini e‘tibordan soqit qilish, ushbu birlik (leksemaning)ning asl zotiga daxldor bo’lgan unsurni ajratish va tavsiflash leksikografik talqinda muhim ahamiyatga ega.
Ma‘lumki, «O’zbek tilining izohli lug’ati»da [o’tmoq] fe‘lining 31 ta leksikografik ma‘nosi ajratilgan. Ma‘nolardan ko’pchiligida bu so’z o’z asl zotiga (lisoniy sathdagi mohiyatiga) aloqador bo’lmagan, balki o’zi birikayotgan so’zlarga bog’liq turli-tuman ma‘nolarni voqelantiradi. Qiyoslang: O’TMOQ
1 Biror narsaning ichidan, ustidan yoki yonidan yurib, uchib, suzib narigi tomoniga yetmoq, ko’chmoq. Ko’prikdan o’tmoq. Tunneldan o’tmoq. Chegaradan o’tmoq...
4 Teshik, eshik kabi biror joyning bir tomonidan kirib narigi tomonidan chiqmoq. 1. Ip igna teshigidan o’tmadi. 2.Uyda xizmatchi ovqat qo’ygan ekan, san‘atkorning tomog’idan hech narsa o’tmadi- ikki piyola choy ichdi, xolos.(A. Qahhor.)
5 Biror tomonga yo’nalmoq; yurib, suzib yoki uchib biror tomonga jo’namoq; biror tomonga qarab yurmoq. Bu daryodan har kuni uch marta paroxod o’tadi.
6 Tezroq yurib yoki yurgizib, boshqalardan oldin ketmoq; quvib yetib o’zmoq. Goh Afandi eshakdan, goh eshak Afandidan o’tib uyga yetdilar.(«Latifalar».)
Ko’rinadiki, lug’at ma‘nolari tavsiflari, o’tish harakatining xarakteriga ko’ra emas, balki harakat ustida amalga oshayotgan predmetlarning xususiyatlariga ko’ra amalga oshirilgan va shu asosda [o’tmoq] fe‘li nutqiy ma‘nosidagi sintagmatik yondosh hodisalarning tajallilari o’z izlarini qoldirganligi e‘tiborga olinmagan. Zero, Tunneldan o’tmoq (1-ma‘no), Igna teshigidan o’tmoq (4-ma‘no) misollaridagi (o’tmoq) fe‘lining nutqiy ma‘nolari o’z zotiy tabiati asosida emas, balki bu harakatning nimada amalga oshayotganligi (tunnel orqali o’tish, teshik orqali o’tish), bu harakatni nima amalga oshirayotganligi (kishi, texnika yoki ip) va o’tish teshigining katta-kichikligi (tunnelning nisbatan uzun masofali ekanligi, igna teshigining kichikligi) asosida farqlanadi. Har ikkala holatda ham harakat mohiyatida farq kuzatilmaydi. Demak, (o’tmoq) fe‘lining 1-, 4-, 6- leksikografik ma‘nolaridagi farq o’zga hodisalar (bu yerda birikuvchi so’zlar denotatlaridagi farqlar) tajallilari asosida bo’lib, bunday yondashuv asosida ushbu ma‘nolarning sonini yanada davom ettirish mumkin:
Demak, lug’atda bir so’zning, deylik, 20-30 tagacha nutqiy ma‘nolarini izohlash, uning empirizmga asoslanganligini ko’rsatsa, faqat sememalarga tayanish lug’atning sememik tahlil doirasidan tashqariga chiqa olmaganligidan dalolat beradi.
XX asrning 40-50- yillarida shakllangan va asr nihoyasida katta yutuqlarni qo’lga kiritgan o’zbek tilshunosligi, xususan, uning tarkibiy qismi bo’lgan o’zbek tili leksikografiyasi taraqqiyotiga jahon va rus tilshunosligining ta‘siri katta bo’ldi. Rus tili leksikografiyasi an‘analari milliy tillar lug’atchiligida ham rivojlantirilishi bilan birga, ular uchun namuna vazifasini ham o’tadi. Biroq bu namunaviylik va an‘ana ko’p hollarda andozaviylikka aylanib bordi. Chunki milliy tilshunosliklar uchun metodologiya vazifasini milliy tillarning ichki ontologik qurilishi jihatidan rus tiliga yaqinligi, o’xshashligini asoslash ta‘limoti o’tar edi. Bu metodologik tamoyillarga I.Stalinning «Marksizm va tilshunoslik masalalari» asarida asos solingan edi. Natijada 60-70-yillarda sobiq sho’ro tuzumi hududidagi yuzdan ortiq millat va elatlarning yagona xalq - sovet xalqiga aylanayotganligi haqida tarixiy uydirmalar vujudga keldi. Barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar bo’yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarining maqsadi ham mana shu soxta «haqiqat»ni asoslashga qaratilgan edi. Shu tarzda o’zbek tilshunosligida rus tili qurilishi andozasi o’rnashdi va fandagi bu holat hanuz mustahkam o’rnashib turibdi. Quyida o’zbek leksikografiyasining ulkan yutug’i sanalishiga haqli ikki tomli «O’zbek tilining izohli lug’ati»ni S.Ojegov tahriri ostidagi «Slovar russkogo yazo’ka»(qisq.SRYa) lug’ati bilan mazkur metodologiyaga munosabat nuqtai nazaridan qiyoslashga harakat qilamiz.
Avvalo, lug’atlarda aynan yoki nisbatan aynan tarjima maqolalar mavjudligini ta‘kidlash lozim. Quyida ulardan ayrim namunalar keltiriladi.
O’TIL
SRYa
TIL 1 anat. Og’iz bo’shlig’ida joylashgan, ta‘m-maza bilish, kishilarda esa, bundan tashqari, nutq tovushlari hosil qilish uchun xizmat qiladigan a‘zo. (II tom, 174-bet)
AKTsIZ (R2.CHor Rossiyasida shunday soliqni to’lash bilan shug’ullanadigan idora. (1 tom, 37-bet)
Yazo’k1 Podvijno’y mo’shechno’y organ v plosti rta, yavlyayuhixsya organom vkusa, a u cheloveka uchastvuyuhiy takje v obrazovanii zvukov rechi. (7 str. 747)
Aktsiz. 1.V kapitalisticheskix stranax kosvenno’y nalog, preimuh. na tovaro’ shirokogo vnutrennogo potrebleniya (sol, tabak, saxar, spichki, spirtno’e napitki i.t.p.).
2.V tsarskoy Rossii: uchrejdenie po sboru takogo naloga (razg)
(str. 22)
«O’zbek tilining izohli Lug’ati» da o’zbek tilida so’zlashuvchilar uchun ijtimoiy shartlanmagan ma‘nolar ham, rus tili izohli lug’atlarida bo’lganligi uchun, taqlidiy ravishda beriladi.
Qiyoslang:
TIL 6 harb. Kerakli ma‘lumot olish maqsadida olingan harbiy asir (II tom, 175 bet)
Yazo’k2, peren. Plenno’y ot kotorogo mojno poluchit nujno’e svedeniya (spets) (str. 747)
O’zbek tilida alohida-alohida, bir-biriga bog’lanmagan ma‘noli, omonimik tabiatli so’zlar ko’p ma‘noli so’zlardek talqin etiladi.
KAFYeDRA 1 Lektsiya o’qish, doklad, axborot qilish va sh.k. ishlar uchun maxsus baland qurilma.
2 Oliy o’quv yurtlarida bir yoki bir necha o’zaro yaqin fanlar bo’yicha ish olib boruvchi professorlar, o’qituvchilar va ilmiy xodimlar tashkiliy birlashmasi va shu birlashmada joylashgan xona (I tom, 373-bet)
Kafedra, -o’, j. 1 Vozvo’shenie dlya oratora, lektora.
2.Ob‘edinenie prepodavateley a kakoy-nibud otrasli nauki v vo’sshey shkole.(str. 220)
Ma‘lumki, izohli lug’at «keng o’quvchilar ommasiga mo’ljallangan» bo’lib, buning uchun leksikografik talqinda ijtimoiy shartlangan ma‘nolardan kam qo’llanishga ega, terminologik ma‘nolar talqiniga o’tib borilmog’i lozim. Biroq, «O’zbek tilining izohli lug’ati» da bu borada qat‘iylik kuzatilmaydi. Masalan, ayrim so’zlar talqinida terminologik ma‘no birinchi o’ringa chiqariladi va qolgan ma‘nolar keyin beriladi. Misol sifatida [til] so’zi talqiniga diqqat qilaylik.
«O’zbek tilining izohli lug’ati» dagi ayrim so’zlar tavsifida ba‘zan terminologik semalarga asoslanilsa, ba‘zan bunday yo’l tutilmaydi. Masalan, [olma] so’zi tavsifida terminologik semalarga asoslanish mavjud.
Qiyoslang:
OLMA 1 Atirgullilar oilasiga mansub ko’p yillik mevali daraxt. (II t, 533-bet)
Yablonya Fruktovoe derevo iz sem. rozovo’x s sharovidno’mi s‘edobno’mi plodami (str. 746)
[o’rik] so’zi tavsifida esa talqin terminologik semasiz amalga oshiriladi. Chunki SRYada shunday yo’l tutiladi.
O’RIK 1 Guli oq va pushti, mevasi esa oqish, sarg’ish, qizg’ish ranglarda bo’ladigan yirik daraxt (II tom, 511-bet)
Abrikos Yujnoe fruktovoe derevo s jelto-krasno’mi plodami s krupnoy kostechkoy, a takje samo’y plod etogo dereva. (str. 17)
Ko’rinadiki, so’z ma‘nolarining leksikografik tavsifi masalasida «O’zbek tilining izohli lug’ati» rus tili izohli lug’atlari tamoyillari asosida ish tutadi.
SHuningdek, «O’zbek tilining izohli lug’ati» so’z shakllarini berish masalasida ham ushbu tamoyillarga bo’ysunadi. Bu fe‘l nisbat shakllari talqinida alohida ko’zga tashlanadi.
Ma‘lumki, ko’pgina grammatik shakllar so’zning ma‘noviy tabiatiga grammatik o’zgarishlar beradi. Fe‘lning nisbat shakllarida esa boshqacharoq holni ko’ramiz. To’g’ri, affiks qo’shilgandan keyin hosil bo’lgan yasama forma affiks qo’shilmasdan ilgarigi formaga nisbatan ham leksik, ham grammatik tomondan o’zgaradi, ya‘ni ma‘no ko’payishi yoki ozayishi mumkin. Biroq bunda lug’aviy ma‘no modifikatsiyalanishining qay darajada ekanligini aniqlash maqsadga muvofiq. Bunda ikki holatni: 1.Lug’aviy ma‘no modifikatsiyasi yangi lug’aviy ma‘no hosil bo’lish darajasidami? 2.SHakl so’zda yuzaga keltirayotgan birikuvchanlik o’zgarishlari ma‘noviymi, sintaktikmi yoki ham ma‘noviy ham sintaktikmi ekanligini muayyanlashtirish lozim bo’ladi.
Nisbat shakllari lug’aviy shakl hosil qiluvchi vositalar sirasida markaziy o’rinni egallab, fe‘l leksema lisoniy mohiyatini modifikatsiya qiluvchi muhim omil sanaladi. Aytilganidek, nisbat shakllari lisoniy lug’aviy ma‘noni modifikatsiyalaydi, biroq bu hodisa yangi lug’aviy ma‘no vujudga kelishi darajasidami? Yangi lug’aviy ma‘no (xoh u nutqiy, xoh lisoniy bo’lsin) nisbat shakllari ta‘sirida vujudga kelsa, so’z alohida leksikografik birlik sifatida lug’at maqolasida alohida tavsiflanishga haqli. Masalan, «O’zbek tilining izohli lug’ati» da nisbat shakllarini olishi natijasida ma‘noviy siljish ro’y bergan, ya‘ni leksema vujudga kelgan [ko’rishmoq] (1.ko’rdilar. 2.salomlashdi), [hisoblashmoq] (1.hisoblashdilar. 2.kelishgan holda ish ko’rmoq) tipidagi fe‘llarda nisbat shakllarining lug’aviy ma‘noga ta‘siri yangi leksema hosil qilish darajasida ekanligi to’g’ri baholangan va tavsiflangan.
Ko’p hollarda, yuqoridagidek, yangi yasama leksema vujudga kelishidan farqli o’laroq, nisbat shaklini olgan fe‘l yangi semema hosil qilish hodisasi yuz bermaydi. Bunda nisbat shakli lug’aviy shakl hosil qiluvchi sifatida qolaveradi. Masalan, (aylanmoq) fe‘li orttirma nisbat shaklida quyidagi ma‘nolarni ifodalaydi: 1.Biror narsani ma‘lum bir nuqta atrofida harakatlantirmoq. 2. Biror narsani boshqa bir holatga o’tkazmoq. 3.Sayr qilmoq. 4.Aldamoq, chalg’itmoq. 5.Muomalada bo’lmoq. Pulni aylantirmoq. Bu ma‘nolardan 1-,2-,3-,5- lari [aylanmoq] fe‘lida ham mavjud. Biroq 4-ma‘no nisbat shakli ta‘sirida paydo bo’lgan ma‘no bo’lib, (aylantirmoq) fe‘liga tuzilgan lug’at maqolasida e‘tiborga olinishi lozim bo’lgani ham shudir. SHu asosda (aylantirmoq) fe‘lida yangi hosil bo’lgan ma‘no mavjud bo’lganligi uchun uning bosh ma‘nosi sifatida [aylanmoq] fe‘lining ma‘nolariga havola qilish va shundan so’ng mazkur 4-ma‘noni berish lozim bo’ladi:
AYLANTIRMOQ 1 aylanmoq f.l. ort.
2 dial. Aldamoq, chalg’itmoq.
Agar nisbat ta‘sirida yangi ma‘no vujudga kelmasa, fe‘lni ushbu nisbat shakl bilan lug’atda berish va bosh nisbatdagi fe‘lga havola qilish zarurati ham bo’lmaydi. Masalan:
UNUTTIRMOQ unutmoq f.l. ort. Mehnat uning surgunda yurganini unuttirar, ish bilan band bo’lib zerikmasdi kabi.
Demak, aytish mumkinki, o’zbek tilshunosligida ko’p hollarda, Yevropa tillari, aniqrog’i, rus tili qonuniyatlari qidirilganligi va ilmiy «asoslanganligi» kabi o’zbek lug’atchiligi, xususan, «O’zbek tilining izohli lug’ati» ham rus tili leksikografik andozalari asosida yaratilgan.
Ma‘lumki, lug’atlarning vazifasi nafaqat biror tilning lug’at boyligi haqida tasavvur uyg’otish, balki shu bilan birgalikda, so’zlarning semantikasini, lisoniy qiymatini belgilash, ular ma‘nolarining sistemaviy munosabatlarini berish ham bo’lmog’i lozim. Chunki bu ko’p ma‘noli so’zlarning ma‘nolarini yorqinroq chegaralab olish, yaqin ma‘noli so’zlarning semantik qiymatini to’g’ri anglash imkonini beradi.
So’zlarning semantik mohiyati ularning o’z semantik tizimida ochiladi, shu boisdan so’zlararo semantik munosabatlarning leksikografik metatilga muvofiq ravishda lug’atlarda aks etishi va ichki ma‘nolarni farqlovchi muhim yechimlarning leksikografik talqinga «edirib» yuborilishi muayyan ma‘no bilan so’zning semantik tizimdagi o’rnini aks ettirgan lug’atlarning amaliy qiymatini yanada oshiradi. Chunki semantik munosabatlarni ochish asosidagina tilning asosiy vazifalaridan biri bo’lgan farqlash, differentsiatsiya amalga oshiriladi. Masalan, sinonimik munosabatlarda so’zlarning ifoda bo’yoqlari orasidagi farqlar ochilsa, tur-jins munosabatlarida ma‘noviy noaniqlik muayyanlik tomon intiladi. Partonimik munosabatlarda esa butunlikning bo’linishi asosida butunda qismni, qismda butunni ko’rish, ravshan ilg’ash imkoni vujudga keladi.
Yuqoridagilarga ko’ra [olma] leksemasini semantik-sintagmatik munosabatlari asosida tavsiflashga harakat qilamiz.
OLMA 1 Dumaloq, ba‘zan cho’zinchoq shakldagi yong’oqdan tortib piyola kattaligicha bo’lgan oqish yoki sarg’imtir yashil yoxud qizil rangli danaksiz, urug’li, meva beruvchi atirgullilar oilasiga mansub ko’p yillik daraxt. Olma ko’chati. Olma ekildi.
turlari: qimizak, semirenko, besh yulduz
jinsdoshlari: o’rik, nok, anjir, behi.
birikuvchilari: ekmoq, qirqmoq, sug’ormoq.
2 Shu daraxtning mevasi. Olma pishdi. Olmani yedik.
turlari: qimizak, semirenko, besh yulduz.
jinsdoshlari: o’rik, nok, anjir, behi.
birikuvchilari: pishmoq, yemoq, artmoq, archmoq.
Ko’rinadiki, «O’zbek tilining izohli lug’ati» dagi « 1 Atirgullilar oilasiga mansub ko’p yillik mevali daraxt.
2 Shu daraxtning mevasi» va « 1 Guli oq va pushti, mevasi esa oqish, sarg’ish, qizg’ish ranglarda bo’ladigan yirik daraxt.
2 Shu daraxtning danakli mevasi»
talqinlaridagi so’zlarning denotatlari olma, o’rik, shaftoli yoki behi va h. ekanligini ularning tizimiy munosabatlarini leksikografik metatilga kiritmasdan mukammal izohlab yoki to’liq anglab bo’lmaydi. Bu esa leksikografik talqinlarda semantik-sintagmatik munosabatlarning ham qanchalik zarur ekanligini yaqqol namoyon qiladi.
Imlo lug’ati so’zlarni amaldagi imlo qoidalariga muvofiq ravishda qanday yozish kerakligini o’rgatadi. Demak, bunday lug’atlar hammabop va amaliy tabiatga ega bo’ladi. Bunday lug’atlarga S.Ibrohimov va M.Rahmonovlarning 1956, 1964 larda «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan» nashr etilgan, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning 1976 yilda «Fan» nashriyoti tomonidan chop etilgan kirill yozuviga doir imlo lug’atlarini kiritish mumkin.
1995 yilda Sh. Rahmatullaev va A.Hojievlar tuzgan lotin imlosidagi imlo lug’ati «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etildi.
Orfoepik lug’atda so’zlarning to’g’ri adabiy talaffuzi ko’rsatiladi. Bunday lug’at birinchi marta kichik hajmda M.Sodiqova va O’.Usmonova tomonidan «O’zbek tilining orfoetik lug’ati» nomi bilan 1977 yilda «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi.
Maxsus filologik lug’atlar tor o’quvchilar ommasi-tilshunoslik bilan shug’ullanuvchilar va boshqa ilmiy tadqiqotchilarga mo’ljallangan bo’ladi. O’zbek tilining morfem, chastotali, ters, o’zlashma so’zlar, frazeologizmlar, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizmlar, terminologik, etimologik lug’atlari shular jumlasidandir.
Morfem lug’atlarda leksik birliklarning tarkibi-morfemik strukturasi ko’rsatiladi. Bunday lug’at birinchi marta A./ulomov, A.N.Tixonov, R.Q.Qo’ng’urovlar tomonidan tuzilib, 1977 yilda «O’qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etilgan.
CHastotali lug’atda so’zlarning qo’llanishi darajasi haqida ma‘lumot beriladi. I.A.Kissen muallifligida chop etilgan «Slovar naibolee upotrebitelno’x slov sovremennogo uzbekskogo literaturnogo yazo’ka» (Tashkent, 1970) lug’ati chastotali lug’at bo’lib, unda ma‘lum bir tanlangan matnlarda so’zlarning qo’llanilish chastotasi (takrorlanganlik miqdori) ko’rsatiladi. Shunday lug’atlar S.Rizaev, Z.Hamidov, N.Axmatov, N.Mamadalieva, R.Zohidov tomonidan alohida asarlar bo’yicha tuzilgan.
Ters lug’atda so’zlar teskari tomondan oxiridan alfavit tartibida joylashtiriladi. Bunday lug’at ham lingvistik lug’at bo’lib, R.Qo’ng’urov va A.Tixonovlar tomonidan «Obratno’y slovar uzbekskogo yazo’ka» nomi bilan 1969 yilda Samarqandda chop etilgan. Undan namuna keltiramiz:
serharajat
hujjat
xat-hujjat
behujjat
murojaat
Hojat
muhofazat
ijozat
beijozat.
O’zlashma so’zlar lug’atida o’zbek tiliga boshqa tillardan kirib kelgan so’zlar izohlanadi. Bu tipdagi lug’atlar izohli lug’atlarning bir ko’rinishidir. Ular qaysi tildan o’zlashgan so’zlarni izohlashiga ko’ra turlicha nomlanadi. Masalan, O.Usmon va R.Doniyorovlar tomonidan 1965 yilda nashr etilgan «Ruscha-internatsional so’zlar izohli lug’ati»da rus va boshqa yevropa tillaridan kirib kelgan so’zlar izohlangan.
Frazeologik lug’atlar ham maxsus lingvistik lug’atlarning bir turi bo’lib, Sh.Rahmatullaev tomonidan tuzilgan «O’zbek tilining izohli frazeologik lug’ati» (Toshkent, 1978) bunday lug’atning mukammal namunasidir.
Qulog’i(i)ga chalinmoq nima kimning? Biror gapni yoki tovushni noaniq tarzda eshitmoq. O’xshashi: qulog’(i)ga kirmoq. Erkaklar orasidagi gap Asalbibining qulog’iga chalingan edi. Oybek. Oltin vodiydan shabadalar. Uzoqdan traktorning guvillagan ovozi quloqqa chalindi. R.Fayziy. Cho’lga bahor keldi. (294-bet)
Qurimoq - yostig’ini quritmoq: yostig’i quridi: tinka-madori quridi: tinkasini quritmoq: esim qursin (375-bet)
Onomastik lug’atlar o’zbek leksikografiyasining alohida sohasiga aylandi. Bunday lug’atlarda atoqli otlar (onomosionimlar)dan, masalan, toponimlardan yoki antroponimlar izohlanadi va ular etimologik lug’atlarning o’ziga xos ko’rinishidir. Bunga T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O’zbekiston toponimlarining izohli lug’ati»ni S.Qoraevning joy nomlarining izohli lug’atini misol qilib keltirish mumkin.
Dialektal lug’at o’zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo’lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug’atlar umuman o’zvek tilining barcha shevalariga xos so’zlarni yoki ma‘lum bir sheva so’zlarini izohlashga mo’ljallangan bo’lishi mumkin. 1971 yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O’zbek xalq shevalari lug’ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Lug’atdan misol keltiramiz:
Govara (Buxoro) beshik
Gavdo’sha (Buxoro) xurma
Gajdim (Nayman) chayon (62- bet)
Terminologik lug’atlar ma‘lum bir sohaga tegishli so’zlarni izohlaydi. Terminologik lug’atlar izohli yoki tarjima ko’rinishlariga ega bo’ladi. Demak, terminologik lug’atlarni bir tilli va ko’p tilli lug’atlarga bo’lish mumkin. Quyida A.Hojievning «Lingvistik terminlarning izohli lug’ati» (Toshkent, «O’qituvchi», 1985) dan namuna keltiramiz.
Kriptologiya. Maxfiy tillar, ularni tuzish qonuniyatlarini, rasshifrovka qilish usullarini o’rganuvchi fan.
Ko’makchili aloqa. So’zlar o’rtasida ko’makchilar vositasida yuzaga keladigan aloqa: qalam bilan yozmoq, uyga qadar yugurmoq kabi.
Tarjima lug’atlar bir tildagi so’z ma‘nosining boshqa tilda ifodalashishi, berilishini ko’rsatadi. RO’L dan misol:
RAZBOGATYeT sov, (nesov, bogatet) boyimoq, boyib ketmoq, davlat orttirmoq.
TsARYeVNA j. r. mn.-ven. malika, shoxbekach, (podshohning qizi)
Tarjima lug’atlari ikki tilli yoki ko’ptilli lug’atlarda so’z ikkitadan ortiq tilda beriladi. Bunday lug’atlar juda kam.
Tarjima lug’atlari qanday birliklarni ifodalashiga ko’ra turlicha bo’ladi:
leksik birliklar lug’ati;
frazeologizimlar lug’ati;
har ikkala birliklar lug’ati;
maqollar lug’ati.
1984 yilda Toshkentda nashr etilgan ikki tomli «Ruscha-o’zbekcha lug’at» leksik birliklar lug’atidir.
Frazeologik birliklar tarjima lug’atiga M.Sodiqovaning «Ruscha-o’zbekcha frazeologik lug’ati» (Toshkent, 1972) namuna bo’ladi. Undan ayrim misollar keltiramiz:
Axnut ne uspel - ko’z ochib-yumguncha, bir zumda: og’iz ochib bir narsa deguncha ham bo’ladi: bir og’iz ham gap aytolmay qoldi.(14-bet).
Bez zadnix nog - s.t. Juda charchab holdan toygan, sulayib qolish (82-bet).