T/r
|
O’zbek tilida
|
Rus tilida
|
Ingliz tilida
|
Atamaning o’zbek tilidagi izohi
|
1
|
Psixika
|
Психея
|
Psyche
|
Psixika (qadimgi yunoncha: ψῡχικός, psychikos — „ruhiy“) yoki ruhiyat — yuksak darajada tashkil topgan materiya (miya)ning voqelikni alohida shaklda aks ettirishdan iborat xususiyati. Asosan, sezgi, tasavvur, tafakkur, irodaviy xatti-harakat va boshqa subyektiv obrazlarda aks etadi.
|
2
|
Diqqat
|
внимание
|
attention
|
Diqqat — subyekt faoliyatining biror obyekt yoki hodisaga jalb qilinishi. U har qanday ongli faoliyat samaradorligining zarur shartidir. Bosh miya poʻstlogʻining muayyan joylaridagi optimal qoʻzgʻalish manbalari Diqqatning fiziologik asosini tashkil qiladi.
|
3
|
Ixtiyoriy
diqqat
|
произвольное внимание
|
voluntary attention
|
Ixtiyoriy diqqat – bu ob’ektda faoliyat talablariga ko‘ra yo‘naltirilgan, ongli boshqariladigan jamlanganlik.
|
4
|
Ixtiyorsiz
diqqat
|
непроизвольное внимание
|
involuntary attention
|
Ixtiyorsiz diqqat – bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda ob’ektda jamlanganligi.
|
5
|
Yo’nalganlik
|
ориентация
|
orientation
|
Yo‘nalganlik - psixik faoliyatning tanlovchanlik tabiati, ob’ektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash.
|
6
|
His-tuyg’u
|
эмоция
|
Feeling
|
His-tuyg'ular-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
|
7
|
Tabiiy
diqqat
|
естественный фокус
|
natural focus
|
Tabiiy diqqat o‘zida axborot yangiligi unsurini tashuvchi, u yoki bu tashqi va ichki rag‘batlarga nisbatan tanlab javob qaytarishning tug‘ma qobiliyati ko‘rinishida odamga tug‘ilishi bilanoq beriladi. Tabiiy diqqat faoliyatini ta’minlovchi asosiy mexanizm taxminiy refleks deb ataladi.
|
8
|
Hissiy diqqat
|
Эмоциональный фокус
|
Emotional focus
|
Hissiy diqqat afzalligiga ko‘ra, hissiyotlar va his-tuyg‘u organlarining tanlab ta’sir ko‘rsatish faoliyati bilan bog‘liq.
|
|