Metodikasining


IDROK ETISHNI BOSHQARISH METODIKASI



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə12/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

1. IDROK ETISHNI BOSHQARISH METODIKASI




Tasviriy faoliyat bolalarning voqelik haqidagi tasawurlarining kengayish va mustahkamlanish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Ta- niqli psixolog V.M.Teplov idrokning alohida xarakterini quyidagi tasvir bilan bogiiq holda ta ’kidlab o‘tadi: «tasviriy san’atda tasvir masalasi kuchli idrok qilishni talab etadi. Qurilgan narsaning tas­ vir masalasini yecha turib, bola har doim narsalarni yangicha to­ mondan anchagina tezroq, kuchliroq va aniqroq qurishni o‘rganib boradi». Idrok etishning rivojlanishi tasviriy faoliyatdan kelib chi- qib, ikki maqsadni ko‘zlaydi. Birinchidan, o ‘rab turgan voqelik bi­ lan tanishish jarayo-nida bolaning bilish va estetik malakasi bo- yiydi, ikkinchidan, turli prcdmetlar haqidagi tasawurlari aniqla- shadi. Predmetlarning xususiyatlari va belgilarini idrok etish shu predmetlarning keyinchalik tasvirlay olishi bolalardan tekshirish vositalari orqali tanishishni talab qiladi. Tasviriy faoliyatning tur­ li ko‘rinishlarida tekshiruv maqsadlari turlicha boMadi. Tarbi­ yachi turli faoliyat turlarida bolalar diqqatini predmetning shak- liga, hajmiga, fazoda joylashishiga qaratadi, keyin rasm chizish mashg‘ulotidan oldin predmetning konturi qismlarini alohida ajra­ tib ko‘rsatadi, agar berilgan predmet uchun xarakterli rang bo‘lsa, uni ham ajratib ko‘rsatadi. Loy mashg‘ulotining hajmli massasi har tom ondan ko‘riladi, uning qo‘shilib ketgan va ajralib turgan qism­ lari ko‘rib chiqiladi. Qurish-yasash mashg‘ulotlarida qismlarning proporsional munosobatlari, ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘rib chiqish muhim ahamiyatga ega. Ko‘zdan kechirish jarayonining o‘zi 5 bosqichni o‘z ichiga oladi.
— predmetni o‘z holida idrok etish (tarbiyachi yorqin obrazl
shaklda predmetning umumiy xarakteristikasini beradi);
79
—tahlil bilan birgalikda ko‘zdan kechirish (oldin katta qismlar, keyin mayda qismlar ajratiladi, ularning shakllari aniqlanadi);
—predmetning qurilishini aniqlash va katta qismlaming o‘zaro bogiiqligi;
— rangning ajratilishi;
— predmetni butun holda qaytadan ko‘zdan kechirish;
Idrok etish jarayonining bosqichlariga bunday taqsimlanishi shartli va ular har doim idrok etishda ishtirok etmaydi. Bu bola­ larning malakalariga va ular oldida turgan vazifalariga bog‘liqdir. Predmetni qayta ko‘zdan kechirish talab etilmaydi, kimdir faqat ko‘rish orqali predmetni tahlil qilish yoki so‘z orqali tasvirlab berish o‘tiladi.
Bir turdagi predmetlami qismlarga ajratish va o‘zaro bog‘liq shakllarini topish qobiliyatini tarbiyalash uchun taqqoslashdan foy­ dalanish muhimdir. Masalan, hamma daraxtlarning asosi vertikal holatda joylashgan, shoxlari asosiga nisbatan burchak ostida joy- lashgan; ko‘pgina hayvonlarning tanasi oval shaklida.
«Shakl(forma)ni idrok etish ko‘rish orqali hamda his etish yor- damida o‘tilishi kerak. Bolani ko‘z bilan yoki qo‘l harakati bi­ lan kontum i bir qismdan ikkinchi qismga o‘tib, chizib chiqishga o‘rgatish lozim. Kichik guruhlarda qo‘l harakatlarini, albatta, kiri- tish kerak, katta gumhlar uchun esa konturni idrok qila olish yetarli, q o i esa yordamchi organ bo‘lib hisoblanadi» (L.A.Lublinskaya).
Hajm (velichina)ni idrok etish kichik maktabgacha yoshdagi bolaga tushunarli, agar farq ancha katta bo‘lsa (katta-kichkina). Hajmni idrok etish proporsional munosabatlami o‘z ichiga oladi va ko‘rish ham da his etish kabi tekshirishlarni talab qiladi. Bun­ da qurish ko‘rsatgichlari harakatli yoilar bilan tekshirilib borili- shi kerak — bir qismni boshqasidan farqlash orqali. Voqelikdagi munosabatlar (prostranstvennoe otnosheniye)ni idrok etish tas­ viriy maqsadi bilan birgalikda juda qiyin masaladir. U katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida o‘tiladi va idrok etish jarayo- ni rasm chizish bilan birgalikda o‘tilsa, oson o‘zlashtiriladi. Shun­ day ishning qiziq tadqiqotini L.A.Rayeva «Bolalar bog‘chasining katta guruhlarida mazmunli rasm chizish» kitobida yozgan. Rang- ni idrok etish bolaga katta emotsional ta’sir etadi. Shuning uchun har doim uni alohida ajratib ko‘rsatish kerak. Bolalar predmetning ham m a xususiyatlarini ko‘rib chiqib boiganlaridan keyingina ular-
80
ning diqqatini rangga qaratish kerak. Bolalar bilan tekshirishlarni o‘tkazish metodikasi ko‘pgina shartlar bilan bog‘liq. Awalo, bola­ larning egallagan malakalari bilan egallab olmagan, notanisb idrok etish usullari o‘rtasida bogiiqlik bo‘lishi lozim.
Birinchi bor tanishuv har doim yuzaki bo‘ladi. U o‘ziga predmet va uni o‘rab turgan m uhit haqida umumiy tasawurlarini hosil qi- lishni kiritadi. Birinchi bor tanishuvda tor maqsadni qo'yish m um ­ kin emas. Idrok etish keng boiishi, turli munosabat va bogiiqlikni kiritish kerak. Dastlabki tekshiruvlar ba’zida juda yorqin, lekin tas­ virlash uchun yetarli boim agan umumiy tasaw urlam i hosil qila- dilar. Takroriy tekshiruvlar natijasida idrok etish yetarlicha yorqin, aniq boiishi mumkin. Takrorlanish idrok etishni, esda olib qolish- ni va esga tushirishni murakkablashtiradi.
Idrok etishda eng kerakli b o iib qolgan estetik hislarning kiri- tilishi ham m uhim hisoblanadi. Chunki estetik hisning rivojla- nishi ham mashq qilishni talab qiladi. M asalan, daraxtlarning tasviridan oldin bolalar daraxtlar, gullar, o ‘tlarni ko‘rishlari, ulardan zavq olishlari kerak. Bolalar diqqatini soya joylarga va daraxt barglarida quyosh nurlarining o ‘yiniga qaratish kerak. B o­ lalar oldida ancha tor maqsad qo‘yilgan vaqtda, qayta kelish vaqtida daraxtlarning tuzilishi bilan tanishtirish, ularni ko‘zdan kechirayotganda qanchalik chiroyliligini, yashil fonda uning oppoq asosi yaqqol ajrab turganiga qaratish kerak. Shu vaqtda she’riy m isralardan misollar keltirib o‘tish ham yaxshi natijalar beradi.
Idrok etishni umumlashtirishda unga bolalarning turli anali- zatorlar bilan birgalikdagi faol faoliyatlarini kiritish katta aham i­ yatga ega, gullab yotgan qirni idrok etishda uzoqdan uni ko‘rish yetarli emas. Bolalar qirda yugurishlari, gullar uzishlari, ulam i hid- lab ko‘rishlari, guldasta yasashlari, ashula aytishlari lozim. Bular- ning hammasi mashg‘ulot davomida hisobga olinadi. Kuzatishlar- ni o‘tishda tarbiyachining so‘zi va bolalarning roli katta aham i­ yatga ega. H ar qanday tushuntirish, savol, ko‘rsatma, bolani fikr- lashga majbur qilish kerak. Idrok etishning aniqlashuviga, uning emotsionalliligiga estetik fikrlashni kengaytiradigan taqqoslash- lar yordam beradigan badiiy obrazlardan foydalanish muhimdir. Tarbiyachi so'zining o‘m i va roli bolalarning yoshiga bogiiqdir. Diqqati tarqoq boiadigan kichik yoshda idrok etish momenti bi-
81
Ian so‘z birgalikda kelish kerak. Katta yoshda tarbiyachi bolalarga kuzatilayotgan obyektga o‘zlari xarakteristika berishlariga imkon beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga atrofdagi hayot- ni va predmetlarni kuzatish vaqtida hayajon tez vujudga keladi. Bu hayajonda endi yuzaga kelayotgan estetik tuyg‘u rivojlanib bora­ di. Bolalardagi estetik tuyg'ular yosh o‘tgan sari ancha chuqurroq va anglaganroq bo‘ladi. Bevosita estetik tuyg‘u chiroyli predmetni idrok etishda yuzaga keladi va turli tashkiliy elementlarni o‘z ichi- ga qamrab oladi. Shunday usul bilan rang hissini estetik tuyg‘uning chiroyli ranglar birlashmasini idrok etishdan kelib chiqishini: to‘q osmonni yorqin yulduzlar, to ‘q palto va yorqin qalpoqchani ajra- tish mumkin.
Ritm hissi predmetning ritmik kelishganligi, qismlarning rit- mik joylashuvini, masalan, daraxtning shoxlarini idrok etilayotgan vaqtda kelib chiqadi.
Proporsiya hissi, konstruktiv butunlik turli qurilishlami idrok etish orqali kelib chiqadi.
Bola qanchalik atrofni bilib idrok eta olsa, uning estetik tuyg‘usi shunchalik chuqur, murakkab bo‘lib boradi. Asta-sekin bolalar elementar estetik fikrlash qobiliyatini egallab boradilar. Ularda estetik tuyg‘ularning rivojlanishi predmetning va uning xususiyat- larini estetik tom ondan baholay olishlariga olib keladi. Sekinlik bi­ lan bolalarda estetik did rivojlanib boradi.

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin