Mashg‘ulot tahlili.
Mashg‘ulot mazmuni mazkur yosh guruhi dasturiga, yil fasliga, bolalarning tasviriy imkoniyatlariga muvofiq keladimi?
Yangi narsalar va bolalarga tanish narsalar o‘rtasidagi muvofiq- likning oldingi o ‘tgan mashg'ulotlar bilan aloqasi. Emotsional- ijodiy o‘quv yuklamasi, mashg‘ulot mazmunining tarbiyaviy va bi- lish ahamiyati.
Mashg‘ulotning tashkil etilishini, materiallar va ko‘rgazmali qurollarning sifatini, bolalar ham da tarbiyachilarning tayyorgar- liklari (ish usullarini ko‘rsata bilish)ni baholash. Navbatchilarning mashg‘ulotga tayyorlanishdagi roli, navbatchilar ishining o‘z-o‘zi- ga xizmat ko'rsatish bilan biriktirilishi.
Tarbiyachi tushuntirishlarining to‘g‘riligi va tushunarliligi. O lqi- tishning mashg‘ulot turlarida foydalanilgan usullarining muvofiq- ligi (masalan, dekorativ rasm solishda, grafik tasvir ko‘rinishidagi nam unadan, predm et-naturani tahlil qilish, uning tasviriy usulla rini ko‘rsatish va boshqalardan foydalaniladi) dastur vazifalarining xarakteriga (yangi yoki takrorlanayotgan mazmun), bolalarning yoshiga (masalan, kichik guruh bolalarini o ‘qitishda yetakchi usul bu ko‘rsatish, katta guruhlarda esa o‘qitishning ko‘rgazmali usullari bilan birga, aniq og‘zaki yo‘llanmalar, ishni qaysi usulda va qanday izchillikda bajarish lozimligini mustaqil aniqlash topshiriqlari katta ahamiyat kasb etadi) bog‘liq.
Mashg‘ulotning bosqichlar bo‘yicha umumiy davomiyligi, agar shunday bo‘lgan bo‘lsa, kechikishning sabablari.
Bolalarning mashg‘ulotda o‘zini tutishi: uyushganlik, intizo- miylik, qiziqish, ularda vaqt, ish tempi hissiyotining mavjudligi.
Bolalarning ishlarini ko‘rib chiqish: olingan ko‘rsatmalarga m u vofiq ishlay bilish, texnik va tasviriy ko‘nikma ham da malakalar, qo‘yilgan vazifani hal etishga ijodiy yondoshish, ishning puxta yoki naridan beri bajarilganligi.
61
Mudira tarbiyachi bilan birga, har bir bolaning mazkur mash- g'ulotda bajargan ishini ko‘rib cliiqadi va tahlil qiladi. Ayrim hol- larda (ishning sifati ko‘pchilik bolalarnikidan past boMsa) bola ning oldingi mashg‘ulotlarda bajargan ishlari ko‘rib chiqiladi. Bu o'rinda quyidagilar qayd etiladi:
Ishning taklif etilgan mavzu va ko‘rsatmalarga muvofiq kelish-kelmasligi, bola o‘z ishini tugatgan-tugatmaganligi.
Tasvirlangan va asl predmet (natura, namuna) o‘rtasida o ‘xshashlikning bor-yo‘qligi.
Predmetning qaysi belgilari: xarakterli yo kam ahamiyatli yoki har ikkalasi ham tasvirlanganligi.
Predmetning tuzilishi (qismlarining joylanishi) to‘g‘ri berilgan-berilmaganligi.
Predmet qismlarining lozim joylaridagi farqlari berilgan- berilmaganligi. Bola predmetning rangini realistik bera olgan yoki bera olmaganligi. Bolaning kuzatuvchanligi, tasawurining mahsuli haqida nimalar dalolat berayotganligi. Bolaning o ‘zi tasvirlayotgan narsaga munosabati nimalarda namoyon bo'lganligi (rasmga rang- li qilib bo‘yoq berishda, o‘lchamdan foydalanishda, obrazlar dina- mikasida).
Bolaning qog‘oz sahifalarini qanday toMdirganligi, bolada predmetlarning real va ma’naviy aloqalarga muvofiq keluvchi fa zoviy joylashuv haqida tasawurning bor-yo‘qligi (yonida, oraliqda, oldinda, orqasida, yuqorida, pastda va shu kabilar).
Bola tavsiya etilgan mavzuning mazmunini mustaqil bera ol- gan-olmaganligi (bu savolga javob berish uchun guruhdagi barcha bolalarning rasmlarini qiyoslash lozim bo‘ladi).
Texnik malaka va ko'nikmalarning sifati (predmet kontur to‘g‘ri tasvirlanganmi, rasm tartibli qilib bo‘yalganmi, bola may da detallarning tasvirida m o‘yqalamning ingichka uchidan foy- dalana oladimi yoki yo‘qmi, loy va plastilindan narsalar yasash- da predmetning shaklini to ‘g ‘ri belgilanganmi, yuza qismi tekis- langanmi, qismlar oralig‘i mustahkam qilib biriktirilganmi, g‘adir- budur elementlari yo‘qmi, predmetning konturi to‘g‘ri qirqilganmi, predmetning qismlari to‘g‘ri yelimlanganmi).
Mashg‘u!otning umumiy bahosi, ijobiy tomonlari va nuqson- lari, mazkur mashg‘ulotning metodikasiga qanday o‘zgarishlar ki- ritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
62
IV. 5. TASVIRIY FAOLIYAT M ASHG‘ULOTLARI UCHUN MATERIALLAR VA USKUNALAR
Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari pedagogik o‘ylangan moddiy ji- hozlanishni: maxsus uskunalar, asboblar va tasviriy materiallarim talab qiladi. Mashg‘ulot o ‘tkazish uchun sharoit yaratuvchi barcha predmetlar taxtalar, molbertlar, tagliklar va hokazolar; asboblar: tasviriy jarayonda kerak bo‘ladigan qalamlar, mo'yqalamlar, qay- chilar va boshqa narsalar: tasvir yaratishda ishlatiladigan tasviriy materiallar — jihozlash uskunalariga kiradi. M udira tarbiyachi- metodist bilan birgalikda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini muvaf- faqiyatli o'tkazish va bolalar ijodiyotini o‘stirish uchun olingan barcha kerakli narsalarini ko‘rib chiqadi, material hamda uskuna- lardan qanday foydalani-layotganligini, bolalarda ularga nisbatan ehtiyotkorona munosabat tarbiyalanayotganligini tekshirib chiqa di. Tasviriy faoliyatning har xil turlari turlicha jihozlanadi.
Rasm — predmetli, mazmunli, dekorativ, o‘ylangan fikr bo‘- yicha solish mashg‘alotlari uchun lenolium qoplangan doskalar (devorga va polga qo‘yiladigan); bolalar chizgan rasmlarni namo- yish qilish uchun uchta reykali doskalar; natura uchun taglik; stolga qo‘yiladigan doskalar — yig‘ma molbertlar (katta guruhlar uchun) va boshqalar kerak bo‘ladi.
Guruhda seksiyalardan biriga lenolium, ikkinchisiga flanel qo plangan, uchunchisiga esa reyka qoqilgan, uch seksiyali, kombi- natsiya qilingan, devorga o‘rnatiladigan doskaning bo‘lishi maqsad ga muvofiqdir. Bolalarning ko‘rish faoliyatini saqlash maqsadida katta guruhlarda sathi qiya turadigan individual taxtalardan foy dalanish maqbuldir, chunki bunday taxtalar nurning ko‘zga bur- chak ostida emas, balki perpendikulyar yo‘nalishda tushishini ta’minlaydi.
Qalamlar. Rasm solish uchun bolalarga rangli qalamlar to ‘plami kerak: kichik guruhda beshta qalamdan (qizil, ko‘k, yashil, sariq va qora); o‘rta guruhda-oltita qalamdan (qizil, ko‘k, yashil, sariq, qora va jigarrang) foydalaniladi; katta guruhlarda yuqorida ay- tilganlardan tashqari, qizg‘ish, binafsha rang, to‘q qizil, pusliti zangori, och yashil ranglar qo‘shiladi. Kichik guruhlarda qalam lar dumaloq bo‘lishi kerak. Katta guruhlarning bolalariga yutushoq grafitli qalamlar («Shkolnoe», «Iskusstvo» № 1 ,2 ) tavsiya qilinadi
63
Qalamni ishlatishga tayyorlashda yog‘och qatlami 25—30 mm oli- nib, grafiti 8—10 mm ochiladi (rangli qalamlarning yog‘ochi kam- roq olinishi kerak, chunki ularning o‘zaklari yo‘g‘onroq, qattiqroq bosganda uvalanib, sinib ketadi).
M o‘yqaIamlar. Bo‘yoq bilan rasm chizish uchun tuki yumshoq va elastik bo‘qirsoq, olmaxon va shu kabilarning qilidan qilingan dumaloq m o‘yqalamlar kerak. M o‘yqalamlar nomerlariga ko‘ra farqlanadi: 1—8 ingichka, 8—16 yo‘g‘on. Kichik guruh bolalari- ga 12—14 nomerli m o‘yqalamlarni berish tavsiya qilinadi. Bun day m o‘yqaIam qog‘ozga bosilganda yorqin, yaxshi seziladigan iz qoldiradi, predmetning shaklini berishni osonlashtiradi. 0 ‘rta va kat ta guruhlar bolalariga ham ingichka, ham yo‘g‘on m o‘yqalamlarni berish mumkin.
Bolalarning m o‘yqalamlardan foydalanishlari kuzatilar ekan, eng aw alo, ular uni to ‘g‘ri ushlashni bilishlariga, tarbiyachi buni eslatishi va ko‘rsatishiga: mashg‘ulot vaqtida va tugugandan so‘ng bolalar m o‘yqalamni taglikka qo‘yishlariga (tarbiyachi tagliklarni qalin kartondan yoki uzunasiga ikkiga qirqilgan g‘altakdan tay- yorlashi mumkin) e’tibor berish kerak. Bolalarga m o‘yqalamni suvli bankada qoldirishga ruxsat bermaslik kerak, bunday qilingan- da uning tuki egiladi, har tomonga tarqab, shaklini yo‘qotadi. Agar tukli m o‘yqalamlarga tejamkorlik bilan munosabatda bo'linsa, ular uzoq muddat xizmat qiladi. Mashg‘ulot uchun bo‘yoq tayyorlashda uni m o‘yqalam bilan aralashtirmaslik kerak, buni cho‘p bilan qilish ancha qulay. Akvarel bo‘yog‘i bilan rasm solishda m o‘yqalamning tuklari yelpig‘ich singari tarqab ketmasligi uchun uillti bosmasdan, bo‘yoq yengil yarim aylana harakat bilan olinadi. Ish tugagandan keyin, bo‘yoq qurib qolmasdanoq, m o‘yqaIam yaxshilab yuvila- di. M o‘yqalamlarning m o‘yini stakanda yuqoriga qilib saqlash tav siya qilindi. M udira mashg‘ulot boshlanishidan oldin, qog‘oz qan day tayyorlanganligini ko‘radi. Rasm solish uchun anchagina qalin, bir oz g‘adir-budur qog‘oz (yaxshisi, yarim vatman) kerak. Qalin yozuv qog‘ozi uning o‘rnini bosishi mumkin. Rasm solish uchun ustiga qalam deyarli iz qoldirmay, sirpanadigan, yaltiroq va qalam kuchliroq bosilganda yirtilib ketadigan yupqa qog‘ozlar yaramay- di. Ish vaqtida qog‘oz qimirlamay, bir tekis turishi kerak (bolalar qog‘oz holatini o‘zgartirishlari mumkin bo‘lgan manzarali rasmlar solish bundan mustasno).
64
Kichik guruh bolalariga rasm solish uchun yozuv qog‘ozi kat- taligidagi qog‘ozni berish tavsiya qilinadi u bolakay qoMini yoz- gandagi kenglikka muvofiq keladi. 0 ‘rta va katta guruh bolalariga alohida predmetlaming tasvirlari uchun yozuv qog‘ozining yarmini (butun qog‘ozdan ham foydalanish mumkin) berish tavsiya qili nadi: mazmunli rasmlar uchun kattaroq shakldagi qog'ozni berish kerak. Rasm solish uchun qog‘oz tayyorlar ekan, tarbiyachi tas- virlanadigan predmetning tuzilishini va o‘lchamini hisobga olishi kerak.
Guash bo‘yoqlar bilan rasm solishda to‘yingan va yumshoq tondagi rangli qog‘ozlardan foydalaniladi. Katta guruh bolalari kerakli rangdagi qog‘ozlarini mustaqil tayyorlay oladilar (qog‘ozga tus berishda guash va akvarel bo‘yoqlardan hamda yo‘g‘on, yum shoq m o‘yqalamlardan foydalanadilar: o‘lchami unchalik katta bo‘lmagan yassi bo‘yoq m o‘yqalamlari —fleytslar qulaydir. Bo‘yoq oldin gorizontaliga, so‘ngra uning ustidan vertikaliga beriladi).
Bo‘yoqlar. Rasm solishda suvli bo‘yoqning ikki turi —guash va akvareldan foydalaniladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun pastasimon, shaffof bo‘lmagan bo‘yoqlar —guash qulaydir.
Bo‘yoqni m o‘yqalamda turadigan, undan tomib tushmaydigan, suyuqroq qaymoq quyuqligidek qilib aralashtirilishi kerak. Bo‘- yoqlarni bolalar rangni ko‘rib turishlari uchun qirralari past shaffof bankachalarga quygan m a’qul.
Yopiq qopqoqchali polietilen bankachalardagi guash bo‘yoq- Iaridan foydalanish qulay: tarbiyachilar bo'yoqni ularning o ‘zida tayyorlaydilar va mashg‘ulotdan so‘ng ularni boshqa narsaga qo‘y- may qoldiraveradilar. Bunda bo‘yoq tejam bilan sarflanadi va uni tayyorlashga ko‘p vaqt ketmaydi. Tarbiyachi bo‘yoqning ke rakli rangini chiqarishni bilishi kerak. Akvarel bo‘yoqlar katta va maktabga tayyorlov guruhlari bolalariga tavsiya qilinadi. Akvarel bo‘yoqlarining farqlovchi xususiyati, bularning kukun qilib may- dalangan pigment va ko‘p miqdordagi yopishtiruvchi moddalar- dan (bog‘lovchi sifatida) iboratligidir. Kukun qilib foydalanganli- gi tufayli akvarel bo‘yoqlar o‘zlarining asosiy fazilatlari — shafTof- lik kasb etadilar. Hozirgi kunda akvarel har xil ko‘rinishda: qattiq
— plita shaklida, yarim yumshoq-chinni shaklchalarda va yumslioq tubikchalarda ishlab chiqarilmoqda. Maktabgacha ta’lim muassa sasi sharoitlarida yarim yumshoq (shaklchalardagi) akvareldan loy
65
dalanish m a’qulroq. Bolalarning akvarel bo‘yoqlaridan xuddi guash bo‘yoqlari bilan rasm solganidek foydalanishlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bolalar akvarel bo‘yoqlari bilan rasm solar ekanlar, predmetlar konturini oldin qog‘ozga oddiy qalam bilan tushiradi- lar. Mashg‘ulotlar va bolalarning mustaqil badiiy va ijodiy faoliyat- lari uchun pastel —turli rangdagi yo‘g‘on steijenchalar tavsiya eti ladi. Pastel to ‘plamida har biri bir nechta tusga ega bo‘lgan beshta rang bo‘ladi, buning o‘zi ish uchun tayyor palitradir. Pastel qattiq, yumshoq va o‘rtacha turlarga bo‘linadi. Bolalar uchun yumshoq pastel tavsiya etiladi. Bu bo‘yoq ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni talab etadi, chunki u oson uvalanadi, sinadi. Shuning uc hun pastel sterjenining har birini zar qog‘ozga o‘rash kerak bo‘ladi. Rangli mum bo‘rlar sterjen ko‘rinishida 12 tadan 36 tagacha rang- da to ‘plam qilib sotiladi. Uning bilan ham xuddi pastel singari rasm solinadi. Rangli mum bo‘rlarning afzalligi shundaki, ular bi lan qalam chizig'i qalinligidagi chiziqni chizish mumkin. Shuning uchun mum bo‘rlar bilan rasm chizishda oddiy qalamdan fiSydala- nilmaydi. Rangli bo‘rlardan mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarda tax- ta (doska)ga rasm chizishda foydalaniladi. 0 ‘chirish uchun ikki- ta — qum q va ozgina namlangan latta kerak: qunig‘i bilan xato- lar yo‘qotiladi, rasmga bo‘r changi (kukuni) tushurilib, ayrim joy- lari xiralashtiriladi: ho‘li bilan eng to ‘q joylari oqartiriladi, oxirida esa rasm doskadan o‘chiriladi. Rasm solishga m o‘ljallangan ko‘mir uzunligi 10—12 sm va diametri 5—8 mm bo‘lgan yirik sterjendan ib- orat bo‘ladi. U yumshoq, sinuvchan, uqalanuvchan material bo‘l- ganligi uchun zar qog‘ozga o‘ralishi kerak. Ko‘mir to‘q, xira-qo- ra iz qoldiradi. Ko‘mir bilan ishlashda uning changini saqlab qo- ladigan tukli qog‘ozlar —gulqog‘oz, o‘rash uchun ishlatiladigan va rasm solish qog‘ozlari ishlatiladi. Agar ko‘mir bilan ishlangan rasm ustidan paxta tamponni ozgina ho‘llab, rasm solingan qog‘oz sathi- dan vertikaliga yengil surib chiqilsa, bo‘yoq yanada mustahkamla- nadi.
Loy va plastilindan narsalar yasash uchun maxsus uskuna lar: aylanadigan doirali dastgoh (katta guruhlar uchun), suv soli- nadigan idishlar, latta; bolalar yasagan narsalarni bo‘yash uchun
— gruntovka; bundan tashqari, bo‘yashda ishlatiladigan maxsus bo‘yoqlar — angoblar kerak bo‘ladi. Bolalar ishlagan haykalta roshlik mahsulotlarini pishirish. uchun mufel pechkaning bo'lishi
66
maqsadga muvofiqdir. Bunday pechkani o ‘quv kollektorlaridau topish mumkin.
N atura yoki nam unani namoyish qilish uchun natura uchun m o‘ljallangan tagliklardan foydalansa bo‘ladi. Karkaslar — tur li uzunlik va kenglikdagi oddiy taxtalar ham uskunalarga kiritila- di. Karkaslardan foydalanish bolalarga jonivorlar oyoqlarining mu- kammalroq tasvirida va ularning figuralarini barqaror hamda dina- rnikroq qilishga imkon beradi.
Narsalar yasash mashg‘ulotlari uchun plastik materiallar —loy, plastilin kerak boiadi, bunda asosiy yasash uchun eng maqbul material, bu loydir. Kichik guruhlarda faqat loydan foydalaniladi, chunki bu yoshdagi bolalar plastilindan narsa yasashda qiynaladi- lar. 0 ‘rta guruhda ham bolalar asosan loydan narsalar yasaydilar. Rangli plastilindan katta guruhlarda mazmunli narsalar yasashda foydalaniladi.
Narsalar yasash uchun loy qanday tayyorlanadi?
Turli joylardan olingan loy rangi bilan farqlanadi; u sarg‘ish, ji- garrang, qizg'ish, kulrang, oq, yashil-ko‘kish, qo‘ng‘ir rang bo‘lishi mumkin. Loy, uning tarkibida qum kam bo‘lsa, kuchli boiadi, qum aralashmasi uni sochiluvchan qiladi. Loyni bevosita yerning o'zidan tanlash mumkin. Kuchli loyning yaxshi qatlamlari daryo va ariqlarning yaqinida uchraydi. Shuning uchun shahar bog‘chalari uchun loyni yozda dala hovliga chiqqan vaqtlarda g‘amlab kelish kerak.
Plastilin — loy, mum, yog‘, bo‘yoq va boshqa qo‘shilmalardan tayyorlangan sun’iy plastik massa. U yumshoq va qayishqoq, u uzoq qotmaydi, ammo tem peratura oshganda yumshaydi va eriy- di. N arsalar yasashda plastilinni qo‘lda uzoq muddat ezish tavsiya qilinadi. Plastilin bilan ishlashdan oldin uni qutisi bilan issiqroq joyga yaq'in qo‘yib, biroz isitiladi. Katta guaihlar tarbiyalanuvchi- larida plastilinning individual tayyor to ‘plamlari bo‘lishi kerak. Ular plastilinning holatini o ‘zlari nazorat qilib, qolgan plastilinni rangiga ko‘ra joylab qo‘yadilar.
Applikatsiya mashg‘ulotlari uchun tayyor shakl, qog‘oz, qiyqim- lar uchun patnis va yuza qutilar; kleyonka; shakllarga yelim su- rish uchun plastmassa taxtachalar (20x 15 sm): latta, shirach uchun chetlari past quticha; m o‘yqalamlar uchun taglik; dag‘al jundan tayyorlangan m o‘yqalamlar; to ‘mtoq uchli qaychilar; (richagining
67
uzunligi 18 sm) kerak boiadi. Applikatsiya ishlarida har xil nav- li oq va rangli qog‘ozlardan foydalaniladi. Fon uchun oq qalin qog‘oz: rasm albomlarning varaqlari yoki stolga solinadigan rangil qog‘oz yo bo‘lmasa, yupqa karton ishlatiladi. Predmetning qismlari yupqa qog‘ozdan, yaxshisi yaltiroq qog‘ozdan qirqilgani ma’qul; uning rangi yorqin, ushlaganda qo‘lga xush yoqadi. Maktabgacha katta yoshdagilar har xil rang va tusdagi jilosiz rangli qog‘ozlatfdan ham foydalanadilar. Katta guruhlarda har bir bola uchun turli rang va tusdagi qog'ozlar naboriga ega bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Tasviriy faoliyatga m o‘ljallangan barcha materiallar turlarga ajratil- gan va m a’lum tartib bilan har qaysisi joy-joyiga qo‘yilgari bo‘lishi kerak. Qaychilar qutichada saqlanadi. Foydalanib bo'lgandan keyin bo‘yoqlar bankalarga qayta quyiladi (bankalarning og'zini bo‘yoq qurib qolmasligi uchun mahkam qilib berkitish kerak). Bankalar- dagi guash bo‘yoqlari ustiga suv quyish lozim. Qog‘oz dasta qilib taxlanib saqlanadi. Rangli qog‘ozlarni kichikroq bo‘laklarga qir qib, press ostiga qo‘yish mumkin (keyin katta guruhlarda ular indi vidual konvertlarga solinadi). Tartibli joylashtirilgan material kam joyni egallaydi, yaxshi saqlanadi, ulardan foydalanish ham qulay bo‘ladi.
V BOB. M ASHG‘ULOTDAN TASHQARI VAQTLARDA TASVIRIY FAOLIYAT
Bolalarning badiiy jihatdan tarbiya olishi faqatgina mashg‘ulot jarayonida emas, balki kundalik hayotda yuzaga keladi. Bu o ‘rinda bolaning o‘z faolligi jarayonida yuzaga keluvchi mustaqil tasviriy faoliyat muhim rol o‘ynaydi. U bu jarayonda mashg‘ulotlarda ol gan badiiy tajribasidan foydalanadi. Mashg‘ulotdan tashqari vaqt- larda bolada o‘zi sevgan mavzularga tasviriy faoliyatning biror bir turlariga nisbatan layoqat yoki xohish seziladi. Bunga bolalarning o‘z ixtiyorlari, xohishlari bo'yicha ishlagan loy, applikatsiya, rasm va qurish yasash ishlari misol bo‘ladi. Shuningdek, tasviriy san’at va uning turlari, musiqa, adabiyot, bolalar mustaqil tasviriy fao- liyatining asosiy sababchisi hisoblanib, bolalarning kechinmalarini boyitadi. Teatr, kino, sirk yoki televizion eshittirishlarni ko'rish bolalarda obrazlarni ifodali, mazmundor bo‘lishini yanada oshi-
68
radi. Bolalarda tasviriy faoliyat bilan o‘zlari shug‘ullanislilaii ja rayonida ularda chizish, yopishtirish, loydan yoki qurilish m ate riallaridan o‘yinchoqlar yasashga nisbatan xohish uyg‘onadi. Ular o ‘z o‘yinchoqlarini o ‘rtoqlariga, tarbiyachisiga 8- martga o‘z bu- vilari, onalari uchun sovg‘alar tayyorlab, ularga hadya qiladilar. Ba’zida bolalar zalni, guruh xonasini bezatish uchun o‘yinchoq- lar yasaydilar yoki mashg‘ulotlar uchun ko‘rgazma materiallari tayyorlaydilar. Masalan, sanash uchun shablonlar, solib qo‘yish uchun qutilar va hokazo. Bolalar guruhda yoki o ‘rtoqlarida pay- do bo‘lgan yangi narsalar bilan qiziqib, uni chizishga yoki app likatsiya qilishlari mumkin. Masalan, birorta bola bog‘chaga yan gi qo‘lqopda keladi, bolalarga u yoqib qoldi va bolalar uni tasvir- lashga o ‘tishlari mumkin. Bolalar albatta, o‘zlariga yaqin bo‘lgan narsalarni chizadilar. M asalan, shimolda yashovchi bug‘uni, 0 ‘rta Osiyoda esa to g iar, qumliklar va tuyalarni tasvirlaydi. Bolalar, ayniqsa, ko‘proq dekorativ va ertak hikoya asosida rasm chizadi lar. Qizil gilam va naqshlarni chizadilar, qo‘g‘irchoqni bezaydilar. Tayyorlov guruhida esa ko‘proq bolalarning naturaga qarab gullar, vazalar chizishlarini kuzatish mumkin. Shuningdek, guruh xonasi ni, zalni bezatish uchun dekorativ bezaklar chizadilar. Bu jara- yonda bolalar, asosan, akvarel, guash, rangli bo‘rlar, ko‘mirli tay- oqchalardan foydalanadilar. Bolalar bo‘sh vaqtlarida loydan, plas tilindan narsalar yasashni yaxshi ko‘radilar. U lar odamlar, hay- vonlar, ertak qahram onlarini loydan yasaydilar. Ayniqsa, jam oa bo‘lib narsalar yasash katta o ‘rin tutadi. Bolalar guruhlarga bir- lashib, mavzular asosida o ‘yinchoqlar yasaydilar. Masalan, «Mazay bobo va quyonlar», turli idish-tovoqlar. Bolalar geometrik shakl- larni qirqib yopishtiradilar, qor parchalari, qog‘ozdan qirqilgan qo‘g‘irchoqlar uchun ko‘ylaldar va hokazo. Bolalar jam oa bo‘lib applikatsiya ishlarini bajaradilar. Masalan, qo‘g‘irchoq uchun gi- lamcha, bolalar ishlarining mazmuni, maktabgacha ta’lim muas- sasasi hayotidan yoki yaqin ularni o‘rab turgan hayotdan, atrof- dan olishi mumkin. Qurish yasashda esa bolalar katta va mayda qurilish detallaridan foydalanadilar, garaj, uylar, paroxodlar qura dilar. Qog‘ozdan archa uchun, guruh xonasi uchun o ‘yinchoqlar yasaladi. Tabiat materiallaridan, gugurt cho‘pi, plastilin yordami- da, qayiqchalar yasaydilar. Kuzda turli-tum an barglardan pirami da yoki shapkachalar yasaydilar. Mashg‘ulotdan tashqari, bola
69
lar kitoblardagi rangli rasmlarni rasmli albomchalarni tom o- sha qiladilar. Bu esa bolalarning badiiy didlarini, idrok qilishla- rini o‘stiradi. Rangli shaklni sezishni o‘stirish maqsadida didaqtik o ‘yinlar uyushtiriladi. Shuningdek, bolalar mustaqil tasviriy faoli yat bilan bino ichida ochiq havoda ham shug‘ullaffishlari mumkin. Buning uchun bolalarga, masalan, asfaltda chizish uchun rang li bo‘rlar, loydan yoki qumdan turli xil figuralar yasash, toshlarni terib, turli ko‘rinishlarni hosil qilish, somondan turli xil narsalar yasashlarini, qishda esa qordan turli narsalar yasab, ularni rangli muzchalar biln bezatishni taklif etish mumkin. Shuningdek, bola larning mustaqil tasviriy faoliyatlari o‘zaro, ya’ni rasm, loy, appli katsiya, qurish yasash bilan chambarchas bog‘liqdir.
Bolalarning bu faoliyatlari ularni tashkil etadigan roli o‘yinlar bilan ham bog‘liqdir. Yirik qurilish detallaridan jamoa fermasi, kino, do‘kon quradilar, bu o ‘yin uchun loydan sabzavot va mevalar yasaydilar. H ar bir bola mustaqil tasviriy faoliyat jarayonida tar biyachi oldiga kelib, o‘ziga kerakli zarur narsani so‘rab olishi, tu shuntirib berishi va u bilan nima ish qilmoqchi ekanligi haqi da so‘zlab berishi mumkin. Bu jarayonda bolalar o‘z oldiga aniq maqsad qo‘yib, uni bajarish usullarini, yo‘llarini o'zlari mustaqil axtarib topishga harakat qiladilar.
Bolalarning faolligi jarayonida vujudga keluvchi mustaqil tas viriy faoliyati tarbiyachining shu ishga rahbarlik qilishida biroz qi- yinchilik tug‘diradi. Chunki tarbiyachi to‘g‘ridan to ‘g‘ri rahbarlik qilmay, balki ikkinchi darajali holatni egallaydi. Bola tevarak-atrof haqidagi taassurotlarini mustaqil ravishda tasvirlash uchun ular tas- virning vositalaridan keng va erkin foydalanishni bilishlari lozim. Bu esa mashg‘ulotlar jarayonida tarbiyachi tom ondan berilib, bo lalar tom ondan egallangan bilim va malakalar hamda taassurot- larning ko‘payib, boyib borishi bilan belgilanadi. Masalan, natura- ga qarab gul rasmini chizgach, bolalar bilan gulzordagi gullarni yoki uchastkadagi gullarni, rasmlardagi turli gullarni ko‘rib chiqish lozim. Shundagina bolalar o‘z mustaqil faoliyatlarini gullardan chi- royli guldastalar va dekorativ kompozitsiyalar tuza oladilar.
Tarbiyachi bolalarga ular nimalaming tasvirini xohlashsa, o‘sha predmetlarni ko‘rib, kuzatib chiqishni taklif etadi. Agarda bola sa- molyot, mashina chizmoqchi bo‘lsa, tarbiyachi undan chizishni bi- lasanmi, deb so‘rashi va yordam sifatida bolalarga transport turlari-
70
ning rangli rasmini ko‘rib chiqishini va bunda ulaming har bir o'/.iga xos xususiyatlariga bola diqqatini tortishi lozim. Bolalar diqqati ni ko‘proq uncha murakkab bo‘lmagan dekorativ kompozitsiyalar tortadi. Masalan, gilamcha, salfetka va hokazo. Shuning uchun tarbiyachi bolalar ishini boyitish maqsadida, mashg‘ulotlardan tashqari tasviriy faoliyat jarayonida bolalarga dekorativ naqshlar- ni ko‘rib chiqish uchun tavsiya etishi mumkin. Masalan, Dimkov naqshlari. Agarda bolalar mashg‘ulotdan tashqari mazmunli kom- pozitsiya tasvirlamoqchi bo‘lsalar, tarbiyachi qog‘oz varag‘idan predm etlar qanday yasalishi, ish tartibini eslatib o‘tishi zarur. Bo lalar bo‘sh vaqtlarida o‘zlari sevgan ranglar bilan bo'yoqda, qalam- da shug‘ullanishni sevadilar, tarbiyachi materialning xillarini ran- go-rang qilib, bolalarning bu qiziqishlarini, xohishlarini o ‘stirishi lozim. Bolalarga chizayotgan ishlarni toza, chiroyli qilib baja- rishlarini eslatib borishi lozim. Tarbiyachi bolalarning bu ishlarida ularga maslahatgo‘y bo‘lishi kerak. U bola qanday qilish lozimli- gini aytmaydi, balki bola bilan ishning borishini tahlil qilib, bolaga ishning sifatli bo‘lishi uchun yordam beradi.
Mustaqil tasviriy faoliyat jarayonida faollik yoki xohish, bolalar
tom ondan kelib chiqishi kerak. Agarda tarbiyachi bu jarayon davo mida kichik va o‘rta guruh bolalariga ko‘proq maslahat berib, faol- ligini oshirsa, katta tayyorlov guruhlarida bolalarga ko‘proq mus- taqillik berishlari lozim. Tasviriy faoliyatida bolalar faolligi asosida do‘stona munosabatlar tarkib topadi, bolalar bir-birlariga masla- hatlar beradi, yordam beradi, ya’ni jam oa bo‘lib ijod qilish o‘sadi. Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun materiallar yetarli darajada bo‘lishi, loy yetarli va qulay boTishi, materiallarni saqlash uchun joylashgan jovonlar bolalar olishi uchun qulay boMishi, tasviriy san’at asarlari, shuningdek, dekorativ san’at namunalari, naqshlar, xoxloma va Dimkov o‘yinchoqlari bo‘lishi zarur. Bular tasviriy faoliyat burchagini bezashi mumkin. Shuningdek, tasviriy faoliyat zonasida doska boMishi lozim, chun- ki bolalar unga rangli bo‘rlar bilan rasmlar chizadilar. Turli-tu- m an materiallarning boMishi, bolalar mustaqil tasviriy faoliyatlari- ni yana ham boyitadi. Tasviriy faoliyat burchagidagi materiallarni tarbiyachi vaqti-vaqti bilan almashtirib, toMdirib boradi. Illustra- tiv rasmlar to ‘plami bo‘yicha xoxloma, dimkovo o'yinchoqlari stol ustiga terib joylashtiriladi. Bolalar ularni ko‘rib chiqadilar. Bola-
71
lar o‘yin jarayonida rasm chizishdan tashqari, loydan o‘yinchoqlar yasashni yaxshi ko‘radilar. Qurilish materialardan bolalar keng foy- dalanib, o‘yinlar tashkil qiladilar. Ammo tarbiyachi oldindan quri lish burchagini tashkil etish to ‘g‘risida o‘ylab ko‘rishi kerak. Bu burchakda tarbiyachi yirik va mayda qurilish detallarini plastmas- sa, rezinadan qilingan o ‘yinchoqlarni, odam va hayvon obrazlari- ni, transport, o‘simliklarni tasvirlovchi mayda o‘yinchoqlami ham joylashtiradi. Katta va tayyorlov guruh qurilish burchagiga quril malar tasviri aks ettirilgan albomlar, fotosuratlarni ham joylashti rish lozim. Albomda yig‘ilgan fotosuratlar turli-tum an binolarning ko‘rinishini tasvirlash mumkin. Masalan, ko‘prik, transport, bino- lar kabi.
Bolalar qurilmalar qurish jarayonida o ‘z qurilmalarini boshqat- dan ko‘rib, o ‘zgartirib, turli xil detallar bilan boradilar, shuning uchun bolalarning juda qiziqib qurayotgan ishlari bir necha kun mobaynida saqlanishi zarur. Kichik guruhlarda esa tarbiyachi bo lalarga nimalar qurishga o‘rganganligini o‘zi eslatadi, o‘zi bolalar o‘rnida ishtirok etadi va qurilmalarni qurish jarayonida birgalikda yordamlashadi va o ‘z vaqtida maydonchaga qurilish materiallarining to'plam ini olib chiqadi, bolalar stol ustida turli xil qurilmalar qura dilar, ular bilan o'yin o‘ynaydilar. Qo‘l mehnati burchagida xil- ma-xil materiallardan karton, yelim, qog'oz, qutichalar va tabi- at materiallaridan saqlanadi. Katta yoshdagi bolalar tarbiyachining rahbarligida mashg‘ulotda olgan bilim va malakalari asosida, o ‘yin uchun kerakli o‘yinchoqlar yasaydilar. Tarbiyachi bolalarga masla- hatlar beradi, qiynalishsa, ko‘rsatib beradi. Ba’zida tarbiyachining o ‘zi o‘yinchoq yasaydi, ammo albatta bularni bu ishga jalb etadi. Masalan, qaysidir qismini yopishtirishni yoki kerakli qismlarni tan- lab olishni taklif etishi mumkin. Ba’zida tarbiyachi mashg‘ulotdan ikki-uch kun oldin, bolalar yasashi lozim bo‘lgan buyumni bolalar ishtirokida yasab, ikki-uch kun burchakda saqlashi mumkin. Tabi- at materiallari bilan ham barglar, shoxlar, o‘simlik urug‘lari, jolud- lar ishlashadi. So‘ng ularni sayr yoki ekskursiyada kuzatadi, bola lar ularni yig‘adilar va tarbiyachi ulardan qanday qilib o‘yinchoq yasash kerakligini ko‘rsatib beradi. Masalan, shishkalardan tip- ratikan, baliq va boshqalar yasaydilar. Tarbiyachi bolalardan bu materiallardan nimalar qilish mumkinligini so‘rab, ularda fanta- ziyaning faolligini o‘stirib boradi.
72
Kichik va o ‘rta guruh bolalari ham m ashg‘ulotlardan tashqari vaqtlarda rasm chizish, loydan buyum lar yasashga qiziqishi uy- g‘onib boradi. U lar turli xil sodda ko‘rinishdagi rasmlar chizish- ga va o ‘rta guruh turli xil figuralarni rangli qog‘ozdan qirqadi- lar. Tarbiyachi ularning qiziqishlarini o ‘stirib, rangli qog‘ozdan chiptalar, cheklar qirqishni tavsiya etishi mum kin. Tasviriy faoli yatga pedagogik rahbarlik qilish m ashg‘ulotdan tashqari vaqtda asta-sekin o ‘zgarib boradi. Y a’ni harakatlarni ko‘rsatib berishdan m ustaqillikka o ‘tish, m aterial tanlashda yoki o ‘z rejasini o ‘ylagan m aqsadini tasvirlashda ham. M ashg‘uIotdan tashqari vaqtda tas viriy faoliyatni ishning yordam chi shaklsiga aylantirib yuborish kerak emas. Shuningdek, tarbiyachi shuni esda tutm og‘i lozim- ki, mashg‘ulotdan tashqari tasviriy faoliyat bilan shug‘ullanish ham m a uchun majburiy emas, u bilan kim chizishini, loydan narsa yasashni, qirqishni yaxshi ko‘rgan bolalar shug‘ullanishi m um kin. Bolalar tasviriy faoliyat bilan m ashg‘ulotdan tashqari vaqtda 10—15 daqiqa davom ida shug‘ullanib, o‘z rasm larini, loy va applikatsiyani tugatishlarini yoki uni keyingi kunda ham davom ettirib, tugatishlari m um kin. Bu faoliyatga rahbarlik qi lish tarbiyachidan juda katta sezgirlikni, diqqatni va bolalarning ijodiy qobiliyatlarining o'sishi uchun sharoit yaratib berishni ta- lab etadi.
Bolalarning mustaqil tasviriy faoliyatlari burchagining jihoz-
lari va materiallari. Bolalarning mashg‘ulotlardan tashqari vaqt larda tasviriy faoliyat bilan mustaqil shug‘ullanishlari uchun sharoit yaratilgan boiishi kerak. Bu maqsadda guruh xonasining yaxshi yoritilgan va o‘yin burchagidan mumkin qadar uzoqroq biron bir joyi ajratilishi kerak. Xonaning deraza oldi ajratilishi maqsadga muvofiq, u ycrda ikki-uch stol qo‘yiladi. Agar deraza tokchalari past bo‘lsa, ularga taxtalar mustahkamlanadi, bola lar shug'ullanmayotgan paytda ularni tushirib qo‘yish mumkin. Rasm solish, narsalar yasash, applikatsiyalar uchun m o‘ljallangan buyumlar yaqin turgan javonning ochiq tokchalarida, stollar- da turishi kerak. Kichik guruhda bolalarga erkin foydalanishlari uchun faqat rangli qalamlar beriladi. Katta guruh bolalariga (ay rim cheklanishlar bilan) barcha materiallar berilishi mumkin: Loy o ‘rniga plastilin tavsiya qilinadi. Bolalar o‘z rasmlarini «Xalq er- taklari», «Odamlar mehnati», «Manzarali naqshlar», «Tabiat haqi-
73
da» va shu kabi mavzutik papkalarga joylashtiradilar. Tasviriy faoli yat «zonasida» bolalar o‘z ishlarida ijodiy foydalanadigan tabiiiy materiallar solingan quti va ko‘rgazmali qurollar bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |