Idrok deb, predmet va hodisalarning ongda, ularning bevosita ta ’siri natijasida aks etishga aytiladi. Atrof olamdagi narsa hodisa- larni idrok qilishdan bilish boshlanadi. Bilishning hamma boshqa shakllari —esda olib qolish, tafakkur, tasaw ur idrok obrazlari asosi da kuriladi. Bolalar tasviriy faoliyati atrof-muhit, borliqni bilishga asoslanadi. Shuning uchun idrokning rivojlanishi masalasi bola larni rasm, loy, applikatsiya ishiga o‘rgatish uslubiyatining asosiy muammolaridan biri hisoblanadi.
Badiiy obrazning yaratilishi mazmunning yorqin hissiy shakl- da berilishiga asos bo‘ladi. Shuning uchun rassomning hayot- ni idrok qilishi bilishga oid va emotsional tom onlam i birlashtirish kerak. Bu muammo haqidagi qiziqarli fikrlarni biz 0 ‘rta asr sharq- ning mutafakkir-ensiklopedisti Abu Nasr al-Forobiyning «Saxo- vat shahri» risolasidan topishimiz mumkin. «Sezayotgan narsani aql kuchi vositasida bilish, xohish bo‘lsa, shu vosita yordamida yetilishayotgan harakat boshqa kuchning dalilidir va bu kuch aql, hissiyot, fikrlash, xulosa qilishni yaratadi. Lekin agar his qilinayot- gan jismni sezish vositasi orqali o‘rganishni keltirib chiqarayotgan istak jismoniy va ruhiy ta ’sirning dalili bo‘ladi».
Atrofdagi. borliqning rassom tomonidan idrok qilinishi maxsus xususiyatlarga ega. Odatda, buyumni idrok qilishda biz, ko‘pincha, shu narsa bilan tanishishda cheklanamiz, chunki biz uchun un- dan foydalanish va ko‘rsatma olish asosiysi hisoblanadi. Rassom esa predmetni tasviriy maqsadda har gal idrok qilganida shakl, rang, fazoda joylashishini har tomonlama o‘rganadi. M ashhur ras som K.F.Yuon, rassom idrokining o‘ziga xos tomoni shundaki, u diqqat bilan hayotdagi hamma oddiy va oddiy boMmagan, ham ma ifodali va bir xil narsalarni ko‘rib, belgilay olishi va o‘z asari- da aks ettirishi kerak, degan edi. Bizni o‘rab turgan buyum dunyo- si uzoq evolyutsiya jarayoni, jamiyat va insonning ijtimoiy-tarixiy tajribasi jarayonida vujudga keldi. Predmetli fazoviy muhit bizning
74