Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH
Pedagogning vazifasi —bolani qurishga o‘rgatish, ya’ni buyum- ni uning ham m a asosiy xususiyatlarini birgalikda idrok qilishga o‘rgatish. Bu masalani yechishning asosini sensor madaniyatni tar- biyalash tashkil qiladi. «Sensor madaniyat» tushunchasini maktab gacha tarbiya pedagogikasiga M.Montessori ishlari olib keldi. Lekin nisbatan oldingi davrda ko‘pincha faylasuflar hissiy tajribaga katta ahamiyat berlshgan. Shuningdek, Abu Nasr al-Forobiy (873—950)
«Insonning bilimlarni egallashi sezgi vositasida amalga oshiriladi. Uning universalistlarini egallashi alohida predmetlami hissiy idrok qilish orqali yuzaga keladi. Sezgi bu —inson koiiglining bilimlarni egallash vositasi», — degan edi.
Inson paydo boiishi bilan unda paydo boiadigan birinchi nar sa bu kuch, uning vositasida u ozuqlanadi. So‘ng kuch vujudga keladi, uning vositasida u hissiy idrok qiladi: issiq, sovuq, hid, maza, tovush, ranglarni, sezgi paydo bo‘lishi bilan bir vaqtda unda sezgi apparati vujudga keladi. Qandaydir buyumni bilish, fikrlash kuchi, tasaw ur yoki hissiyotning vositasi boiishi mumkin.
«Donolikning asoslari» risolasida u «tashqi sezgi a’zolari orqasi- da idrok vositasida chiqariladigan, obrazlarni tutish uchun qanday dir kuchlar va turlar bor. Bunga miyaning oldingi qismida joylash- gan va shakl hosil qiladigan, deb ataluvchi kuch tegishlidir. Bu kuch his etilayotgan narsalar qanday yo‘qotilayotganini mustah- kamlaydi. U lar idrok etish sferasidan yo‘qo!adilar, lekin shakl ho sil qiluvchi kuchda qoladilar. Tevarak-atrofni idrok qilish maqsad ga yo‘nalgan boiishi kerak. Bola nimani va nima uchun kuzati- shi kerakligini aniq tasaw ur qila olishi kerak. Bunday maqsad ga yo‘nalganlik va harakatning mukammalliligi idrokni chuqur- lashtiradi, m a’lum momentlarda diqqatni va fikrni to ‘playdi, idrok tanlanganlik, baholangan ko‘rinishga keladi. Bunday tahlil qi lish qobiliyatini egallab olish uchun yuqori sensor madaniyat — predmetlami qurish va ularning xususiyatlarini ajrata bilish kerak boiadi, bu esa tasviriy faoliyatda alohida ahamiyatga ega. Tasviriy faoliyat uchun birinchi o ‘rinda ko‘rish va his etish sezgilarining rivojlanishi muhimdir.
«Har bir yuqori sezgi idrok etilayotgan obyektdan uning o'ziga xos xususiyatining taassurotidan olinadi. K o‘z — bu ko‘zgu, unda ko‘rinayotgan narsaning aksi, ko‘z uning qarshisida turganda tas virlanadi. Qaralayotgan obyekt yo‘qolgan vaqtda, agar u yorqiu
77
bo‘lmasa, uning aksi ham yo‘qoladi. His etish — bu bir tekisda tartibga solingan organda harakat qiluvchi kuchdir, bu biron bir narsa bilan to ‘qnashish natijasida kelib chiqadigan har qanday o‘zgarishni idrok qiladi» (Abdulla Avloniy, «Gullayotgan o ik a va axloq»).
N.M.Sechenov fikricha, ko‘rish orqali qilinadigan tahlilning natijalari nozikroq va boyroq, shu sababli odam ko‘rishga ko‘proq ishonadi. Bunday fikr haqqoniy, lekin yangi obyektni idrok qilish da, predmet xususiyatini idrok qilishda, uning natijalariga birgina ko‘z bilan ko‘rish yetarli emas. Bolalar psixologiyasida atrofni idrok etish jarayonida his etish va ko‘rishning o‘zaro munosabatlarning rivojlanish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Bu muammoga V.I.Zinchenko va A.G.Rudskoy ishlari bag‘ishlangan, bunda ular maktabgacha bolalikning turli bosqichlarida qo‘l va ko‘zning bilish funksiyalarini o‘rganadilar. Psixologlar (L.A.Venger, N.V.Venger, A.V.Zaporojes, М. I.Lisina va boshqalar) bir qancha analizator- larning birlashishi tasawurlarining aniqlashuviga yordam beradi, deb hisoblaydi.
Shuning uchun har tomonlama kuzatishga, predmetni faqat ko‘rish orqaligina emas, balki boshqa analizatorlar orqali ham ko‘z- dan kechirib chiqishga imkon berish kerak. Ko‘pincha ko‘rishda his etish yordamga chaqiriladi. Faqat ba’zi vaqtlarda, ya’ni predmetni qo‘lga olib bo‘lmaydigan paytda, muzkur hisni kiritish kerak, bo lalarga predmet konturini fazoda qo‘l bilan chizib yurgizishni taklif qilish kerak. Gullayotgan o‘simliklarni, mevalarni idrok etishda hid bilish ham ahamiyatga ega. Bu bilan umumiy tasaw ur qilish bo- yiydi. Bolaning sensor rivojlanishi tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, hatto kichik yoshdan bir guruhga kiradigan predmetlarning alohida xususiyatlarini predmetlarning umumiy belgisi sifatida ko‘rish qo- biliyatini tarbiyalash mumkin (olmaga o‘xshagan dumaloq, mevaga o‘xshagan qizil va hokazo).
Abu Ali ibn Sino (986—1037) «Emizikli bolani parvarish qilish haqida». «Turli ranglarni ko‘rsin u va qurish qobiliyatini kuchay- tirsin u», deydi. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning umumiy belgilari etalon sifatida ajratishni tasnif eta oladilar, bu etalonlarda esa umumiy xususiyatlar jamlangan bo‘ladi.
Tasviriy faoliyat uchun bolalarni predmetlarning qiyin shak- lini, ya’ni predmetlarning asosini — geometrik shaklini qurishga
78
o'rgatish muhim bo‘lib hisoblanadi. Xuddi shunday etalonlar rang ni, praporsiyalarni va boshqalarni his etishning mukammallashi- shiga yordam beradi.
Analizatorlaming rivojlanishi o‘z holicha ketaverishi m um kin emas. Sensor tarbiyaning asosi bo‘lib bolalarni umumiy idrok qilish usuli tekshirishga o'rgatish hisoblanadi. Bu esa bolalarga predmetning asosiy xususiyatlarni mustaqil holda tahlil qilishga va ajratishga imkon beradi.