Metodikasining


IV. 4. TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINING KO‘RIGI



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə7/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

IV. 4. TASVIRIY FAOLIYAT MASHG‘ULOTLARINING KO‘RIGI


H ar bir mashg‘ulotning tarbiyaviy-ta’limiy ahamiyati dastur mazmunining to ‘g‘ri tanlanishi, yaxshi tashkil etilishi, tarbiya- chining tayyorgarligi, tegishli asbob-uskunalar va tasviriy mate- riallarining mavjudligi, bolalar faoliyatiga aniq rahbarlik bilan an- iqlanadi. ^


Bolalarning mashg‘ulotlardagi toiaqonli o ‘quv yoki ijodiy fao- liyatlari oldingi barcha ishlarning sifatiga, shuningdek, ularni mana shu aniq mashg‘ulotga tayyorlashga bog‘liq bo‘ladi. Tayyorlov ish-
58
lari bo'lajak mashg‘ulot mazmuniga mos bo‘lishi kerak: mazmun - li rasm solishdan oldin tevarak-atrof bilan tanishtirish maqsadi- da sayohatlar o‘tkazish, badiiy asarlar o‘qish, bolalarga mashg'nlot mavzusi bilan bog'liq bo‘lgan illustratsiyalar, reproduksiyalarui ko‘rsatish, suhbat o‘tkazish, diafilm va bolalarning yaxshi chiqqan rasmlarini ko‘rsatish mumkin va hokazolar; katta guruhlarda de­ korativ rasm chizishlardan oldin bolalarga xalq amaliy san’ati na- munalarini, illustratsiyalar, bolalar rasmlarini ko‘rsatish, suhbat o'tkazish, «Tasvirdan bilib ol» didaktik o‘yini, didaktik mozaika bilan o‘yinlar o ‘tkazish va shu kabilar maqsadga muvofiqdir; loy va plastilindan narsalar yasash mashg‘ulotidan oldin kichik shakl- dagi haykaltaroshlik bilan tanishtirish, bolalarga o‘zlari yasaydigan jonivorlar tasvirlangan rasmlarni tanlashni, dekorativ plastika es- kizini bajarishni topshirish mumkin va boshqalar. Qog‘ozga rang- tusini mustaqil bera olish, applikatsiya va konstruktorlik ishlari uchun tayyorgarlik qilish ham mashg'ulotga tayyorlanish jarayo- niga kiradi.
Oldindan qilingan barcha ishlarning mazmun ini mudira tar­ biyachi bilan qilingan qisqa suhbatdan bilib oladi. M udira tar­ biyachining dastur vazifalarini to ‘g ‘ri tushunish va tushunmasli- gini aniqlaydi, mashg‘ulot rejasi bilan tanishadi, konspektni ko‘rib chiqadi, tasviriy materialning mavjudligi va uni stollarga joylashti- rishning to‘g‘riligini qayd etadi.
M ashg‘ulotlarni ko‘rish vaqtida mudira quyidagi holatlarga e’tibor beradi. Mashg‘ulotning boshlanishi (3—5 daq.). Tarbiyachi bolalarni o‘yindan mashg‘ulotlarga o‘tkazishda foydalangan usul­ lar.
Shundan keyin mashg‘ulotning birinchi qismi — bolalar oldi- ga tasviriy vazifalarning qo‘yiHshi va ish usullarini tushuntirishning mazmuni hamda metodikasi baholanadi.
Bolalarning aqliy va nutq faolliklari, ularning mashg‘ulotga qiziqishlari qanday usullar vositasida yuzaga keltirilganligi (kichik guruhlarda — o‘yin usullari, ovutmachoqlardan, katta guruhlarda
— bolalardagi mavjud tajribaga tayanish, qo'shiq, she’r, ertaklardan parchalar o ‘qish va shu kabilar) ni qayd etish lozim.
Bolalarga berilayotgan savollardagi maqsadga yo‘llangan In shuntirishlarning aniqligi. Ishni bajarish bosqichlarining ajrati lishi. Bolalarning tushuntirishlarni qanchalik egallayolp.anlik
59
larini nazorat savollar yordam ida (masalan, bolalar predm etni qanday izchillikda tasvirlaydilar, qanday harakatlarni bajaradi­ lar) tekshirish. Tushuntirishlarda ko'rgazm ali material — natu- ra, nam unaga tayanish. Predm etning tasviriy usullarini tarbiya­ chi tom onidan ko‘rsatishning sifati (agar mashg‘ulotda shun- day qilingan bo‘lsa). Bo‘lajak ish uchun tushuntirishlar yoki ko'rsatm alarning davomiyligi. (Shuni unutm aslik ker?kki, tay­ yorlov ishlarining barchasini tarbiyachi mashg‘ulotdan oldin amalga oshirish kerak.)
Bolalar ishni bajarishga qanday kirishdilar: qanchasi tarbiya- chining tushuntirishi tugashi bilanoq, rasm solishga (yasashga) kirishdi, qanchasi tushuntirishdan keyin ham o‘ylanib, qiynalib turdi. Bolalar tarbiyachiga savollar berishdimi, ular nima haqida so‘rashdi.
Tarbiyachi mashg'ulot jarayonida qo‘yilgan vazifalarning ba- jarilishiga erishdimi, individual yondashuvdan foydalandimi. Tar­ biyachi ayrim bolalarga qanday ko‘rsatma va maslahatlar berdi. Topshiriqning eng qiyin elementlari haqida o‘z vaqtida eslatma berish yo‘li bilan xatolarning oldi olindimi? Tarbiyachi qanday usullar vositasida shug‘ullanuvchilarning o‘zini-o‘zi baholash va o‘zini-o‘zi nazorat qilishga undadi. Berilayotgan ko‘rsatmalarning maqsadga muvofiqligi va ularni bajarishning sifatini tekshirish. Tarbiyachining e ’tiboridan chetda qolgan bolalar bo‘ldimi? Tar­ biyachi bolalarni egallangan bilim, ko‘nikma va malakalardan mustaqil foydalanishga, ijodiy ishlashga undadimi? Tarbiyachi bo­ lalarning noto‘g‘ri o'tirishi, noto‘g‘ri holat (poza)larini sezdimi va ularni to ‘g‘riladimi?
Bolalar qalam (m o‘yqaIam, qaychi va shu kabilar) ni qanday ushlayapti va ulardan to ‘g‘ri foydalanayaptimi? Ular qanday texnik malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lganIar (dasturning tegishli ta- lablariga qarang). Ayrim bolalarning ko‘nikma va malakalarini oshirish uchun tarbiyachi nimalar qildi?
Shug‘u Ilanayotganlarning qanchasi ishni o ‘z vaqtida, qan­ chasi erta tugatdi va qanchasi tugata olmay qoldi? Bolalar ish­ ni bajarishga qancha vaqt sarflashdi? Tarbiyachi m ashg‘ulot oxirida bolalar ishlarining ko‘ruvini nazarda tutdim i va u qan­ day tashkil etilgan edi (jam oa tahlil, o ‘zaro tahlil, o ‘z in i- o ‘zi baholash)? Bajarilgan ishlarning tahliliga bolalar jalb qilingan-
60
m idi, naturadan, nam unadan, tasavvur b o ‘yicha bajarilgnn ish - larni baholashda ular qanday m ezondan foydalanishardi? Iki baho dastur talablarini va m azkur m ashg‘ulotning vazifalarini um um an aks ettiradim i? Bolalar predm etlarning xususiyatlari, rang-tuslari, tasviriy va texnik usullarni belgilovchi so‘zlardan to ‘g ‘ri foydalanishadim i? Bolalar ishlarini ko‘rish qancha vaqt- ni oladi?

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin