Metodikasining


IV. 3. MASHG‘ULOTLARNI KUZATISH BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə6/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

IV. 3. MASHG‘ULOTLARNI KUZATISH BO‘YICHA UMUMIY KO‘RSATMALAR


Ijobiy natijalarga erishish ta ’lim jarayonining to‘g‘ri tashkil etil- ishiga bogiiqdir. Mashg'ulotlarga kirishda, eng aw alo, gigiyenik sharoitlarga rioya qilishga e’tibor berish kerak: mashg‘ulot o'tkaziladigan xona yaxshi shamollatilgan boiishi lozim; me’yoriy yoritilgan va yorugiik chap tom ondan tushib turgan boiishi kerak; jihozlar, asbob-uskuna va materiallar ham da ulami joylashti­ rish pedagogik, gigiyenik va estetik talablarga javob berishi kerak. Mashg‘uJotlarning davomiyligi belgilangan m e’yorlarga muvofiq kelishi kerak, vaqtdan esa to i iq foydalanish lozim. Mashg‘ulotning boshlanishi, bolalar e ’tiboriniing uyushtirilishi, bolalar oldiga ta iim yoki ijodiy vazifalarning qo‘yilishi, uni bajarish usullarining tush- untirilishi katta ahamiyatga egadir.


Tarbiyachining ishi kuzatilar ekan, uning bolalar bilan aloqa- sini, ularning muvaffaqiyatlariga qiziqish bildirilayotganligini, uJarga xayrixohlik va m ohirlik bilan m unosabatda b o iin ay o t- ganligini, bolalar oldiga o ‘quv-ijodiy topshiriqning qo‘yi!ishini e ’tiborga olish muhimdir. Ayniqsa, tarbiyachining nutqiga (sa- vodli, tushunarli, emotsional ta ’sirli qilib gapira oladimi) alohida e’tibor berish kerak.
Tarbiyachi harakat usullarini tushuntirishi, ko‘rsatishlar vaqtida bolalarni faollashtirishi, ularni aytayotgan gaplarni anglashga, es- lab qolishga undashi muhimdir. Bolalarga u yoki bu holatni takror- lashlariga, aytishlariga (masalan, masalani hal qilish, o‘yinchoqni qanday yasash) imkon berish kerak. Tushuntirishlar 3—5 daqiqadan ortiq vaqtni olmasligi kerak.
Pedagog mashg‘ulot davomida bolalarning individual xususi­ yatlarini nazarda tutib, bolalarni ishda faol qatnashishga jalb qiladi, ularda o ‘quv faoliyati malakalarini tarkib toptiradi, o ‘z harakatla- rini baholash va nazorat qilish qobiliyatlarini o ‘stiradi. 0 ‘quv vazi- yatidan bolalarda o ‘rtoqlariga nisbatan xayrixohlik bilan munosa­ batda boiish, chidam, maqsadga intilganlikni rivojlantirish-dan foydalaniladi.
Mudira e’tibor beradigan asosiy obyekt, bu bolalar hamda bo‘- ladigan mashg‘ulotning boshlanishi va davomiyligi xatti-harakat- laridir. U bolalarning mashg‘ulotlarda xatti-harakat qoidalarini ba-
56
Mashg‘ulot davomida asosiy e’tibor dastur materialining bola­ lar tom onidan o‘zlashtirilishiga, bolalar bilimining sifatiga, nutq, qo‘l va harakat ko‘nikmasi hamda malakalarining rivojlanganlik darajasiga qaratilishi lozim. Mashg‘ulot kuzatilar ekan, ayrim bo­ lalar qanday ishlayotganligini qayd etish, ayrim topshiriqlarni ba­ jarish vaqtida yuzaga kelgan qiyinchiliklarni aniqlash muhimdir. M udira dalillarni qayd etadi, keyin shular asosida bolalar tom oni­ dan bilimlarning egallanishi, ko‘nikma va malakalarning shakllan- ganligi haqida xulosalar chiqaradi.
Shuningdek, maktabgacha ta ’lim muassasasining mudiralari (bir guruhda turli yoshdagi bolalar tarbiyalanadigan) yoshga qarab guaihchalarga bo‘lish qanday tashkil etilganligi (kichik va kat­ ta guruhchalar qayerda va qanday joylashtirilganligi, gum hchalar ishini qanday boshlaganliklari — bir vaqtda boshlagan yoki bosh- lamaganligi, qaysi guruhcha oldinroq shug‘ullana boshlaganligi) va har qaysi yoshga ko‘ra bo‘lingan guruhchalar uchun mash- g‘ulotning davomiyligi, mashg‘ulot yakunida kichik bolalar nima bilan mashg‘ul bo‘lishgan hamda katta bolalar ishda davom etib turishganda ular o ‘zlarini qanday tutishgani, tarbiyachi barcha bolalarning faol faoliyatlarini qanday usullar bilan ta ’minlagani, u o‘z diqqatini bolalarning ikki-uch guruhchasiga taqsimlay ol­ gan yoki olmaganligi, har bir bola faoliyatini nazardan qochir- gan-qochirmaganligi, bolalarda e ’tiborning to ‘planganligi va mus- taqillikning tarbiyalangan-tarbiyalanmaganligi haqida qo‘shimcha tarzda tushuntirishi kerak.
M udira qanchalik ko‘p narsani ko‘ra olsa va eslab qola olsa, u
mashg‘ulotning ijobiy tomonlari va nuqsonlarini shunchalik cliu qur tahlil qila oladi, u chiqaradigan xulosalar shunchalik islioncli li boiadi.
57
Kuzatishlar vaqtida yozib borish kerakmi va u qaysi sxemada bo‘lishi kerak? Yozuvlar ko‘rilganlarni, kuzatilayotgan narsalar haq­ ida o‘z fikrini, ijobiy yoki salbiy dalillarni qayd etish uchun zarur- dir. Mashg‘ulotlami tahlil qilishda xulosalarni isbotlashga asoslash- ga yordam beradi.
Qanday yozish kerakligi haqidagi masala prinsipial masala emas: har kim o‘ziga qanday qulay bo‘lsa, shunday yozaverishi mumkin. Kuzatish va dalillarni to ‘plash ishning birinchi yarmi bo‘lsa, ikkinchisi dalillarni tahlil qilish va pedagogik jarayonning yu- tuqlari va kamchiliklari haqida asosli xulosalar chiqarishdan ibo- rat. Amalda esa quyidagi kabi holatlar uchraydi: mudira tarbi- yachining ishini tahlil qiladi va xulosalar chiqaradi, ammo ular­ ni aniq dalillar, ishonarli misollar bilan tasdiqlamaydi. Bun­ day hollarda xulosalar tasodifiy, subyektiv tuyulishi mumkin. Boshqacha ham bo‘ladi: mudiri mashg‘ulotni diqqat bilan ku- zatgan, ko‘pgina dalillarni yozgan va eslab qolgan, ammo bu dalillarni tahlil qilmagan, ularni um um lashtirm agan, shuning uc­ hun chiqarilgan xulosa va tarbiyachiga berilgan tavsiyalar bunday vaqtda retseptiv xarakterda bo'lib qoladi. Demak, mudira o ‘zida kuzatish, dalillarni ko‘rish, shuningdek, ularni tahlil qilish, um - umlashtirish ko‘nikmasini tarkib toptirish kerak. Mashg‘ulotlarni tahlil qilish uchun: 1) m ashg'ulotning tashkil etilishini; 2) das­ tur mazmunini; 3) m ashg'ulotni o ‘tkazish metodikasini; 4) uning natijalarini (ya’ni tekshirish vaqtida bolalardagi bilim, ko‘nikma, malaka ham da ularning xatti-harakatlarini) ko‘rib chiqish kerak
bo‘ladi.



Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin