Ikkinchi guruhda o‘rgatishning mazmun va vazifalari. Hayotining
yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olish- ni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning m a’nosini tushuna boshlaydilar. U lar o‘zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning
102
biror bir belgisiga asosan o‘xshatib chizadilar. Pedagog bolalar ning rasm bilan predmetning o'xshash belgilarini topishga uru- nishni rag‘batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakl- larni to‘g‘ri tasvirlashga o‘rgatib borish zarur. Bu yoshda tasviriy (boliyatni o'rgatish vazifalari bir rejaga qo‘yilgan.
Sodda predmetlarning asosiy belgilar(rang, shakl)ini berib, turli
Xil to‘g‘ri va aylanasimon shakllarning tasviriga o‘rgatish.
Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilish-
ni rivojlantirish;
Kompozitsion ko‘nikmalarni, qog‘ozning o‘rtasiga tasvirlarni Joylashtirishni rivoj lantirish.
Texnik ko‘nikmalarni o‘zlashtirish.
Bu guruhda to‘g‘ri va egri chiziqlarni to ‘g‘ri chizishga o‘rgatish birinchi vazifa bo‘lib qoladi. Bunda turli chiziqlarni turlicha — chapdan o‘ngga, tepadan pastga, kesishgan chiziqni chizishga o‘r- gatiladi. Bularni, masalan, tizimcha, yo'lakcha, qalam, yomg‘ir shaklida chizish mumkin. Ikki kichik guruh bolalariga bir xil shakl- dan (qorbobo, ikki yoki uch aylanadan iborat) yoki ikki xil shakl- dan iborat (quyi bitta aylana va birgina to‘g‘ri chiziqdan iborat) bo'lgan predmetlarni chizish ancha qiyin, chunki uch yoshli bo laning tahlil (sintez) qilib fikrlashi yaxshi rivojlanmagani uchun bu guruh dasturida faqat ikki xil shakldan iborat bo‘lgan predmetni, masalan, (quyoshning nurlari, archaning ignachalari) tasviri kiri- tilgan. Shakl qanchalik murakkablashsa, rangdan foydalanishi ham shunchalik murakkablashadi. Bolalar rasmda aniq predmetlarning tasviri uchun shu predmetga mos rangni ishlata olishni o‘rganadilar. Masalan, qizil rang bayroq, sariq rang quyosh, yashil rang archa va boshqalar.