Metodikasining


‘rta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazi­ falari



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə23/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

0 ‘rta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazi­ falari.


Bu guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar:
To‘g‘ri to‘rtburchakli va aylanasimon shakldagi predmetlarning tasviri ularning tuzilishini, asosiy qismi va detallarini berishga o‘r- gatish.
Rangdan badiiy ifodalash vositasi sifatida foydalanishga o‘r- gatish.
Qog'oz markazida predmetni joylashtirishda kompozitsion uquvni bilishni rivojlantirish.
103
Rasmni qalam va bo‘yoq bilan bo‘yashda texnik ko‘nikmalami mustahkamlash.
Bu guruhda bolalarga ritmik joylashgan predmet qismlarining tasviri (yuqorida, pastda, bir tom onda, boshqa tomonda) hamda bir qancha proporsional joylashgan qismlarning tasviri o‘rgatiladi. Bu alohida qismlarni o‘zaro solishtirish va tahlil qilish imkonini beradi. Masalan, Qorbobo va archa 2 tomonlama joylashgan novdalari bi­ fen. Bu guruhda tasviri qiyin boigan obyektni, ya’ni odamning rasmini chizish mashg‘ulotlarga kiritiladi. Odam rasmini chizish- dan oldin bolalar soddaroq shakllami, ya’ni qorbobo, nevolyashka, matreshka, qo‘g ‘irchoqlami chizishga o‘rgatilgan edi.
Katta guruhda rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazi­ falari. Bu guruhda bolalarning tasviriy va yorqin obrazlami yarat- ish qobiliyatlarini o‘stiruvchi turli usullardan foydalanib, chizishga o'rgatiladi. Bunda quyidagi vazifalar bor:
Predmetning shaklini, uning belgilarini, hajmini va qismlari­ ning joylashishini o‘rgatishni davom ettirish.
Rasmda sodda harakatlarni tasvirlashga o ‘rgatish. Rang qobiliyatlarini rivojlantirish va mustahkamlash.
Qalam bilan (shtrixlash usullari) va bo ‘yoqlar, m o‘yqalam ha- rakatlarining usullari bilan ishlashda texnik ko‘nikmalarni rivoj­ lantirish.
Rangli bo‘rlar, ko‘mirlar, akvarel bo‘yoq bilan chizish usullar­ ini o'rgatish.
Bu yoshda bolalar rasmda bir xil predmetning o‘xshash va farqli tomonlarini tasvirlash va topishga o‘rganadilar. Masalan, 2ta olma shakli va rangi bilan farqlanadi yoki lavlagi bilan turup, ular sabza- votlar uchun umumiy boigan dumaloq shaklda. Bu guruhda bola­ lar yana asosiy spektr ranglari bilan tanishib, rasmda ularning chi­ royli turlanishlarini keltirib chiqarishni o‘rganadilar. Bolalar rangli qalamlardan tashqari oddiy qora qalam bilan predmetning umumiy belgilarini chizib olish uchun foydalanadilar.
Bu guruhda tasvirlash qobiliyatiga va ko‘nikmalarga o ‘rgatish yakunlanadi. Bunda quyidagi asosiy vazifalar bor:
Naturadan va tasaw ur qilishdan predmetning xarakterli belgilari, tuzilishi, hajmining tasviriga o ‘rgatish.
Shakl va bo'yoqlarning boyligini tasvirlab berishga, yorqin ob- razlar yaratishga o'rgatish.
104
Kompozitsion qobiliyatlami rivojlantirish (predmetning hajmi va shaklining xarakterini hisobga olib, predmetni qog‘ozda joy­ lashtirish).
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish (bir xil rangning turli otten- kalarini bera olish qobiliyati).
Texnik ko‘nikmalami rivojlantirish (bo‘yoqlami boshqacharoq bo‘yoq olish uchun aralashtirish, predmet shakli bo‘yicha qalam- da shtrix o‘tkazish).
Olti yoshli bolalarda analitik fikrlash qobiliyati yaxshi rivojlan- gan bo‘ladi. Ulardan turga mansub predmetlar belgisini ajrata ol- ganliklari kabi, ularning bir predmetni boshqasidan ajratib turav- chi individual xususiyatlarini ham tasvirlay oladilar. Bu esa ijodiy tasaw urni rivojlantiradi.
0 ‘rta guruhda mazmunli rasm chizishga o‘rgatislming mazmu- ni va vazifalari. 0 ‘rta guruh bolalariga rasm mashg‘ulotlari, aso­ san, yil boshidan o'tkazila boshlanadi, sababi, kichik guruh bola­ lariga qaraganda, ular m a’lum mazmun asosida, lo‘nda qilib rasm ishlay olish qobiliyatiga egadirlar. Bolalarda rasm chizish malaka- sini rivojlantirish maqsadida 2—3 predmetni ko‘rsatish mashqlari bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Rasm ishlash mazmuni quy- idagilardir:
M azmuni jihatdan bir-biriga o‘xshash 2—3 predmetli rasm chizdirish.
Bir necha predmetlarning joylanishini belgilash.
Bola 4 yoshdan boshlab predmetlarning yonma-yon joylani­ shini, odamlaming ko‘rinishini faqat old tom ondan, hayvonlaming ko£rinishini faqat yon tom ondan bir yo‘lda chiza olish qobiliyatiga egadirlar. Masalan, «Bolalamig qishki o‘yinlari».
0 ‘rta guruhlarda rasm chizish orqali bolalarning og'zaki nut- qini o‘stirish bilan ularni o‘rab turgan tevarak-atrof bilan ham ta­ nishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshdagi bolalar uchun quyi­ dagi rasmlarni tavsiya qilish mumkin:
«Qizcha uy atrofida o‘ynayapti».
«Qish, bolalar qorbobo yasayaptilar».
«Bo‘g‘irsoq», «Chipor tovuq».
O 'rta guruhdagi bolalar rasm chizishni faqat bir yoiialishda chizishlaridan tashqari, bir varaqni to ‘ldirib chizish malakalarini ham rivojlantirib boradi. M a’lum narsani ko‘rib, tasaw ur qilgaii
105
holda rasm chizadi, uning aqliy qobiliyati rivojlanadi, o‘sib boradi. H ar bir mashg‘ulot bolalarni aqliy va estetik ruhda tarbiyalashga, jamoat ishlarini bajara olishiga asos bo‘ladi. N.K.Krupskayaning fikricha, «Bolaga beriladigan ta ’lim-tarbiya mehnatni sevishdan, uni e ’zozlashdan boshlanadi». Bu mashg‘ulotlarni o ‘tkazish aso­ san bolalarning kuzatuvchanligi asosida olib boriladi, shunda ular­ ning og‘zaki nutqi, mustaqil fikrlay olishi, har xil mavzularda rasm chiza olish ko‘nikmalari rivojlanadi. Bolalarda rasm chizish ko‘nikmasi asosan og‘zaki nutq orqali amalga oshiriladi. Masalan, bola bironta qiz, uy rasmlarini chizib, u haqda kichik ertak ham to ‘qishi mumkin. M a’lum maqsadli rasm bolaga ko'rsatilayotganda aniq maqsadga ega bo‘lishi kerak. Bola ko‘rsatilayotgan rasmni aniq ko‘rib chiza oladi, lekin uning yon tomonini, ustini chizish­ ni bilmasligi mumkin. Talabalarga ishlangan rasmlar namunasidan ko‘rsatib, quyidagilarga alohida e’tibor berishlarini eslatish kerak. Masalan, predmetlarning proporsional, simmetrik joylashganli- gi uylar, daraxtlar, samolyotning parvoz qilayotganini chizdirish orqali bolalarda tahlil-sintez usulidan foydalanish muhimdir.
Yuqorida qayd qilinganidek, quyidagilarga ahamiyat berish kerak:

  • mavzuning mazmuni aniq bo‘lishiga;

  • obyektlar orasidagi bog‘lanishga;

  • m a’lum maqsadga yo'naltirilgan mavzu bo‘lishiga e’tibor be­ rish kerak.

Bu yoshdagi bolalarga rangli qog‘ozlar berilib, maqsad aytiladi. Masalan, bola ko‘k rangda — o'tlarning, havo rangda — suvning, sariq rangda — qumning ko‘rinishini tasvirlay oladi, yoxud «Baliq­ lar suzyapti», «Jo‘jalar o‘t ustida o‘ynayaptilar» kabi. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini tekshirish maqsadida tarbiyachi bir predmet yoki jismni ko‘rsatib, uning varaq ustida joylashishini so‘roqlar bergan holda, suhbat orqali aniq maqsad asosida rasm chizdirish kerak. Bunda albatta, tarbiyachining bilimdonligi katta mahorat ta­ lab qiladi. Bolalarning bir yarim yilda chizgan rasmlari o‘lchovlari asosan bir xil. N.P.Sakulinaning tajribasi shuni ko‘rsatdiki, bola chizgan rasmlarini past va balandligini ko'rsatish va farqini tush- untirish lozimdir. To‘rt yoshli bolalarda rasm chizish ko‘nikmalari o‘sib boradi, ular kattalar chizgan rasmlarni tomosha qilgan holda taqlid qilib, rasm chizishga urina boshlaydilar. Xoh ota-ona, xoh
106
tarbiyachi bola tom onidan chizilgan rasmlarni bola oldida bahola- shi kerak. Bolalar o‘rtoqlarining chizgan rasmlarini yaxshi, yomon- ligi va xatolarini ko‘rsatishlari kerak.
Bunda quyidagi vazifalar bor:
Bir-biriga mazmunan bogiiq 2—3 ta predmetni tasvirlashga o‘rgatish.
Kompozitsion qobiliyatlarni o‘stirish (1 ta chiziqda bir nechta predmetni yonma-yon joylashtirish yoki butun varaqda osmon va yemi chizish).
Bolalarga beriladigan mavzular qiyin emas: uy, uyning yoni- da daraxt o‘syapti, skameyka turibdi; uy yoki daraxt yonida qiz- cha sayr qilib yuribdi, o‘tloqda jo ‘jalar sayr qilishyapti; o‘t, gullar, quyosh nur sochyapti. Bu rasmlarda mazmunli rivojlanishni bola­ lar ko‘rsatishmaydi. Bolalar 2—3 predmetni yonma-yon chizishadi, ular orasida hech qanday harakat bogianm agan.
Katta guruhda mazmunli rasm chizishga o‘rgatishning mazmu­ ni va vazifalari. Bola besh yoshdan boshlab m a iu m mavzudagi rasmlarni chiza olish qobiliyatiga ega boiadi. U tevarak-atrofni o‘zgarishlarini tasaw ur qila oladi va chizishga harakat qiladi. Bu yoshdagi bolalarga quyidagi mavzudagi rasmlar chizish tavsiya.qi­ linadi:
«Bolalarning qishki o‘yinlari».
«Bog‘chada senga nimalar qiziqarli, shularni chiz».
«Men onamga guldasta sovg‘a qilyapman».
«Quruvchilar yangi uy quryaptilar».
«Ona bolani bog‘chaga olib ketyapti».
«Bolalar qorbobo yasayaptilar».
Katta guruhdagi bolalar badiiy asarlardan olingan taassurotlari asosida va ertak mazmunini tushungan holda quyidagi mavzuda rasm chiza oladilar. «Ikki ochko‘z ayiqcha», «Ayyor tulki va kul- rang bo‘ri», «Mushuk, xo‘roz va tulki» va boshqalar. Bu chizdi- rilgan rasmlar aniq va aniq masalada boiishiga ahamiyat berish kerak. Masalan, «14-yanvar —Vatan himoyachilari kuni», «8-mart
— onalar bayrami», «21-mart — Navro‘z bayrami». Katta guruh­ da o‘tkaziladigan rasm mashg‘ulotlari qiziqarli, savollarga javob ol­ gan holda, asarda qatnashayotgan har bir personajga tavsif bergan holda ranglarni tanlay olish va varaqqa joylashtirish vazifalarini belgilash kerak. Bolalar tomonidan ishlanayotgan har bir rasmda
107
predmetlarning hajmi, o‘lchovlarini chamalash bilan birga, uzoq- yaqin, oldinma-ketin, ustma-ust, ketma-ket joylash mumkinligini tushuntirish kerak. Bu yoshdagi bolalar, ayniqsa, ertak multfilm- lami tomosha qilishni yaxshi ko‘rganliklari sababli shu mavzudagi rasmlar chizishni yaxshi ko‘radilar. N.P.Sakulinaning fikricha, bola rasm chizishni varaqning eng chetidan boshlab chizish bilan birga, predmetlarning joylashishini ko'rsatishi kerak va bo‘yoqlarni tanlay olishi ham muhim ahamiyatga egadir. Bolani rasm mashg‘ulotiga tayyorlash uchun unga kerakli rasm anjonjlarini hozirlagan hol­ da, bironta kuy eshittirib, akvarel bo‘yoq berib, m a’lum mavzu va maqsad asosida rasm chizish ishini boshlash lozim.
5—6 yoshli bolalarning mazmunli rasmlarining mazmuni ancha boy bo‘ladi. Bunda bolalar faqat predmetlarni chizishmaydi, balki predmetlarning atrofidagi sharoitni ham tasvirlaydi.
Bunda quyidagi vazifalar bor:
Obyektlar orasidagi o‘zaro mazmunan bog‘liqlikni tasvirlash­ ga o‘rgatish.
Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish (bunda qog‘ozda go- rizontal chiziqni belgilab chizish).
Rang qobiliyatlarini rivojlantirish.
Bu yoshdagi bolalarda har bir mavzuning mazmuni oldindan to ‘g‘ri aniqlangan bo‘lishi kerak. Ularga masalan, «Bayram» ma- vzusini berish kerakmas, chunki bola yo mavzuga aloqador bo‘l- magan narsani chizishi yoki o‘zining imkoniyatiga to ‘g‘ri kel- maydigan, kuchi yetmaydigan masalani qo‘yishi mumkin.

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin