Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar bilan qurilish ma- teriallari yordamida o ‘yin va mashg‘ulotlar o‘tkazishning ahamiya- ti katta. Yosh avlodni har tomonlama tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish materiallari yordamida o‘tkaziladigan o‘yin va mashg‘ulotlar katta o‘rin egallaydi. Bolalarning c]ut il ish o‘yinlari rollarga bo‘linib o ‘ynaladigan o‘yinlarning ajialmas bir qismi hisoblanadi. Qurilish o‘yinlarida ham bolalar levai.ik
141
atrofdagi narsalarni, kattalarning faoliyatlarini aks ettiradilar. Quri- lish o ‘yinlarining mazmunini bolalarning o‘zlari yaratadilar. Bola lar, ko‘pincha, kattalarning qurilishdagi faoliyatlariga taqlid qilib,
«Quruvchi ishchi» rolini bajaradilar. Bolalarning qurilish o‘yinlari qiziqarli ijodiy faoliyatdir. Ular o‘z o‘yinlarida qurilishlarni trans port harakati, kattalarning mehnati haqidagi taassurotlarini aks et tiradilar. Bunday o ‘yinlar bolalarda tashabbuskorlikni uyg‘otishga, ularni fikr yuritish va harakat faoliyatlarini faollashtirishga keng im- kon yaratadi. Mashg‘ulot va o ‘yin vaqtida bolalar bir-birlari bilan turlicha munosabatda bo‘ladilar. Ular rollarni o‘zaro bo‘lishib ola dilar, ishlami bajarishda bir-birlariga yordam beradilar va masla- hatlashadilar. Qurilish o‘yinlarida harakat elementlari ko‘p bo‘lib, u bolalarning harakat qilishga nisbatan bo‘lgan talablarini qondi- rishga yordam beradi. Bola biror narsani qura boshlaganda qurilish materiallarini tegishli joyga olib boradi, ularni stol yoki pol usti- ga joylashtiradi, engashadi, bu vaqtda uning qo‘llari faol harakat qiladi, ya’ni ma’lum miqdorda jismoniy kuch sarflaydi. Mayda qurilish materiallari bilan o ‘ynaganda, qo‘lning mayda muskul- lari yaxshi rivojlanadi. Qurilish o‘yinIarini o ‘ynash natijasida bola larning kuzatuvchanligi ortadi, texnikaga boMgan qiziqishlari o‘sib boradi. Bundan tashqari, ular o‘yin jarayonida oddiy geometrik shakllarning tuzilishi bilan ham tanishadilar. Qurilish o‘yinlarining tarbiyaviy ta’siri shundaki, bunda bolalar aks ettiradigan hodisa va narsalarning g‘oyaviy mazmuni o‘z aksini topadi.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarda tafakkurning tahlil va sintez, taqqoslay bilish kabi uquvlari hali sust rivojlangan bo‘ladi. Qurilish materialari yordamida o‘tkaziladigan o‘yinlar esa bola larning tafakkurini, ijodiy qobiliyatini o‘stiradi. Tarbiyachining ko‘rsatgan narsasini esda saqlab qolish va uni qayta esga solish bo- lalarni narsalarni bir-biriga solishtirishga, tahlil va sintez qilishga, o‘xshashini topib qo‘yishga va farqini ajrata bilishga majbur qiladi va qurilishdagi vazifalarni pala-partish bajarmaslikka, tasodifiy xu- losa bilan qoniqib qolmay, balki maqsadga muvofiq yo‘l tutishga o‘rgatadi. Bolalar bilimini sistemali ravishda qurilish o ‘yinlari faqat tevarak-atrofni bilib olish vositasigina bo‘lib qolmay, balki axlo- qiy sifatlarni tarbiyalovchi vosita hamdir. Bolalar doimo atrofda qurilayotgan yangi turar joylami, maktablar, bolalar bog‘chalari, do‘konlarni kuzatib boradilar va tarbiyachidan hukumatimizning
142
xalqlarga qilayotgan g‘amxo‘rligini eshitadilar. Bolalar bevosita kuzatayotgan qurilishdagi aniq misollar bolalarning o'zbek xalqi o‘z mehnatini qanchalik sevishini tushunishlariga yordam beradi. Qurilish o‘yinlari orqali tarbiyachi bolalarda mehnatsevarlik, mus- taqillik, o‘z ishiga javobgarlik hissini tarbiyalab borishga harakat qiladi.
Bolalar jamoasini to ‘g‘ri tashkil etishda qurilish materiallari bi lan o‘tkaziladigan o‘yin va mashg‘ulotlar katta ahamiyatga ega. Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o‘yin va mashg‘ulotlar bolalarni maktabga tayyorlash ishini amalga oshirishda ham yor dam beradi. Bu o‘yin va mashg‘ulotlar jarayonida bolalarda diqqat- ni bir joyga to‘plash, oldiga qo‘ygan maqsadga chidam va sab ot bilan erishish, olgan bilimi va malakasi asosida ijodiy tashab- buskorlik ko‘rsatish xususiyatlari shakllanib boradi. Qurilish haqi dagi asosiy bilimni bolalar qurish-yasash mashg‘ulotida egallay- dilar. Ana shu mashg‘ulotlarda ular narsalarning elementar ko‘- rinishlarini, qurilish detallaridan maqsadga muvofiq foydalana olishni o‘rganadilar va qurilishni badiiy jihatdan bezashning oddiy usullarini o ‘zlashtirib oladilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi ki chik bolalar qurish-yasashga bir necha bor urinadilar, ular faqat iqurilish to‘plamlaridagi materiallarni yapaloq tomoni bilan qo‘yib, terib chiqadilar yoki bir-birining ustiga qo‘yadilar. Tarbiyachi bo lalarni har xil narsalar qurishga o‘rgatgan bo‘lsa, kichik yoshdagi bolalarning qurilish o‘yinlarida u o‘z aksini topadi.
Qurilish materiallari bilan o‘tkaziladigan o ‘yin va mashg‘ulot- lar uchun zaruriy sharoitlar. Bolalar qurish texnikasini yaxshi o‘z- lashtirib olishlari uchun guruhlarda zarur shart-sharoitlarni yara- tish lozim. Buning uchun, awalo, guruhda yetarli miqdorda qu rilish materiallari bo‘lishi, ya’ni hamma bolalar bir vaqtda yoki hech bo‘lmaganda yarim guruh bolalar mashg‘ul bo‘la oladigan darajada material boMishi zarur. Namunaga qarab qurish mash- g‘ulotida ham bolalarni materialdan cheklab qo‘ymay, balki har kimga keragini taqsimlab berish lozim. Bolalar har doim zarur bo‘lgan materialni olib ishlata bilishni o‘rgansinlar. Bolalar qu rish-yasash malakalarini endigina egallay boshlaganlarida, ya’ni ikkinchi kichik guruhdan boshlab qurish mashg‘ulotlariiii o'tislij’a ruxsat beriladi. Mashg‘ulotlarda qurish-yasashga o‘rgatisli uchun stol ustida o‘ynaladigan qurilish to‘plamidan foydalangan ma'(|ul
143
Ko‘pchilik bolalar bog‘chasining uchastkasida qurib o'ynash uchun yirik qurilish materiallaridan foydalaniladi. Bu materiallar bola- larni ko‘pchilik bo‘lib qurishga, o ‘ynashga o‘rgatadi. Guruhdagi bolalarning hammasi qurish usullarini yaxshi o‘zlashtirib olish- lari uchun mashg‘ulot vaqtida stollarni har xil joylashtirish mum- kin. Qurilishni yakka-yakka bajarayotganda stollarni odatdagi tar- tibda yoki П harfi shaklida terib qo‘yish mumkin, agar bolalar bir qurilishni guruh bo‘lib bajarsalar, 2—3 stolni birlashtirib, qa- tor qilib qo‘yish kerak. Mashg‘ulot vaqtida bolalarga qurilishning eng zarur usullari ko‘rsatiladi, shuning uchun mashg‘ulot uzoq cho‘zilmasligi (10—12 daqiqadan oshmasligi) kerak. Qurish-yasash mashg‘ulotlarini o‘quv yilining birinchi yarmida o‘tkazish maqsad- ga muvofiqdir, ikkinchi yarmida esa o‘yinlar bilan chegaralansa ham bo‘ladi. Mashg‘ulotning maqsadi qurish-yasashning hamma usullarini ko‘rsatishdan iborat: qurilishni qurishda qurish-yasash ning hamma usullari ko‘rsatishni va harakat bilan tushuntirish, tayyor qurilgan namunani ko‘rsatish va unga kirgan elementlarni tahlil qilish. Namuna sifatida qurilish materiallaridan nima- lar yasash mumkinligini ko‘rsatuvchi tayyor qurilishdan foydal anish. Bolalar bino, inshootni qurishni bilib olishlari uchun (ba- land poydevorning ustini qanday bekitish, bir detalni qanday qi lib boshqasi bilan almashtirish, tekislikni qanday kengaytirish va shu kabilar) qurilishning ayrim detallarini ko‘rsatish. Tarbiyachi tomonidan bajarilayotgan qurilishning ayrim qismini davom etti- rishni bolalarga taklif qilish. Quriladigan obyekt haqida tushuncha berish, masalan, qurilishning hajmini (katta-kichikligini) aniqlash, bunda qurilishning o‘yinchoqlarga mos bo‘lishini aytish. Bolalarni o'zlari ijod qilib qurishga o‘rgatish uchun zarur sharoitlar va ashy- olar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.