Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə33/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

I kichik guruh. Bolalarga qurilish materiali — kubik, g‘ishtcha, turli xil shakldagi shakllar bilan, ularning qanday holatda joylash- ganligi (g'ishtcha yotibdi, turibdi) bilan tanishtiriladi. Bundan tashqari, kubiklarni gorizontal holda joylashtirish, bir-birining usti- ga qo‘yish, darvoza, uycha qurish kabilar ham o‘rgatiladi. Tarbiya­ chi qurilmalar va tevarak olamdagi tanish predmetlar o‘rtasidagi o ‘xshashlikni topishni bolalardan so‘raydi.
II kichik guruh. Bolalarga asosiy qurilish materiallarini (kubik, g‘ishtcha, plastilin) farqlash bilan birga, ularni nomini aytish, kat­ ta, kichik, uzun, qisqa, baland, past kabi so‘zlarning ma’nosini tu- shunib aytish, g‘ishtchalarning orasini teng masofada joylashtirish kerakligi tushuntiriladi.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rga- tishning mazmuni.
I kichik guruh. Bolalarga 8—10 qurilmalar qurish o‘rgatiladi Masalan, mebel (stol, stul, divan, krovat), zinapoya, ko‘prik, uy­ cha, tramvay. Birinchi mashg‘ulotlarda bolalar oldingi guruhlarda yasalgan qurish-yasash ishlarini qaytaradilar, so‘ng bolalar mebel quradilar. Awal bolalar alohida predmetlami turli variantlarda,
146
so‘ng 2—3 qurilmalami birdaniga qurishni o‘rganadilar (stol va stul, divan va hokazo). Keyingi mashg‘ulotda bolalar katta uy quradilar, 3—4 kubiklardan, so‘ng 6 kubik yoki g‘ishtchadan zinapoya qura­ dilar. Ishning keyingi bosqichi — ko‘prik qurish, 2 kichik prizma- dan ko‘prik qurishadilar.
II kichik guruh. Dastlabki mashg‘ulotlar ikkinchi kichik guruh­ da g‘ishtchalami bir tekisda yoMakcha qilib terib chiqish malaka­ larini rivojlantirish, mustahkamlashga qaratiladi. Bolalar qisqa yo‘lka, keng yoikalar quradilar. Keyinchalik tramvay yo‘li qurish­
ni bolalardan talab qilish mumkin. Bu mashg‘ulotIarning asosiy maqsadi —bolalarga g‘ishtchalarni bir tekislikda joylashtirishga va uzun-qisqa, tor-keng kabi tushunchalarni o‘rgatish. Keyingi mash- g‘ulotlarda bolalar g‘ishtchalami vertikal holda joylashtirishni o‘r- ganadilar. Shundan keyin bolalarga tarbiyachi darvozani turli vari- antda yasashga o‘rgatadi (g‘ishtchalarda, kubik, plastilindan). Bu- lami bolalar ma’lum ketma-ketlikka asoslangan holda bajaradi­ lar. Tor-keng, baland-past tushunchalari darvoza qurish jarayon­ ida bolalarga tushuntirib boriladi: keng darvoza — yuk mashinasi uchun, tori esa — yengil mashina uchun, baland darvoza — kat­ ta qo‘g‘irchoq uchun, pasti esa —kichik qo‘g‘irchoq uchun mo‘l- jallangan. Bolalarga bir necha mashg‘ulot davomida sistemali rav- ishda uychaning yangi konstruksiyasi berib boriladi. Tarbiyachi har gal yangi konstruksiyani oldingi konstruksiya bilan solishtiradi, ular o ‘rtasidagi o ‘xshashlik va farqlarini topadi. Bolalarda namunaga qarab uychani qurish malakasi hosil bo‘lganligini tekshirish uchun, namunani o‘zlari mustaqil tarzda qurib berishlarini tarbiyachi il- timos qiladi. Masalan, tarbiyachi boladan namunada qurilgan uy­ chani, balandroq qilib qurib berishni so‘raydi. Masalaning bu turi bolalarda aqliy faollikni yanada oshiradi.
Birinchi kichik guruhda. tarbiyachi dastawal bolalarni quri­ lish materiallari —kub, g‘isht bilan ularning shakli katta-kichikligi, tekis stol yuzasida turlicha joylashishi (ya’ni g‘isht yotibdi, g‘isht turibdi) va uning mustahkamligi, holatiga bog‘liq ekanligi bilan tanishtirib boradi. G ‘ishtlarni ketma-ket gorizontal joylashtirib (poyezd, yoikacha) bir-biri ustiga qo‘yish orqali oddiy to'siqlar (darvozalar, uylarni) qurishga o ‘rgatib boriladi. Tarbiyachi bola larni o‘z qurilmalari bilan hayotdagi tanish predmctlar o'ltasidaHi o ‘xshashlikni topishga, aniqlashga o‘rgatib boradi.
147
Ikkinchi kichik guruhda bolalarni faqatgina qurilish detallari (kub, g‘isht, plastina)ni bilishga farq qilishga ularni to ‘g‘ri atashga o‘rgatib boriladi. Masalan, katta-kichik, uzun-qisqa, past-baland g‘ishtlami bir-biridan bir xil masofada doyra, to‘g‘ri to‘rtburchak bo‘ylab (panjara) ularni ensiz tomoni bilan qo'yib chiqishga o‘rgatib boriladi.
Birinchi kichik guruhda bolalarni 8—10 oddiy bo‘lgan quril- malarni Ьафо etishga o‘rgatiladi, (stol, stul, divan, krovat, mino- racha, ko'prikcha, uycha, tramvay) kabilarni qurishga o‘rgatiladi. Dastlabki mashg‘ulotlarda bolalar oldingi guruhda bajarilgan quril- malarni qaytadan quradilar, so‘ng mebel qurishga o'rganadilar. Oldin bu predmetlar alohida turli xil variantlarda quriladi, so‘ng bolalarga birato‘lasiga 2—3 ta qurilmalarni qurish taklif etiladi (stol, stullar, stol va divanlar) bu qurilmalar bilan bolalar o‘yin o‘ynashlari uchun bolalarga turli xil qo‘g‘irchoqlar, idishlar beriladi. Keyingi mashg‘ulotlarda bolalar uycha, qurishlar uchun 3—4 kubikdan bir-birining ustiga qo‘yish, 3 yoqli prizma bilan us- tini qoplash orqali quradilar. So‘ng kubikdan yoki g‘ishtdan yuq- origa taxlash orqali narvoncha quradilar. Bolalar bu qurilmalarni qurish yo‘llarini o‘zlashtirib olishgach, ular tarbiyachining so‘zi orqali qurilmalarni qurishga 2 ta kubikdan plastinalar va ikki ki­ chik uch yoqli prizma yordamida ko‘prik qurishni o‘rganadilar. Tarbiyachi bolalarni bog'cha uchastkasida va guruh hovlisida mashg‘ulot jarayonida o‘rgangan qurilmalarni qurib, ular bilan o‘yinlar o‘ynashga qiziqish uyg‘otishi kerak. Ikkinchi kichik gu­ ruhda dastlab birinchi kichik guruhda olgan bilim va malakalari mustahkamlanadi. Bolalar keng va tor yo‘lkachalami, g‘ishtlarni qatorasiga tekislikda joylashtirish orqali quradilar. Keyinchalik tramvay uchun har bir bola kalta yo‘lkachani, hammasi bir bo‘lib, tramvay yo'lini quradilar. Bu mashg‘ulotlardan maqsad bolalar­ ni g‘ishtchalarni tartibli qilib bir-biriga ulashga yoki birlashti- rishga, ularning fazoviy belgilarini to ‘g‘ri atashga, uzun qisqa, keng-torligini o‘rganadilar. Keyingi 2—3 ta mashg‘ulotlarda bo­ lalar g‘ishtlam i bir-biriga zich yoki ma’lum bir oraliqda vertikal joylashtirishga o ‘rganadilar. Bunda g‘ishtlarni uzunasiga^yoki en­ siz, qisqa tomoni bilan joylashtirishni o‘rganadilar. Masalan, shu maqsadda bolalar o‘z hayvonlaridan o‘rdakcha, kuchukcha uc­ hun panjaralar quradilar. Keyingi mashg‘u!otlarda bolalar dar-
148
vozalarning turli variantlari bilan tanishadilar. Bularni kub va plastinalardan quradilar. Tarbiyachi bolalarning keng va tor ha- qidagi tushunchalarni egallashlari uchun, ularga yuk mash inasi uchun keng darvoza, yengil mashina uchun tor darvozalar qurish- ni taklif etadi. Bitta qurilma detallarini o ‘zgartirish orqali uning qurilish yo‘llarini o‘zgartirish mumkinligini bolalalarga tushun- tirish maqsadida tarbiyachi bir nechta mashg‘ulotlar uyushtiradi. Har bir mashg‘ulotda qat’iy sistema asosida yangi qurish kons- truksiyasi bilan tanishtiriladi va uni eski konstruksiya bilan so- lishtirib, ular orasidagi farq aniqlashtiriladi. Bolalar tarbiyachi- ning namunasiga qarab qurishni o‘zlashtirib olishgach, tarbiyachi bolalar oldiga xuddi shunday uycha, ammo balandroq yoki uzun- roq qilib qurishni taklif etishi mumkin. Awalo, tarbiyachi shu konstruksiyani saqlab qolib, faqatgina uni uzunroq yoki baland­ roq qilib qurish yo‘llarini oldindan tushuntirib beradi. Bu esa bo­ lalarda aqliy faollikning o‘sishiga olib keladi.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhda bolalarni qurishga o‘rga- tishda kublar, g‘ishtlar, plastina va uch yoqli prizmalar to‘pla- midan iborat qurilish materiali M.A. Agapova muallifligidagi, shuningdek, № 3—4 bo‘lgan qurilish to ‘plamlaridan foydalanadi- Iar. Yil;davomida tarbiyachi birinchi kichik guruhda to‘rtta-olti- tadan boTib, mashg‘ulotlarni uyushtiradi. Asta-sekin guruhcha- lar sor\i ko‘paytiriladi, yilning ikkinchi yarmidan boshlab, butun guruh bolalari bilan o‘tkaziladi. Kichik guruh bolalarini qurish­ ga o‘rgatishda turlicha metodlardan foydalaniladi. Asosiy o‘rinni informatsion-retseptiv va reproduktiv metod egallaydi. Bolalar ni- mani qurish va qanday qurish kerakligi bilan tanishtiriladi. Shu maqsadda tarbiyachining qurish namunasidan qurish yo‘llarini ko‘rsatish va to‘g‘ri tushuntirish jarayoni bilan birgalikda foydala­ niladi. Bolalarni u yoki bu qurilmani qurishga o‘rgatishdan oldin, tarbiyachi bolalarni o‘sha predmet, uning qismlari bilan, ularning amaliy belgilari bilan tanishtirib boriladi. Masalan, tarbiyachi sayr vaqtida bolalar bilan arg‘imchoqni kuzatadi, u ikki qismdan ibo­ rat: birinchi qism zinapoya, ya’ni bolalarning tepasiga chiqishlari uchun, ikkinchi qismi esa, tushishi uchun sirg‘aluvchi qismi. Biin- day maqsad sari ko‘rib chiqishlar, uyushtirishlar yordamida bola­ lar bu narsalarni o‘z qurilmalarida ijobiy hal qilishlariga yoidam beradi. Tarbiyachi bolalarni qurishga o‘rgatishda o‘z naiiumalaii
149
ni ko'rib, tahlil qilib chiqadi. Oldin namuna yaxshilab ko'rib chi- qiladi, butun bir holda, so‘ng esa ularni qismma-qism ko‘rib chi- qiladi. Masalan, uycha devorlari, to‘siqlari va tomi. So‘ng ulaming shakllari va bir-biriga nisbatan joylashishlari ko‘rib chiqiladi. So‘ng har bir qismning qaysi detallardan qurilganliklari ko‘rib chiqiladi. Masalan, uychaning tomi, qatorma-qator qo‘yi!gan prizmalardan iborat va hokazo. Namunani bunday tartibda ko‘rib chiqish, quril- mani bunday bunyod etishda ketma-ketlikka rioya qilishga yordam berib, bolalar uchun ham qurish-yasash jarayonini ancha oson- lashtiradi. Tarbiyachi bolalarni qurish-yasashning texnik usullariga o'rgatishda, bolalarning o‘zlari mustaqil ravishda harakat qilishlari uchun qurish-yasashning xilma-xil variantlaridan va uni qurish- ning turli yo‘llaridan foydalanishga o‘rgatib boriladi. Bu vaqtda tarbiyachi reproduktiv va evristik metodlardan birgalikda foydala­ nadi yoki qoilaydi. Har bir mashg‘ulot oxirida tarbiyachi bolalarni o‘zi qurgan ishlari yoki qurilmalari bilan o‘yin o‘ynashlari uchun ikki-uch daqiqa ajratib beriladi bu esa bolalarda o‘yin jarayoniga nisbatan qiziqishni uyg‘otadi, unda foydalanadigan o ‘yinchoqlar esa bolalarni qurish-yasashga chalg‘itmay, balki qurish-yasashga nisbatan qiziqish, havas paydo qiladi. Tarbiyachi bolalarga qurilish materiallari detallari nomini faqatgina mashg‘ulotlarda emas, balki mashg‘ulotdan keyin ularni yig‘ib qo‘yish jarayonida ham tushun- tirishni amalga oshiradi. Masalan, qurilmalarni yig‘ib-terganda, ol­ din kublar, so‘ng plastinkalarni va bolalar qurish-yasash jarayonida she’r, qo'shiqlardan, ertaklar mazmunidan («Uch ayiq» ertagida) mebel qurishda foydalanish bolalar qurilish ishlarining yana ham qiziqarli bo‘lishiga olib keladi. Shuningdek, qurish-yasash jarayo­ nida ba’zi bolalarga savollarni amaliy harakat orqali berish mum­ kin. Agarda ko‘ngilli bolalar vazifani bajarishga qiynalsalar yoki bil- masalar, unda tarbiyachi qaytatdan tushuntirib beradi. Bolalar ish­ larini tahlil qilishda faqatgina bolalar ishlarining toza va to‘g‘riligi ko‘rsatib o‘tilmay, balki barcha jarayon, ya’ni namunani qanday ko‘rib chiqishligi, material qanday tanlanganligi ayrim harakat- lar qanday bajarilganligi haqida tarbiyachi gapirib o‘tadi. Har bir mashg‘ulotdan so‘ng tarbiyachi bolalarga qurilmani joy-joyiga qanday taxlashni, qanday ish qo‘yishni tizimli ravishda ko‘rsatib beradi. Qurish-yasashning oddiy qurilmalarini yasashda bolalar texnik malakalarga ega bo‘ladilar.
150
Yilning boshida ikkinchi kicliik guruhda o‘tilgan mavzular- ni takrorlovchi mashg‘ulotlar o‘tkazi!adi. Masalan, darvoza qu­ rish (keng-tor, baland), mebel, o'yinchoqlaming kattaligiga qarab, garaj qurish. Tarbiyachi garaj qurib ko‘rsatishdan awal bolalar­ ga mashinaning katta-kichikligiga e’tibor berishni iltimos qiladi. Yuk mashinasi uchun katta garaj, yengil mashina uchun kichik ga­ raj qurish kerak. Keyingi mashg‘ulotlarda bolalar tarbiyachining ko‘rsatmasi va namunasi asosida ko‘prik, trolleybus, tramvay, av- tobus, yuk mashinasini qura boshlaydilar. Shunda bolalar silindr bilan, undan qurilmada qanday foydalanish kerakligi bilan tanisha- dilar. Har bir qurilmani o'rganish uchun bir nechta mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Dastlabki mashg‘ulotlarda bolalar namuna bo‘yicha, keyingilarida esa mustaqil qurishni o‘rganadilar. Masalan, bolalar namuna bo‘yicha ko‘prik qurishni o‘rganib bo‘lganlaridan so‘ng, ularga mustaqil tarzda baland, keng ko‘prik qurish taklif etiladi. Bunda bolalar o‘zlari qurilish materiali tanlab, ko‘prikning kons- truksiyasini o‘ylab topadilar. Har bir mavzu, konstruksiya borgan sari murakkablashib boradi. Har bir mashg‘ulot tarbiyachi rahbar- ligida olib boriladi, ba’zi bir variantlarni bolalar o‘zlari mustaqil ba­ jaradilar, shu orqali bolalarda mustaqil fikrlash malakasi rivojlana- di. Yilning ikkinchi yarmida bolalar o‘zi o‘ylagan, istagan narsalar- ini yasashlari mumkin. Bundan maqsad —hosil bo‘lgan malakalar- ni mustahkamlash, mustaqil fikrlashga o‘rgatish va o‘ylagan narsal- arini ijodlarida qo‘llashga o‘rgatish.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rga- tishning metod va usullari. Birinchi va ikkinchi kichik guruhlar­ da kubiklar, g‘ishtchalar, plastilin, prizmalardan foydalaniladi. Yil boshida 1 kichik guruhda tarbiyachi 4—6 tadan iborat bolalar gu- ruhini tashkil qiladi. Sekin-asta guruhlar soni ko'payib boradi, yilning 2-yarmida esa mashg‘ulotlar butun guruh bilan birgalik- da olib boriladi. Kichik guruhda qurish-yasashga o'rgatishda tarbi­ yachi turli metodlardan foydalanadi. Asosiy metodlar informatsion- retseptiv va reproduktiv metodlardir. Bolalarga nimani qanday yasash kerakligi tushuntiriladi, tarbiyachi bolalarga namuna ko'r- satib, to‘la tushuncha beradi. 0 ‘rgatishdan awal tarbiyachi tas virlanadigan predmetning yaxlit o‘zini, uning qismlarini bolalarj',a to‘laligicha ko‘rsatib tushuntiriladi. Bolalar predmetni kii/ali.slil.iii asosida o‘z qurilmalarini quradilar. Masalan, tarbiyachi sayi vaqti
151
da bolalarga awal zinapoyadan tepalikka ko‘tarilib, so‘ng sirpanib tushish kerakligini aytadi. Mashg'ulotning boshida namuna yaxlit- ligicha ko‘rsatiladi. So‘ng namunaning qismlari, uning shakli qan­ day joylashganligi tushuntiriladi (uyning devori, tomonlari, tomi va hokazo). Tarbiyachining bunday tushuntirishi bolalar ishini an­ cha osonlashtiradi. Bolalar olgan bilimlari asosida o‘z qurilmalari- ning mustaqil tarzda yasay olishlari kerak. Shuning uchun biror bir qurilmani turli xil variantlarda ko‘rib ko‘rsatish lozim. Har bir mashg‘ulot yakunida tarbiyachi bolalarga bu qurilma bilan qanday o ‘ynash mumkinligini ko‘rsatadi (2—3 daq.). Bu paytda bolalar­ da o ‘yin faoliyatiga qiziqish uyg‘onadi. Bu o ‘yin faoliyati bolalarni qurish-yasash jarayonidan chalg‘itadi, lekin kichik guruhda bundan tez-tez foydalaniladi. 0 ‘yinchoq bolalarni qurishga undaydi. Bola­ larga qurilish materiallaming qismlari nomini yaxshi o‘zlashtirish uchun tarbiyachi mashg‘ulotdan keyin materiallarni stolga birma- bir qo‘yib, ularni nomini aytadi.
Didaktik o‘yinlar orqali ham bolalarga tushuncha berib boriladi. Qurish-yasash faoliyatini yanada qiziqarli o'tishi uchun tarbiyachi bolalar bilan ishlaganda ertak parchalari, topishmoq, she’rlardan keng foydalanish lozim. Bu tarbiyachining mahoratiga bogiiq. Tar­ biyachi qurish-yasash jarayonida bolalarning ishlarini to‘g‘ri baja- rishlarini, materialdan to ‘g‘ri foydalanishlarini kuzatib boradi. Agar tarbiyachi bolalarning biron bir xatosini ko‘rsa, u paytda qaytadan tushuntirib, ko‘rsatib berishi mumkin. Bolalarning ish faoliyatini tahlil qilganda tarbiyachi faqatgina natijalamigina emas, balki bo­ lalar namunani qanday kuzatganliklari, materialni tanlab, ishni qanday bajara olishlarini ham hisobga oladi. Mashg‘ulot yakuni­ da pedagog bolalarga qurilish materiallarini yig‘ib, joyiga joylashni ham ko'rsatib beradi.
0 ‘rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari. 0 ‘rta guruhda bolalarga tanish bo‘lgan qismlarni (kubik, g‘ishtcha, plastilin) nomlash bilan birga, ularni bir-biridan farqlashga ham o‘rgatiladi. Bolalar qurilmalarni mustaqil tahlil qilishni o‘rgana- dilar; uning asosiy qismlarini ajratish, katta-kichikligi, tuzilishini farqlash, narsalarning qanday joylashganligini o‘rganadilar. Bo­ lalar kichik guruhda tarbiyachining namunasi asosida ko‘rgan bo ‘lsalar, o‘rta guruhda esa mavzuning nomlanishiga qarab, o‘zlari o‘ylaganlari bo‘yicha quradilar. Shuning uchun bolalar diqqa-
152
ti qurilmani oldindan rejalashtirib, unga kerakli bo‘lgan shakllar- ni tanlashga qaratiladi. 0 ‘rta guruhda qurish-yasash predmetlarini farqlash, ularning xususiyati bilan tanishish, shu xususiyatiga asos- lanib, predmetlami gumhlarga ajratishni o‘rganadilar. Qurilma­ larni qurish ishning ketma-ketligini rejalashtirishga bolalarni ol­ dindan detallaming shakliga, katta-kichikligiga va mustahkamli- giga qarab tanlashga o‘rgatilib boriladi. Bularni qurish jarayonida bolalar silindr nomini to‘g‘ri aytishga, undan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanishga o‘rganadilar. Bolalarning har bir konstruksiyani o‘zlashtirib olishlari uchun bir necha mashg‘ulot o‘tkaziladi. Bi- rinchisida, bolalar namunaga qarab qurishga o‘rganadilar, keyingi mashg‘ulotlarda esa, bu namunani o‘zlari mustaqil hal qilishga, ya’ni konstruktiv masalani hal qilishga o‘rganadilar. Masalan, bo­ lalar namuna asosida ko‘proq qurishni (ko‘prikning tayanch qis- mini, ko‘prik qurilmalarini va mashinalar uchun plastik qism, ya’ni tushuvchi qismni bilib olishgach, uni qurish uchun qan­ day detallardan foydalanish kerakligini) o‘rganib olishgach, bola­ larga shu usulda ko‘prik, ammo baland yoki keng ko‘prik qurish tavsiya etiladi. Keyinchalik bolalar o‘zlarida bor bo‘lgan qurilish materiallaridan keng foydalanib, o‘zlari yangi ko‘prik konstruk- siyasini o‘ylab topadilar. Tarbiyachining rahbarligida bolalar bit- ta konstruksiyani bir necha murakkablashgan ko‘rinishlarda qu­ rishga o‘rganadilar. Bu esa bolalarda qurishning turli yo‘llari haqi- dagi tasawurlarini shakllantiradi, fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradi. Yilning ikkinchi yarmidan boshlab bolalarga yuqoridagi vazifalar- dan tashqari, bolalarga o‘z ixtiyorlari bo‘yicha qurish-yasashlar beriladi. Bu ixtiyoriy qurish mashg‘ulotlari davomida bolalar qu­ rish bo ‘yicha olgan bilim malakalari rivojlanadi, mustaqillik va tashabbuskorliklari o‘sadi. 0 ‘z maqsadlarini va qurish-yasash ish- larida amalga oshirish uquvlari shakllanadi. Mashg‘ulotlarni. uy- ushtirganda, turli-tuman mayda o‘yinchoqlardan (odamlar, hay- vonlar, o'simliklar, transport) foydalanadilar. Bu esa bolalar quri­ lish o‘yinlarini yanada boyitadi, uni maqsad sari yo‘naltiradi va o‘yin faoliyatlarining yanada rivojlanishiga olib keladi. Qurilish materiallari alohida-alohida bo‘lakchalarga yoki bo‘limlarga ajra- tilgan javonlarda saqlanishi mumkin. Har bir qurilish materialining turi tuzilishiga, ya’ni shakliga qarab, bir-biridan alohida-alohida saqlanadi, chunki bolalar o‘zlariga kerak qurilish materiallarini tez
153
va oson ajratib oladilar va har bir shaklni tezroq o‘zlashtirib olish- lariga yordam beradi.
Yilning ikkinchi yarmidan «Shaharcha» mazmunli to ‘plamdan foydalaniladi, bu to'plam prizma, kubik va daraxt siluetlaridan ibo- rat.
0 ‘rta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usul- lari. 0 ‘rta guruhda, asosan, informatsion-retseptiv metoddan foy­ dalaniladi. Tarbiyachi bolalarga yangi bilim berayotganda, bola­ larga illustratsiyani ko‘rsatib, uning asosiy qismlarini ajratib tu- shuntiradi. Namunani kuzatish paytida tarbiyachi bolalarga ular o‘rtasidagi farq, o'xshashlikni tushuntirib beradi. Bolalarni tahlil qilishga jalb qilish lozim, qurilma nimadan iborat, uning qismlari qaysi detallardan iboratligi so'raladi. Tarbiyachi, agar bolalar xato qilsa, to‘g‘rilaydi, qiynalsa, yo‘llanma beradi. Tarbiyachi bolalarga ko‘prik konstruksiyasini o ‘ylab topish vazifasini berayotganda, bo­ lalar bilan qisqa suhbat o‘tkazadi: ko‘prikning asosiy qismlari ni­ madan iboratligi eslatib o'tiladi. Mavjvid materialdan qurilma uc­ hun kerakli boigan detallarni tanlab olish taklif etiladi. Qurish- yasash mashg‘ulotida bolalarga tanish bo‘lgan materiallar stol ustiga qo‘yiladi, uning yoniga turli xil mayda o'yinchoqlar: qo‘g‘irchoq, hayvon, transport terib qo‘yiladi. Maslig‘ulotning boshida tar­ biyachi bolalarning nima yasamoqchi ekanliklarini, kim uchun, qanday materialdan foydalanishlarini bilib oladi. Buning uchun bolalar kerakli materialni tanlab olib, keyin qurishni boshlash- lari lozim. Tarbiyachi bolalar ishini kuzatib, ularga yordam beradi, rag‘batlantiradi. Bolalarning o‘zlari o ‘ylab topgan qurilmalari tah­ lil qilinadi. Bolalarni qurish-yasashga o‘rgatishda tarbiyachi har bir bolaga berilgan vazifani mustaqil bajarishga imkoniyat yaratadi.
Katta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari. Kat­ ta guruhda predmetni tahlil qilish, ularning xarakterli belgilarini solishtirishga o‘rgatib boriladi. Bu guruhda o‘rgatish faoliyatining oddiy elementlari katta ahamiyatga ega, ya’ni vazifani tushuni- shi, ularni mustaqil bajarishi kabi. Bolalarga so‘zlab berish orqali qurish-yasashga o‘rgatiladi. Tarbiyachi bolalarga o‘z so‘zlari orqa­ li mavzuni rasm, illustratsiyalar orqali tushuntirib beradi. Asosiy diqqat bolalarni o‘z o‘ylaganlari bo‘yicha ishlashga qaratiladi. Bo­ lalarda qurilmalami mustahkam qurish, g‘ishtchalardan ustuncha qurish kabi yangi malakalar shakllanadi. Jamoa qurilmalarini qu-
154
rishni (hayvonot bog‘i, ko‘cha, bolalar bog‘chasi) bolalar bir-bir- lari bilan birga bajaradi.
Yuqoridagi malakalami bolalar turli qurilmalarni yasashda egallab boradilar. Ba’zi qismlarni almashtirib yasash uchun tur­ li mavzular tanlanadi: uylar, transport, ko'prik. Bu paytda tarbi­ yachi mavzuni nomlashni bolalarga aytadi. Shundan so‘ng tarbi­ yachi tayyor qurilmani bolalarga ko‘rsatib, xuddi shunday baja- rishlari kerakligini talab qiladi. Bunday mashg‘ulotlarda bolalar bor bo‘lgan materiallar-dan mustaqil ravishda konstruktiv vazifalami bajarishni o‘rganadilar. Bolalarda oldindan, quriladigan materialni mo‘ljallash malakasini shakllantirish, devorchalar qurish-yasash mashg‘ulotlarini o‘tkazish mumkin. Dastlabki mashg‘ulotlarda bo­ lalarga oddiy vazifa, ya’ni devorni namuna orqali qurish vazifa- si beriladi. Tarbiyachi ustunchalarni qurish, so‘ng g'ishtchalarni to ‘g‘ri joylashtirishni ko‘rsatadi. Keyingi mashg‘ulotda esa bola­ lar 2 ta uy quradilar. Bu vazifa namunasiz bajariladi. Vazifaning shu tariqa berilishi va uni asta-sekin murakkablashtirib borish bo­ lalarni keyingi bo'ladigan faoliyatga tayyorlab boradi. «Tepalik qurish» mashg‘ulotlarida bolalar awal tarbiyachining namunasini ko‘rib, tepalikning balandligini belgilab oladilar. Shundan so‘ng bu tepalikdan koptokchani dumalatib ko‘radilar. Tarbiyachi bolalar­ ga tepalikning baland, pastligiga ko‘ra, koptokchalarni tez va sekin dumalatishni tushuntirib beradi. Bolalarga baland tepalik va past tepalik qurish topshirig‘i beriladi. Bu mashg‘ulotda bolalar kop­ tokchani tez yoki sekin dumalatish tepalikning baland-pastligiga bog‘liqligini aniqlaydilar, ya’ni baland tepalikdan koptok tez duma- laydi, past tepalikdan esa sekin dumalaydi. Bunday mashg‘ulotlar bolalarning mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stiradi.
Katta guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usul­ lari. Katta guruhlarda M.P. Agapovaning qurilish materiallaridan, o‘yinchoqlar institutida ishlab chiqilgan № 2, 5, 6 to‘plamlaridan foydalanish mumkin. 0 ‘rgatishning asosiy metodlari — informa- tsion-retseptiv, tekshirish evristik metodlar. Bolalar namuna orqali tasvirlaydilar, tarbiyachi tushuntiradi, sayrda maqsadga qaratilgan kuzatishlar olib borishadi. Tarbiyachi bu metodlar yordamida bo­ lalarda mustaqillikni rivojlantiradi. So'zlashuv usuli ham bolalarda faollik, mustaqillikni o'stiradi. Tarbiyachi mavzu nomini aytib na- munani ko‘rsatadi (kema).
155
Bolalar modelni kuzatib topshiriqni bajaradilar. Tarbiyachi esa oldindan bir qancha detallarni to'playdi va ularni bolalar oldiga qo‘yadi. Topshiriqni bajarayotganda tarbiyachi bolalarga savollar berib, bolalarni mustaqil faoliyatga undaydi. Tarbiyachi bolalarga gapirib berishni o‘rgatgandagina ular o‘zlari o ‘ylaganlari bo‘yicha qurilmalarni qurishlari mumkin. Qurilmalarni tahlil qilayotganda shuni ko‘rsatib o‘tish kerakki, bir predmetni turlicha qilib qurish mumkin.

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin