Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə34/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning vazifalari. Tayyorlov guruhida bolalarga predmetning umumiy va in­ dividual xususiyatlarini ajratishga o‘rgatiladi. Bolalar ilarsalar qism- larining proporsiyasini, simmetriyasini aniq chamalashga, narsalar- ni chiroyli bezashni o‘rganadilar. Bu yoshdagi bolalar oldindan ko‘rmoqchi bo‘lgan narsalarini tasawur qilib, uning qanday tuzili- shini gapirib bera olishlari kerak, buning uchun qanday materialni tanlab, ishni qanday bajarishni bilishlari lozim. Tarbiyachi bolalar­ ga kompleks narsalarni jamoa bo‘lib qurishni, guruh bilan qurishni o‘rgatib boradi. Bolalar bundan tashqari, mavzuni aniqlab, kerakli materiallar tanlash, bir-birlari bilan maslahatlashib, birga fikrlab qurishni o‘rganadilar. Tayyorlov guruh tarbiyalanuvchilari berilgan topshiriq bo‘yicha, rasmlar orqali murakkab bo‘lgan turli narsalar­ ni yasaydilar. Qurish-yasash jarayonida predmetlar shakli orasida bog'liqlikni o‘rganish, ularning qo‘llanilishi, alohida qismlarning katta-kichikligi, konstruksiyasini bolalar egallab boradilar.
Tayyorlov guruhida bolalarning transport turlari bilan, bino- lar bilan tanishishlari katta ahamiyatga ega. Tarbiyachi mashg‘ulot o ‘tishdan awal bolalarni transportning turlari bilan tanishtiradi. Bun­ dan tashqari, bolalar kemalarni turlari bilan ham tanishadilar: katta va kichik, yuk, harbiy, passajir kemalari. Tarbiyachi kemalarning turlarini solishtirib, bolalarga tushuntiradi: tez yurar kemalar uzun, ingichga asosga ega, yuk kemasi —keng asosli, passajir kemasi har­ biy kemaga qaraganda keng boiadi. Birinchi mashg‘ulotda bolalar harbiy kema, keyingisida passajir kemasini yasaydilar. Shu sxema asosida «shahar transporti» mavzusida mashg‘ulot o‘tkaziladi. Ku- zatish paytida bolalarning shahar transportining turli-tumanligi haqida tasawuri rivojlanadi. Tarbiyachi transportning har bir turi- ning nima uchun qo‘llanilishi ta’kidlab o ‘tadi. Keyinchalik bolalar­ da predmetning qo‘llanishiga ko‘ra konstruksiyasini ajratish, kons-
156
truksiyani va predmetning alohida qismlari katta-kichikligini aniq- lash malakasi shakllanadi. Bu vazifani ko‘prik qurish jarayonida qo‘llash mumkin. Bolalar bir nechta konstruksiya bilan tanishadi- lar va quyidagi fikrga keladilar: qurilmalarning o‘lchami, ularning qo‘llanilishi bo‘yicha aniqlanadi. Kemalar qatnaydigan keng va chuqur daryoga baland va keng ko‘prik quriladi. Ko‘prikning tepa qismida transport va yo‘lovchilar uchun yo‘laklar quriladi. Birinchi mashg‘ulotda tarbiyachi bolalarga yo‘lovchilar uchun va transport uchun ko‘prik qurishni taklif qiladi. Ikkinchi mashg‘ulotda bola­ lar ham yo‘lovchi, ham transport uchun umumiy ko‘prik quradilar. Uchinchi mashg‘ulotda esa bolalarni o‘zlari mustaqil konstruksiya o‘ylab, uni nima uchun qo‘llanilishini tushuntirib beradilar. Tay- yorlov guruhida bolalarda turli binolar haqida tushuncha bo‘ladi: ko‘p qavatli bino, teatr, vokzal, ertak-uychalar. Pedagog asosan bo­ lalar diqqatini fazoviy joylashtirish, qurilmalarini fazoviy joylasht- irishga qaratadi. «Ko‘cha, shahar maydonlarini qurish» mavzusini o‘tishdan awal pedagog bolalami shahar bo‘ylab ekskursiyaga olib boradi va bolalar diqqatini shaharning qurilishi va estetik tuzilish- iga qaratadi. Mashg‘ulotda bolalarni guruhchalarga bo‘lib, har bir guruhga biror bir maydon, ko‘chalar qurish topshiriladi. Bolalar turli binolami qurayotganlarida, ularda predmetning asosiy qismla- rini va tanish boigan geometrik shakllami ajratish malakasi shakl- lanib boradi. Kinoteatrga ekskursiyadan so‘ng bolalar tomoshabin- lar zali, foyega kirish qismi kub, prizma, yarimdoira shakliga ega ekanligini ko‘radilar va o‘zlari kinoteatr qurganlarida shu narsa- larga e ’tibor beradilar. Tarbiyachi tomoshabinlar zali va foyening qurilish usulini ko‘rsatib beradi. Bolalar jamoa bo‘lib, turli mavzu- larda narsalar quradilar (ko‘chalar, temir yo‘llar, vokzal, hayvonot bog‘lari, kinoteatrlar va hokazo).
Maktabga tayyorlov guruhlarda qurish-yasashga o‘rgatishning metod va usullari. Tayyorlov guruh bolalari asosan qurish-yasash- ning quyidagi usulidan foydalanadilar, ya’ni tarbiyachining top- shirigi bo‘yicha bola o‘z tasawuriga tayangan holda rasm, foto- rasmlardan foydalanadi. Ko‘pgina qurilma mavzusi beriladi. Katta guruhga qaraganda bu guruhga beriladigan shartlar murakkabdir. Namunalar,ko‘pincha rasm, foto-rasm bo‘lib, bu rasinda bolalar­ ning ishlamayotgan qurilish materialidan qurilgan qurilmalar^ aks etgan bo‘ladi. Ba’zida tarbiyachining o‘zi yasagan narsani namu-
157
na sifatida ko‘rsatish mumkin. Lekin bu usul bu yoshdagi bolalarga to‘g‘ri kelmaydi. Tarbiyachi topshiriqni tushuntirayotganda qurish- yasashning yangi usulini qisman ko‘rsatib o‘tadi. Tayyorlov gu- ruhidagi ekskursiya va suhbatlar bolalarni qurish-yasash obyektlari haqida tasawur qilishlariga yordam beradi. Har bir sayohat bo­ lalarning keyingi mashg‘ulotga tayyorgarligini oshirishga yordam beradi. Shahar bo'ylab ekskursiyada tarbiyachi asosiy diqqatni maydon, ko‘chalarning tuzilishiga, binolarning chiroyli qurilgan- ligiga qaratadi. Tarbiyachi bolalar bilan biror bir maydonning fa- zoviy joylashishini, binolami tahlil qiladi. Mashg‘ulotda esa top­ shiriqni tushuntirib, bolalar bilimini faollashtiradi. Mashg‘ulotning bosliida o‘tkaziladigan suhbatlar bolalar bilimini faollashtiradi. Ko‘prik qurayotganida tarbiyachi bolalarga eslatib o‘tadi: ko‘p- riklar har xil bo‘ladi. Yo‘lovchilar uchun va transport uchun ko‘p- riklar. Mashg‘ulotning boshida, kinoteatr qurishda tarbiyachi suh- bat o ‘tkazib, binoning asosiy qismi tomoshabinlar zali, foyeni ajratadi, uning asosiy shakli, fazoviy joylashishini aniqlaydi. Agar boshqa mashg‘ulot bo‘lsa, tarbiyachi bolalardan o ‘ylagan qurilma- lari, uning nima uchun qo‘llanislii, tanlangan materiallar haqida gapirib berishni talab qiladi.



    1. Yüklə 15,72 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin