XI. 1. QURISH-YASASH VA UNING BOLALAR TARBIYASIDA TUTGAN 0 ‘RNI
«Qurish-yasash» lotin tilidan olingan bo‘lib, turli predmetlami, qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish, degan ma’noni bildiradi. Bolalarni qurish-yasashida qurilish materiallaridan, qo- g‘ozdan, karton, daraxt va boshqa materiallardan turli xil o ‘yin- choqlar yasash o'rgatiladi. 0 ‘z xarakteriga ko‘ra bolalar qurish-
144
yasashi ko‘pincha tasviriy va o ‘yin faoliyati bilan o‘xshashdir, bn tevarak-atrofda aks etadi. Bolalarning yasagan narsalari asosan amaliyotda ishlatiladi. Masalan, o'yinlar, archani yasatish uchun, onalarga sovg‘a uchun.
Qurish-yasash faoliyati —amaliy faoliyat bo‘lib, oldindan belgi- langan, biror maqsadga qaratilgan real voqelikdir. Qurish-yasash faoliyatiga o‘rgatish jarayonida bolalarda aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi yanada shakllanib boradi hamda ularda tevarak- atrofdagi predmetlarni tahlil qilish ko‘nikmasi, mustaqil flkrlash, badiiy did, shaxsning irodaviy sifatlaridan (maqsadga intilish, qat’iylik va hokazo) tarkib topa boshlaydi, bularning barchasi bo lalarni maktabda o'qishga tayyorlaydi.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o'rgatishda qurilish materiali, konstruktor, qog‘ozdan, tabiatdagi, tashlandiq materiallardan va boshqalardan foydalaniladi. Materialning turi qurish-yasash turini aniqlab beradi.
Qurilish materiali mayda va yirik geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg'ulotlarda quri lish materiallaridan, turli xil mayda to ‘plamlardan foydalaniladi. Masalan, M.P. Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7 mazmunli to‘plamlar:
«Kosmodrom», «Temir yo‘l vokzali» va boshqalar. Mash- g‘ulot paytida materiallar ko‘p bo‘lishi kerak. Tarbiyachi qurilish materiallaridan qurish-yasash faoliyatini tashkil etayotgan odam, hayvon, o‘simlik va transportni ifodalovchi mayda o ‘yinchoqlarni tanlashi maqsadga muvofiqdir.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar tevarak-atrofdagi aniq narsalarni, ya’ni quyon uchun uy, mashinalar va yoMovchilar uc hun ko‘prik yasaydilar. 0 ‘yinchoqlarni qurish-yasashda ishlatish katta ahamiyatga ega, o ‘yin faoliyatining rivojlanishiga katta ta ’sir ko‘rsatadi. Qurilish materiallari ma’lum bir javonlarda, tartib bi lan saqlanadi.
Konstruktorlar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mash- g‘ulotdan tashqari konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to‘plamar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashti- rish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarda ma’lum qismlarini birlashtirish
145
malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalar qo‘llarining muskullari ishtirok etadi, bu yoshda qo‘l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi awal konstruktor yig‘ishning metodik ko‘rsatmalarini o‘rganadi. Tarbiyachi rahbarligida qurilish materiali va konstruktorlar bolalarga ketma-ket beriladi.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalar mashg‘ulotdan tashqari vaqtda turli xil konstaiktorlardan: yog‘ochli, platmassali va me- talldan tayyorlangan konstruktorlardan foydalanadilar. Bolalar bu to ‘plamlar yordamida detallarning joylashtirilishi ancha murakkab bo'lgan qurilmalar yasaydilar. Tarbiyachi rahbarligi ostida bola lar yangi birlashtirish yo‘llarini va turli xil xarakterdagi konstruk- siyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ish- lami bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu kons truktorlar, ularga berilgan metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta- sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi.
Birinchi va ikkinchi kichik guruhlarda qurish-yasashga o‘rga- tishning vazifalari.
Dostları ilə paylaş: |