BOB. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA LOYDAN BUYUM YASASHGA 0 ‘RGATISH
Kichikguruhdaloydanbuyumyasashgao‘rgatish
Maktabgacha tarbiya muassasalarida loy ishlari birinchi kichik guruhdan boshlanadi. Bu guruhda bolalarning loy ishlari boshqa guruhlardan ajralib turadi, ya’ni o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘ladi. Bolalar tasvirlovchi shakllar noaniq bo'ladi, chunki bu yoshda bo lalar qo‘l harakati rivojlanmagan, qo‘l muskullari hali o‘smagan, shuningdek, ishlarni kuzatib, nazorat qilib borish xususiyatlari hali rivojlanmagan bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar uchun loy bilan ish lashda eng muhimi, loyning xususiyatlari bilan tanishishdir, ya’ni loy yumshoq, yopishqoq va hokazo. Shu sababli bolalar bu guruh da loyning xususiyatlari bilan o‘yinlar o ‘ynab, tanish’b boradilar. Shuning uchun bu davr tasvirlashgacha bo‘lgan davr, deb ataladi. Bu davr quyidagi harakatlar bilan xarakterlanadi: bolalar loyni bir necha bo‘lakka bo'ladilar, birini ikkinchisining ustiga joylashtira- dilar, taxtacha ustida aylantirib, uni taxta ustida yapaloqlashadi, ammo bu harakatlarni hech qanday maqsadsiz bajaradilar. Bola lar asta-sekin tarbiyachining rahbarligi ostida loyni ikki kaft orasi- da doiraviy, uzunasiga harakatlantirib, sodda, yakka predmetlarni yasashga o‘rganib boradilar. Masalan, olma, tayoqchalar; halqacha lar, qo‘ziqorinlar.
Birinchi kichik guruhda bolalarni loy bilan ishlashda qator vazi- falar turadi: bu guruhda bolalarda loy ishlariga nisbatan qiziqishni tarbiyalash, loyning xususiyatlari bilan tanishtirish, u bilan to ‘g‘ri ishlashga va eng oddiy texnik usullarni o‘zlashtirishga o‘rgatish vazifalari kiradi.
Kichik guruhda loy dasturi. Yangi dasturda bu guruhda ko‘proq takroriy mashg‘ulotlar rejalashtirilib, asosiy maqsad bolalar ni oddiy texnik usullarni yaxshilab egallashlariga qaratilgandir. Ammo tarbiyachi takroriy mashg‘ulotlar uyushtirganda, bitta das-
116
tur mazmuni asosida xilma-xil variantda mashg‘ulotlar uyushti- rish lozim. Masalan, qalam yoki tayoqchalar, shu bilan birgalik- dn, tarbiyachi qator tarbiyaviy xususiyatlarni ham bolalarda tar- biyalab boradi. Masalan, bolalarni birga jam oa bo‘lib ishlash, loy bilan toza ishlash, ishlayotganda yenglarini shimarib ishlash, ishlab boMgach qoMlarini yaxshilab yuvish va hokazo. Mashg‘ulotlarning muvafifaqiyatli o‘tishi mashg‘ulotda tarbiyachining foydalanadigan metod va usullariga bog‘liqdir. Bu guruhda tarbiyachi ko‘proq in- formatsion-retseptiv va reproduktiv metodlardan foydalanadi. Bo lalar bilan birgalikda turli xil o‘zlariga tanish predmetlarni ko‘- rib chiqadilar. Bolalar shu predmetlarni qo‘li bilan ushlab, uning kattaligini va boshqalarni payqashi mumkin. Shuningdek, bolalar bilan bir necha qismli predmetlarni ham ko‘rib chiqadilar. Tar biyachi dastawal bolalarning diqqatini o‘sha predmetning yirik qismlariga, uning mayda qismlariga, shakliga, rangiga jalb etadi. Dastlabki mashg‘ulotlarda tarbiyachi tasvirlashning texnik usullar- ini ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Shuningdek, tarbiyachi bolalarni loydan narsalar yasashda ko‘proq o‘yin usullaridan foydalanadi. Bu guruhda loy mashg‘ulotlari predmetli xarakterga ega bo‘ladi, ya’ni bolalar alohida, yakka predmetlarni yasaydilar, bu guruhda bola lar ishiga yoki faoliyatiga baho berish ham muhim usullardan hi soblanadi. Tarbiyachi albatta bolalarning, ishni qanday bajarganla- rini aytib o‘tishi lozim. Birinchi kichik guruhda loy mashg‘ulotlari haftada bir m arta o‘tkaziladi. Masalan, pechenye, 11011 va barrnoq bilan yoki alohida tayyorlangan tayoqchalar bilan, ya’ni turli xil shakllar — kvadrat, doira, chuqurcha hosil qilib, uni bezatadilar.
Bolalar shar, silindr, disk shaklini yasashni egallab olishgach, bolalar bir necha qismdan tuzilgan predmetlarni yasashga o‘rga- nadilar. Masalan, samolyot, qorbobo, shar yoki disklardan minora- cha, ayiq, qo‘g‘irchoq, quyoncha va hokazo. Bu predmet qismlari 2 yoki 3 tadan ortmaydigan bo'ladi. Masalan, samolyot 3 qismdan, qor odam katta va kichik sharlardan iborat va boshqalar. Bu bo lalar 3 kvartalda olgan bilim va malakalarni kengaytiradilar. Yoz davomida bolalar har xil mevalarni, sabzavotlarni yasab, zarur bo'lgan malaka va ko‘nikmalarni egallaydilar. Bu guruhda tarbiya chi informatsion-retseptiv va reproduktiv metoddan keng foydala nadi. Bolalar bilan birgalikda sharlar, koptok, mevalar, qalamlar va boshqa predmetlarni yaxshilab ko‘rib chiqadilar. Eng muhimi, bu
117
predmetlami qo‘1 bilan ushlab ko'rishlari zarur. Shu sababli tarbi yachi mashg‘ulotlardan oldin bolalarga o‘ynash uchun o‘yin tak lif etadi. Xuddi shunday qilib, 3—4 qismdan tuzilgan predmetlami ushlab, har tomonlama u bilan tanishib oladilar. Bu predmetlami kuzatib chiqishda tarbiyachi oldin o‘sha predmetni qismlarga va har bir qismning shakliga, tuzilishiga, shu bilan birga, qismlarning katta-kichikligiga diqqatni tortadi. Dastlabki mashg‘ulotlarda tarbi yachi predmetni loydan yasab berishni ko‘rsatib, tushuntirib beradi. Tushuntirish aniq va tushunarli bo‘lishi lozim yoki u predmetni yasashdan oldin, yasashning texnik usullarini havoda mashq qildi- rishi mumkin. Ko'rsatib, tushuntirib berish 3—4 daqiqadan osh- masligi kerak. Agar yasashning texnik usuli bolalarga tanish bo‘lsa, ularning mustaqilligini o‘stirish maqsadida bolalarning o‘ziga tak lif etilishi mumkin.
Ikkinchi kichik guruhda loydan buyuni yasashga o‘rgatish. Ik kinchi kichik guruh bolalari loy ishlariga nisbatan ancha tayyor bo‘ladilar. Ularning ko‘pchiligi loy ishlari, loy va uning xususiya- ti bilan tanish bo‘ladilar. Loydan narsalar yasashning oddiy texnik usullarini biladilar. Lekin shu bilan birga, bu guruhda bolalar hali qo‘1 harakatlari, shuningdek, o‘ylagan fikrlarini ro ‘yobga chiqa- rishda qat’iylik bo‘lmaydi. Loy bilan ishlashda malakaviy texnik ko‘nikmalar yetarli rivojlanmagan bo‘ladi. Shu sababli bu guruh da tarbiyachi bolalar egallagan tasviriy uquv va malakani mus tahkamlash ustida ishlashadi. Bu guruhda bolalarni loy ishlariga o‘rgatish vazifalari 1 yarim yillik qilib berilgan. Bu vazifalarga quyi- dagilarni kiritish mumkin: bolalarda loydan narsalar yasash xo- hishini uyg‘otishni, shu bilan bog‘liq ravishda, estetik sezgilarini o ‘stirish loy bilan ishlash vaqtida diqqatlarini predmetning shak liga va katta-kichikligiga tortishga yoki qaratishga o‘rgatish va shu kabilar. Bolalarni oddiy predmetlami, masalan, tayoqcha, qalam- chalar yasashga o‘rgatiladi, bu predmetlami yasash jarayonida bo lalar ikkala kaft, qo‘I barmoqlari bilan ishlashga o'rganadilar. So‘ng asta-sekin bolalar bilan keyingi bosqichga o‘tiladi, bunda bolalar o‘zlariga tanish bo‘lgan predmetni o‘zgartirib, boshqasini yasash ga o‘rganadilar. Masalan, tayoqchani buklab, halqacha hosil qilish yoki tanish predmetlami yasashda qo‘1 kaftlari bilan ishlashdan, qo‘1 barmoqlari bilan ishlashga o‘tadilar, shu bilan birgalikda, loy bilan ishlash qoidalariga o‘rganib boradilar: stolni va o‘z kiyimini
118
iflos qilmaslik, loy bilan ishlaganda yengni shimarib olish, doska- cha ustida ishlash, ishdan so‘ng qo‘lni yuvish va hokazo.
Bolalar halqacha va tayoqchasimon predmetlarni yasashni o‘z- lashtirib olishgach, dumaloq shakldagi predmetlarni yasashga o‘r- gana boshlaydilar, ya’ni loy boiagini qo‘l kaftlari orasida dumaloq yoki aylanaviy harakat qilishga o‘rgatiladi. Masalan, shar, olma, apelsin, olcha, koptok. Bolalar disksimon predmetlarni yasashga o'rganadilar, ya’ni oldin loyni ikki kaft orasida sharsimon shaklga kiritib, so‘ng ikki kafti orasida yapaloqlaydilar.
0 ‘r ta guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish. 0 ‘rta gu ruhda bolalar rivojlanishi jihatdan quyi guruhdan farqlanadi. Bo lalar hayotining 5-yilida fiziologik, ya’ni ham jismoniy jihatdan, ham psixologik jihatdan rivojlanadi. Ular predmetlar tuzilishi- dagi xususiyatlarni ajrata oladigan, tarbiyachining tushuntirib, ko‘rsatib berishini tinglay oladigan bo‘lishadi, lekin yasagan ish lari quyi guruhdan katta farq qilmaydi. Bolalar hali o‘z ishlari- da proporsiyaga rioya qilmaydi, qismlarini mahkam birlashtirmay- di, predmet shaklini aniq tasvirlaydilar, chunki bolalar hali tas- virining hamma usullarini egallamagan va predmet haqida aniq tasawurga ega bo‘lmaydi. Tarbiyachi bu guruhda ham bolalar da loy mashg‘ulotiga nisbatan qiziqish uyg‘otish, qo‘l harakatlari ning koordinatsiyasini tarbiyalash, faolligini o‘stirish bo‘yicha ish olib borishini davom ettiradi. Bolalarni predmet shakli to ‘g ‘risidagi tasawurlarini yana ham chuqurlashtirish, uning detallarini to‘g‘ri tasvirlash ustida ish olib boradi. Masalan, odamning boshi du maloq, uning yuzida ko‘zi, burni, og‘zi bor va boshqalar. Bu gu ruhda quyi guruhga nisbatan predmetni, uning tuzilishini aniqroq tasaw ur yoki idrok etishga, simmetriyaga rioya qilish proporsiya- ning to ‘g ‘ri tasviri kabi sifatlarni o‘stirishga kattaroq va ko‘proq ahamiyat beriladi. Shu bilan birgalikda, bu guruhda tarbiyachi loy bilan ishlash usullari va xillarini o‘zlari mustaqil ravishda qo‘llay olishi ustida ko‘proq ish olib boradi. Loy bilan ishlashning texnik usullaridan foydalanishga nisbatan ham talab ortadi: bolalar bar- moq bilan, uning uchlari bilan ishlashga, qismlarni mustahkam yopishtirishga, yopishtirgan qismlarni, mayda qismlarni chimdib chiqarishga va hokazo. Bolalar loy bo‘lagini aylanaviy va uzunasiga harakat qildirishadi, barmoq uchi bilan chimdib chiqazadilar, ya’ni I yarim yillikda bolalar, asosan, takror ishlaydilar. II yarim yil-
119
likda bolalar butun loy bo‘lagidan sabzavot-mevalar, shuningdek, bir necha qismdan tuzilgan figuralar yasashga o‘rganadilar. Ular qo‘g ‘irchoq, mushuk, quyon, o‘yinchoq ayiq, qorbobo yasaydilar. Ikkinchi kichik guruhda ikkita shardan yasagan bo‘lishsa, o ‘rta gu ruhda esa katta-kichik uchta shardan, shuningdek, qo‘1 va boshqa detallarni ham qo'shib yasaydilar. Bolalarni loy bo‘lagining may da qismlarini cho‘zib chiqarishga, barmoq bilan chuqurcha hosil qilishga, buklashga, biriktirilgan qismini mahkam qilib yopishti- rishga o‘rganadilar. Chimdib chiqarish bilan bolalar jo'ja, qush- larni yasashni o‘rganadilar. Shu jarayonda bolalar predmetlami, ularning qismlarini, shakllarining kattaligi jihatdan taqqoslash- ga o‘rganadilar. Masalan, baliqni loy yasashdan oldin tanasini oval shakliga keltirib oladilar, so‘ng baliqning bir tomonini sal- gina cho‘zib va dumaloqlab, baliqning boshini, qarama-qarshi to monini ko‘proq cho‘zib chiqarib, yapaloqlab, uning dumini yasay dilar, suzgichlarini chimdib chiqaradilar. Shuningdek, bolalar loy bo‘lagini bir necha bo‘lakka bo'lishga o‘rganadilar Masalan, qush yasashda yuqoridagilardan tashqari, idishlar yasashga o‘rganadilar. Ular idishlarni yakka usulda, ya’ni yumaloqsimon va silindrsimon shakllami barmoq bilan bosib, chuqurcha hosil qilish, bandini esa alohida loy bo‘lagidan yoki asosiy loy bo‘lagidan cho‘zib chiqarib yasash mumkin. Bolalar olgan bilim va malakalarni o‘stirib, mus- tahkamlaydilar. Bolalar bu kvartalda butun yil davomida o‘rgangan predmetlarini yasaydilar, shu bilan birga, tarbiyachi bolalarni tipra- tikan, sichqon, meva solingan idishcha, qo‘ziqorin solingan savat- cha kabilarni ham loydan yasashga o‘rgatib boradi. Butun yil davo mida olib boriladigan mashg‘ulot asosan predmetli mavzu asosida olib boriladi va bu mashg‘ulotlar jarayonida bolalar boshlagan ish larini oxiriga yetkazishga, mustaqil ishlashga, o‘z ishlarini yangi detallar bilan boyitib borishga o'rganadilar.
Yuqorida aytib o ‘tilgan loy bilan ishlash dasturini bolalar o ‘z- lashtirishlari uchun tarbiyachi turli xil metod va usullardan foydala nadi. Tarbiyachi gumhda yoki sayrda tevarak-atrofda predmetlami kuzatishni taklif etadi. Kuzatish va predmetni ko‘rib chiqish vaqti da bolalar dekoratsiya, predmetning asosiy shakliga, uning qism- lariga, tuzilishiga, bir-biriga nisbatan proporsiyasiga jalb etadi. Masalan, shuni kuzatishda uning tanasi boshining shakliga, dumi- ning tekisligiga, boshi, gavdasiga tik joylashganligiga va boshqalarga
120
jalb etadi. Shu bilan birga, tarbiyachi bolalarning diqqatini predmet va hayvon, parrandalarning harakati natijasida gavda holatlari ham o‘zgarib turishini tushuntirib beradi. Bu guruhda tarbiyachi predmetni kuzatishi va ko‘rib chiqish vaqtida uni qo‘I barmoqlari- ning harakati bilan ko‘rsatib beradi va bolalardan ham shuni qat’iy talab qilishlari kerak, bu sensor tarbiyaga ta’sir ko‘rsatadi.
Bu guruhda yuqoridagi usullardan tashqari tarbiyachi ko‘rsatib, tushuntirib berish usulidan foydalanadi. Bu guruhda kuzatish, ko‘rsatish qisman yoki to ‘liq bo‘lishi mumkin. Shuningdek, mash- g‘ulot boshqa kuzatishdan tashqari predmet yoki o‘yinchoqlarni tarbiyachi tomonidan yasalgan kichik haykaltaroshlik asarlaridan foydalanish mumkin. Shu bilan birgalikda, tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida o‘yin usulidan ham foydalanishi mumkin. Masalan, qo‘g‘irchoq uchun shirinliklar va boshqalar.
Bolalarni mashg‘ulot jarayonida qiziqishlarini saralash maqsa- dida tarbiyachi mashg‘ulot jarayonida yoki mashg‘uIotgacha loy ishiga mos keluvchi she’r, topishmoq, qisqa ertaklar o‘qib berishi mumkin. Yasalayotgan ishni yana ham obrazli qilish uchun stekdan foydalanish mumkin. Masalan, quyonning ko‘zini yasashda. Bu guruhda bolalar ixtiyoriy loy ishlarini ham o‘rganadilar. Bunda tar biyachi savollar bilan bolalar yasaydigan mavzularni aniqlay oladi, ularni yasash usullarini eslab oladilar. So‘ng bolalarning o‘zlari ish- ga kirishadilar. Bolalarning mustaqil ishlari jarayonida tarbiyachi bolalarga maslahatlar, ko‘rsatma!ar bilan yordamlashib boradi.
Katta guruhda loydan buyum yasashga o‘rgatish. Bola hayoti- ning 6-yilida uning tevarak-atrof haqidagi bilimlari, turmush tajrib- asi kengaya boradi. Uning qo‘l muskullari mustahkamlanib, taraq- qiy etadi. U qo‘l barmoqlari bilan nozik harakatlarni bajara ola digan bo'ladi. Uning psixikasida ham sifat o'zgarishi yuz beradi. Xotirasi o‘sadi, barqaror bo‘ladi, diqqat ham tobora barqaror bo‘lib boradi. Bolalar oldin predmetni yasashda uning qismlarini va qism- larning shakli, xususiyatlarini aniq tasaw ur eta oladilar. Shu bilan birgalikda, katta guruhda bolalar predmetlarni ko‘proq harakat- da tasvirlashga harakat qiladilar. Bu guruhda bolalarni loy ishlari- ga o'rgatishda quyidagi vazifalar turadi: predmet shaklini, propor- siyasini, uning tuzilishini, xarakterli detallarini va harakatini tasvir etish va boshqalar. Bu guruhda dekorativ loy ishlari davom ettirila di. Bolalar idishlar yasab, so‘ng uni bo'yaydilar, dekorativ plastink-
121
alar yasab, ulam i bezaydilar. Bu guruhda bolalar sujet, mazmun asosida ishlaydilar. Texnik usullar ham bu guruhda murakkabla- shadi. 0 ‘rta guruhda qismlardan yasashsa, katta guruhga kelib, bu- tun bir loy bo‘lagidan yasaydilar. Shu bilan birga, stek bilan ish- lashga ham keng imkoniyat va o‘rin ajratiladi. Bu kvartalda bolalar dastawal o'zlariga tanish bo‘lgan sodda predmetlami yasaydilar. Ular loy bilan ishlashning ikki usuli: konstruktorlik va haykalta- roshlik usullaridan foydalanib, turli xil meva va sabzavotlar yasay dilar. Bodring, lavlagi, sabzi, olmaning ikki xil navi. Bolalar shu ikki usulda odam figurasini va hayvonlarni yasaydilar. Bu ishlar- ning mazmuni asosan o‘yinchoqlardan olinadi. Masalan, Dimko- vo qo‘g‘irchog‘i. Shu asosida bolalar asta-sekin ishlashga o ‘tadilar. Tarbiyachi bolalarni predmetning sifatlarini loydan tasvirlashga o‘rgatib boradi. Masalan, uzun, qisqa, ingichka, kalta, shuningdek, predmetlami vertikal, tik holatini o'rgatadilar, qismlarni mahkam biriktirishga, birlashtirilgan qismlarni silliqlashga o‘rganadilar. Bo lalar asta-sekin o‘z ishlariga mazmun berishni keng tatbiq etadilar, asosan, bir butun loy bo‘lagidan haykaltaroshlik usulida predmetlar yasaydilar. Masalan, mushuk, kuchuk, quyon va boshqalar. Ik- kinchi yarim yillikda butun bir loy bo‘lagidan idishlar yasaydilar, so‘ng ulami lentasimon usul bilan bezaydilar.
Bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasawurlari kengayadi, loy
ishi bo‘yicha bilim, malakaui egallashgan bo‘ladi, ishlash jarayoni yana ham sifatli bo‘ladi. Bolalar harakatdagi odam yoki hayvonlar figurasi mavzusida turli xil loy ishlarini bajaradilar. Masalan, raqs- ga tushayotgan petrushka, «Ikki qizg‘anchiq ayiq» ertagi asosida va boshqalar. Idishlar yasashda yangi usulni qo‘llaydilar. Bu idishning tagi disk ko‘rinishida bo‘lib, devori esa yassilangan loy bo‘lagidan iborat bo‘ladi. Bolalar o'zlariga tanish texnik usullar yordamida turli narsalarni yasaydilar. Masalan, xo‘roz, tovuq, o‘rdak, jo'ja va boshqalarni yasab, parrandalar shakli mazmunida ishlaydilar. Bu kvartalda bolalar ko‘proq natura asosida, ixtiyoriy loy ishlarini bajaradilar. Katta guruhda tarbiyachi loy mashg‘ulotini uyushtir- ganda ko‘p metod va usullarni qoMlaydi. Bu guruhda ham tar biyachi dastawal predmetni yoki naturani kuzatib, uning shaklini, qismlarini, proporsiyasini ko‘rib chiqadilar. Bu guruhda ham bo lalar predmetni barmoq harakatlari bilan ko‘rib chiqishlari mum- kin. Agarda bolalar yasash usulini bilishsa, unda mustaqil yasay-
122
dilar, agarda bilishmasa, unda tarbiyachi qisman ko‘rsatib berislii mumkin. Shuningdek, tarbiyachi bu guruhda ham bolalar bilan qo‘proq kuzatishlar olib boradi, badiiy adabiyotdan foydalanadi, rasm, haykaltaroshlik asarlari ustida kuzatishlar olib boradi. Savol- javoblar uyushtiradi, ko‘rsatmalar, maslahatlar beradi, bola juda qiynalsa, alohida Joy bo‘lagida yasash usuJini ko'rsatib beradi, to- pishmoqlardan keng foydalanadi. Bolalar ishini tahlil qilish ham muhim usullardan hisoblanadi. Bolalar bilan tahlil, suiibat sifatida uyushtiriladi. Bolalar har biri chiqib, ishning qandayligini, yasash usuli to ‘g ‘ri tanlanganmi, shakl to‘g‘ri berilganmi, qismlari, ular- ning proporsiyasi to‘g‘ri berilganmi, shular haqida so‘zlashadi. Tahlilni har xil shaklda uyushtirish mumkin: bolalar o‘z joyida o‘tirib, bir bolani doskaga chiqarib, ishning sifatini tahlil qilishlari ham mumkin. Bunda o‘ym usulidan ham foydalanish mumkin.