Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə27/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

Tayyorlov guruhida dekorativ rasm chizishga o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Yetti yoshdagi bolalarni dekorativ rasm so- lishga o ‘rgatish vazifalari quyidagicha:

  • kompozitsiyalash hissini rivojlantirish: yassi va hajmli shakl- larda predmetning ahamiyatliligiga va belgilangan maqsadiga nis­ batan naqshlarni tuzish;

  • ranglar hissini rivojlantirish: turli xildagi ranglardan, ular­ ning nozik rang jilosi (ottenok)dan turli moslashuvlarda foydala­ nish (qizil-pushti rang; ko‘k-moviy rang; yashil-och yashil rang; qora-kul rang);

  • xalq dekorativ naqshlari turli ko‘rinishlarining ahamiyati- ni ko‘ra olishni o‘rgatish; rasmlarda xalq naqshining alohida ele- mentlaridan foydalanish;

  • qalam va bo‘yoqlar bilan chizish texnik ko‘nikmalarini tako- millashtirish.

Maktabga tayyorlov guruhiga yumaloq to ‘g‘ri burchakli shakl- larda naqsh chizishning asosiy prinsiplari bilan tanish bo‘lgan bo­ lalar keladi. Ularga yangi shakllar — to ‘g‘ri to ‘rtburchak va ko‘p- burchak hamda turli xildagi yassi shaklli predmetlar — vazalar, ko‘za (kuvshin)lar, piyola (chashka)lar, qo‘lqoplar, qalpoqlar va hokazolar tavsiya qilinadi. Bu predmetlar to ‘g‘ri geometrik shakl- ga ega emas, va ularda naqsh chizish turli prinsiplardan foydala- nishni talab qiladi. (Masalan, ko‘zacha bo‘ynining chetiga chiziqli ornament (naqsh) chizilsa, yumaloq qismiga esa markazda chizila- digan naqshdan foydalaniladi). Unclan tashqari, simmetriya haqi­ dagi tushuncha ham murakkablashadi. Bir xil shaklni chap va o‘ng tomonga joylashtirishdan tashqari, bolalar ko‘zgusimon aks bilan tanishadilar (Zerkalnoe otrajenie); ko‘zgusimon aksda naqshning
114
qismlari o‘z o‘m ini o‘zgartiradi. U ndan so‘ng bolalar to'rsimon bezak prinsipi asosida bir turdagi naqsh bilan elementlarni shax- mat ketma-ketligida qaytarib, galma-gal chizish bilan butun shaklni toidirish usulini egallaydilar. Bolalar matolar uchun, qo‘g ‘irchoqning ko‘ylagi uchun turli naqshlami chizadilar. Uch- burchakdagi naqsh faqat chetlarida, burchaklarida boim ay, bal­ ki bir burchakdan boshlanib, butun uchburchak bo‘ylab tarqali- shi mumkin. Bunday hollarda teng tomonli uchburchak shakli emas, balki yon tomonlari teng bo‘lib, to ‘g‘ri yoki o'tmas burchak- li uchburchak shakli olinadi. Bolalar ularda uchburchak shaklga ega bo‘lgan ro‘molcha naqshini chizadilar. Naqshni chizish uchun bolalar turli tabiiy shakllardan (o‘simliklar, hayvonlar) foydala- na boshlaydilar. Maktabga tayyorlov guruh bolalari xalq dekorativ naqsh bezaklarining elementlaridan o ‘z naqshlarida foydalanishlari mumkin. Bunda asosiy usul saqlanib qolishi kerak. Tarbiyachi bo­ lalarga xalq san’atining namunalariga qarab, naqsh jimjimalarini, mayda va yirik shakllami o‘zaro moslashtirishni, ularni o‘tsimon bezak bilan bezashni, berilgan naqshga xos ravishda ranglardan ma’lum moslashuvda foydalanishni o‘rgatadi (Xoxlomskaya, Dim- kovskaya, Ukrainskaya va b.). Dimkov namunasi asosida loydan yasalgan o‘yinchoqlarni bezashdan tashqari, bolalar yana «pape- mame»dan yasalgan katta-kichik tarelkalarni, stakanlarni Xoxlom yoki Jostov naqshlariga asoslanib bezashlari mumkin.
Tayyorlov guruhida bolalar faqat bo‘yoqdan emas, balki rangli qalamlardan ham foydalanishni o‘rganadilar. Kichikroq guruhlarda rangli qalamlardan faqat mazmunli rasm mashg'ulotlarida foyda- lanilar edi, chunki bolalar qalam bilan kerakli ranglami m e’yoriga yetkaza olmasdilar; bu esa dekorativ rasmda juda katta ahamiyatga ega. Ozoda, bir tekisda yorqin shtrixlash kabi texnik qiyinchiliklar ko‘pgina diqqatlarini va kuchlarini olib qo‘yar edi. Tayyorlov gu- ruhidagi bolalarda m a ium ko‘nikmalar mavjud bo‘lib, ular qalam- dan turli rang jilolarini hosil qila oladilar. Masalan, gulning har bir gulbargi markazdan qalam bilan turli xil bosimda shtrixlanadi. Bo­ lalar faqat yorqin ranglarning moslashuv go‘zalligini emas, balki nozik, sokin va bir vaqtning o‘zida ko‘zlar uchun yoqimli bo‘lgan ranglarning go‘zalligini ko‘rishga o‘rganadilar. Tayyorlov guruhi­ da bu vazifa qalam hamda bo'yoqlar bilan chizishda hal qilinadi. Dekorativ rasmda barcha guruhlarda faqatgina guashdan foydala-
115
niladi, chunki guashda bir rang ustiga boshqa rang bilan chizish imkoni bor; dekorativ rasmda ko‘pincha bunday ustma-ust chizish talab qilinadi va akvarel bo‘yoq bunday imkonga ega emas.

  1. Yüklə 15,72 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin