Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH
Maktabga tayyorlov guruhida loydan buyum yasashga o‘rgatish. Tayyorlov guruh bolalarining loy ishlari xilma-xil va qiziqar- lidir. Bunga sabab bola ham jismoniy, ham fiziologik rivojlangan bo‘ladi. Bolalar predmetlar shaklining aniq tasviri, proporsiyasi- ni to‘g‘ri berishga o‘rganadilar. Bu guruh katta guruhga nisbatan bir bo‘lak loydan cho‘zib chiqarish usuli orqali ko‘proq ishlay- dilar. Shuningdek, stekdan keng foydalanadilar, bu bilan har xil operatsiyalar bajaradilar. Tayyorlov guruhida loy ishlarini o‘rgatish dasturi xilma-xil va murakkabdir. Bolalar predmetlarning shaklla- rini ko‘rib, his qilib, idrok etishga o'rganadilar. Bu guruhda bola lar mustaqil ravishda tasvirlashning texnik usullaridan keng va er- kin foydalana olishlari kerak. Shuningdek, bolalar tasvirlashning haykaltaroshlik usulidan keng foydalanadilar. Tarbiyachi bolalar- ning ijodiy faolligini o‘stirib, ularga mustaqil ishlash ucluin keng sharoit yaratib berib, bolalarni mustaqil mavzu topib, tasvir usul- larini ham mustaqil o'ylab topishga o'rgatib boradi. Tarbiyachi bo- Jalarga xarakterli shakldagi predmetlarni loydan yasashni taklif eta- di. Masalan, sabzavot, mevalar. Agar katta guruhda turli sabza- vot va mevalarni loydan yasashga o‘rgatilsa, tayyorlov guruhida ancha murakkab vazifa topshiriladi. Masalan, turli xil shakldagi bir xil guruhga kiruvchi predmetlarni, olmaning ikki navi — krem va antonovka va bodringning bir necha navlarini. Bu kvartalda bolalar o‘yinchoqni, haykaltaroshlik usullari asosida harakatda- gi predmedlarni loydan yasashga o‘rganadilar. Masalan, bo‘ynini
123
cho‘zib qichqirayotgan xo‘roz, koptok o ‘ynayotgan mushukcha va boshqalar. Bundan tashqari, bolalar bu kvartalda tasawurlari asosida turli hayvonlarni yasaydilar. Shuningdek, bolalar odam figurasini yasashda davom etadilar. Masalan, asosan, Dimkova qo‘g‘irchog‘i. Dimkova qo‘g‘irchoqlarini yangi texnik usul asosida yasaydilar, ya’ni boshi va koftalari alohida loy bo‘lagidan, yubka- sini esa, alohida, boshqa loy bo'lagidan, loyni yassilab konussimon shakl asosida yasashadi. Bolalar o‘z tasawurlari asosida mavzu bo‘yicha «Qiz bola yoki bola bayroqcha ko‘tarib ketyapti», «Bola maktabga ketyapti» kabi ishlarni yasaydilar. Bolalar yalmog‘iz kam- pir, chipollino va boshqa ertak qahramonlarini yasaydilar. Bunday ishlarni bajarish esa bolalarda ijodiy faollikni, mustaqillikni, tas- vir etishning yangi vositalarini o ‘ylab topishga yordam beradi. Bo lalar bu kvartalda butun bir loy bo'lagidan yasash ustida izlanadi- lar va dekorativ loy bo‘yicha keng imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Masalan, asosan, xalq o‘yinchoqlari, idishlar, dekorativ plastin- kalar yasaydilar. Tayyorlov guruhida bolalar idishlarni yangi usul- da yasaydilar. Bu usul idishlarni halqachalar hosil qilib yasash va stek yordamida loyni olib tashlash usulidir. Masalan, halqachalar yasalib, ustma-ust qo'yilib, bir-biriga mustahkam o'rnatilib, so‘ng ichki va tashqi tomonidan ulangan qismlari tekislanib, silliqlanib chiqiladi. Loyni stek bilan o ‘yib olib tashlash usulida, chap qo‘l bi lan silindrsimon, sharsimon shakllardan o'sha predmet ushlanib, o‘ng qo'lda stek bilan ichki qismidan loy olib tashlanadi. Masalan, halqachalar usulida krujka, tog‘oracha, gullar uchun vaza, chash- ka, ikkinchi usul bilan kuvshin, ko'zachalar, xumlar, ya’ni du- maloq va silindrsimon predmetlar yasash uiumkin. Bolalar jamoa loy ishlariga o‘rganadilar. Masalan, parrandalik fermasi, hayvonot bog‘i. Bular jarayonida bolalar bilan tasviriy va texnik vazifalar ham o‘tilishi shu bilan birga, tarbiyaviy xarakterdagi vazifa ham ko‘proq hal etiladi, chunki jamoa loy yashlari bilan shug'ullanganda, ular- ga yaxshi imkoniyat yaratib beriladn. Shuningdek, bolalar tasav- vurlari asosida, naturaga qarab loy ishlarini bajaradilar. Bolalar loy bo'yicha olgan bilim-malakalari asosida ishlab, o'yinda foydalanish uchun turli xil predmetlarni yasaydilar. Masalan, vazalar, turli xil idishlar plastinkalar va boshqalar. Bu tayyoriov guruhida predmetli, mazmunli dekorativ, loy ishlarining turlari uyushtiriladi. Bularning barchasi ixtiyoriy ravishda ham uyushtirilishi mumkin. Bu guruh-
124
da tarbiyachi mashg‘ulotlar uyushtirganda, bolalar bilan birgalikda kuzatish va predmetlami ko‘rib chiqish usulidan keng foydalana- di. Kuzatish va ko‘rib chiqish jarayonida tarbiyachi bolalar diqqa- tini predmetning shakliga, xarakterli xususiyatiga, holatiga tortadi. Kuzatish, ko‘rib chiqish vaqtida tarbiyachi bolalarga savollar bilan murojaat qiladi. Shuningdek, bolalarga turli xil illustrativ kitob- chalar, rasmlar ko‘rsatib, birgalikda ko‘rib chiqish mumkin. Odam figurasining tasviri ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Shuning uchun tarbiyachi bolalar bilan birgalikda turli xil qo‘g‘irchoqlami (sanitarka, kosmonavtni) ko‘rib chiqadilar. Sayr vaqtida kuzatishlar uyushtiriladi. Predmetlaming harakat vaqtidagi vaziyatiga, holatiga bolalar diqqatini tortadi. o ‘ynchoqni ko‘rib chiqish vaqtida bola lar diqqatini harakatning plastikligiga, uning qaysi usul bilan yasal- ganligiga jalb etadi. Shuningdek, hali o ‘yinchoqlar bilan yangidan tanishtirish maqsadida bolalar bilan « 0 ‘yinchoqlar do'koni» degan didaktik o ‘yin uyushtiriladi. 0 ‘yinchoqning xususiyati haqida suh- bat qiladi. Idishlarni yasashda tarbiyachi bolalar diqqatini idishning shakliga qaratadi, qanday usullardan foydalanib yasash mumkin- ligi haqida so‘raladi. Xalq amaliy-dekorativ san’at muzeyiga olib borishi mumkin. Bolalarga predmetli yoki mazmunli loy ishlari ni o'rgatishda, shuningdek, badiiy adabiyotdan keng foydalana- di. Shunday asarlarni tanlab o‘qib berish kerakki, bolalar eshitib, o‘zlari tasvirlamoqchi bo‘lgan qahramonlarini ko‘z o'ngida aniq gavdalantira olsin. 0 ‘qib berib bo‘lgach, bolalar bilan birga qay- sj personajni yasashlari haqida suhbatlashib oladilar. Bu guruhda ham o‘yin usullaridan foydalanadi. Masalan, bolalar turli xil idish lar yasashganda, «Ustaxona» o‘yinini uyushtirish mumkin, natijada bolalar qiziqish bilan ishlaydilar.