Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH
Kattaguruhda dekorativ rasmchizishgao‘rgatishningmazmu-ni va vazifalari. Besh yoshdagi bolalar uchun dekorativ rasmda an cha murakkabroq topshiriqlarni berish mumkin. Chunki bu yoshda bolalarning estetik hissiyotlarining rivojlanish darajasi ancha yuqo- ridir. Bolalarga quyidagilami o‘rgatish zarur:
qog‘oz shakliga yoki hajmli predmetga nisbatan naqshni sim metrik joylashtirish;
naqshda turli xil to ‘g‘ri, doirasimon chiziqlardan, shakllardan hamda o‘simlik elementlaridan foydalanish;
m o‘yqalamdan mahorat bilan foydalanish (uchi bilan chi zish, boshchasi bilan to ‘liq chizish, m o‘yqalamni turli yo‘nalishda harakatlantira olish).
Boshlang‘ich mashg‘ulotlarda o ‘rta guruhda hosil qilingan ma- lakalar mustahkamlanadi. Ular quyidagilardan iborat: turli shakl- larda m o‘yqalam yordamida to ‘g‘ri chiziq chizish, botirib olish usuli bilan chizish, nuqtalar chizish. Bu — o‘rta guruh materialini oddiygina qaytarish emas. Bolalarning ixtiyoriga bir necha xil rang lar hamda naqshda bir-biriga moslashadigan elementlarning tur li hajmlari havola qilinadi. Yilning boshida bolalarga doira ichida naqsh chizishning yangicha usuli o'rgatiladi, ya’ni markaz hamda konsentrik aylana bo‘ylab simmetrik elementlar chiziladi. Doira va kvadratdan tashqari, naqshni tuzish uchun bolalarga oval, uch- burchak, rozeta (to‘pbarggul shaklidagi bezak), oltiburchak kabi shakllar beriladi.
112
Katta guruhda kompozitsion usul sifatida elementlarni nav- bat bilan almashib chizish prinsipidan foydalaniladi; bunday usul naqshni yanada dekorativlashtiradi. Navbat bilan almashib chi zishda naqsh o‘z ichiga turli xil shakldagi va rangdagi 2—3 xil ele- m entni olishi mumkin. Naqshning bezak elementi sifatida bola lar turli chiziq shakllaridan (enli va ensiz chiziqlar, botirib olib chizish, nuqtalar, doirachalar, aylanalar chizish) va murakkab- roq bo‘lgan — o‘simlik shakllari (barglar, mevalar, gullar)dan foy- dalanishni o‘rganadilar. Bunday o'simlik shaklidagi elementlarni bir necha m arta qaytarib chizish bolalar uchun ancha murakkab- lik qiladi. Bolalarga yana m o‘yqalamdan foydalanishning yan-' gicha usuli ko‘rsatib beriladi, ya’ni qog‘ozga m o‘yqalamni yon tom oni bilan botirib olish usulidir. Bunday botirib olish nati jasida hosil boiadigan bosmalar barg shaklida bo‘ladi va ular- dan gullarning, barglarning naqshini chizishda foydalanish m um kin (m o‘yqalamning raqamini inobatga olgan holda: № 3, № 5,
№ 6).
K atta guruhda bolalar rangli fonga moslashtirgan holda tur li ranglar jilosidan foydalanishni o‘rganadilar. Dekorativ rasm da mazmunli rasmga nisbatan fonning rangi juda ham turli xil bo‘lishi mumkin. Yorqin ranglarning moslashuvidan tashqari, bo lalar ranglaming chiroyini m a’lum bir ranglar majmui (gamma) da (ko‘k, havo rang, oq, qizil, olov rang, sariq va hokazo) ko‘rishni o ‘rganadilar. Bolalar bir xil rangdagi, sidirg‘a naqshlarni his qilish layoqatiga egalar. M asalan, qor parchasining naqshi, to ‘rning jimji- m ador naqshi. Katta guruhda bolalarni hajmli buyumlarda naqsh larni hosil qilishga o ‘rgatiladi. Bunday rasm chizishning murak- kabligi shundaki, naqsh kompozitsiyasini kuzatish qiyin, negaki, chizuvchi uni qisman ko‘ra oladi va naqsh elementlarining shakli buyumning yuzasi qavariqligidan biroz o‘zgaradi. Masalan, ko‘zani yoki biror o ‘yinchoqni bezatish. Shuning uchun bolalarga naqsh bilan bezash uchun beriladigan hajmli buyumlar sodda shaklga ega boiishi kerak. M asalan, Dimkov namunasi asosida loydan yasalgan qushlar, otlar. Dimkov o‘yinchoqlarining naqshi sodda va ritmikdir turli kenglikdagi to ‘g‘ri va toiqinsim on chiziqlar bi lan nuqtalarning, doirachalarning, halqachalarning moslashuvidan iborat. Bu ornam entlar rangi jihatdan oq fonning bir necha asosiy yorqin ranglar bilan oddiy kontrast (keskin) moslashuvini beradi.
113
Bolalarni quyidagi vazifalarga o‘rgatish kerak:
m o‘yqalam bilan ishlash (uchi bilan, butun uchi bilan, turli yo‘nalish!arda erkin harakatlantirish).
Bolalar to ‘g‘ri to‘rtburchakka, aylanaga, kvadratga naqshni chizishni o‘rganib boradilar. Bulardan tashqari, oval, uchburchak va oltiburchak ichiga naqsh chizishni o ‘rganadilar.