О‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
ORIENTAL UNIVERSITETI
KURS ISHI
“Pedagogika” fakulteti
“Pedagogika va psixologiya” yо‘nalishi
PP(s)-2.14 guruh talabasi Toʻxtasinova Zuhraxonning
“Oʻsmirlarning tajavuskor hatti xarakatlari”
Himoyaga tavsiya etilsin»
“Pedagogika va psixologiya”
kafedrasi mudiri: p.f.n., dots. _________F.Egamberdiyeva
|
Ilmiy rahbar:
__Mamanazarov Uchqun___
|
«____» ________2023-
MUNDARIJA:
KIRISH ..3
I.BOB. Oʻsmirlarning tajavuskor hatti xarakatlari
1.1.Agressiya vaziyatlar…………………………………………………………5
1.2.Agressiv xatti-harakatlarning o'ziga xos xususiyati………………………..7
II BOB. O‘SMIRLARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA YANGI
XISLATLARNING PAYDO BO‘LISHI
2.1. O‘smirlar diqqatini psixodiagnostika qilish metodi ..18
2.2. Osmirlik Yoshidagi oquvchilarning emotsional xususiyatlari .31
XULOSA 35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .37
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o'smirlarning ta'lim jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda empatiya hissini rivojlantirish, shaxs sifatida o'zini to'g'ri baholash, jamiyatda o'z o'rnini topishida yordam berish hamda axloqiy ko'nikmalar shakllantirilishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb masalalar hisoblanadi.
O'zbekistonlik psixologlardan E.G'. G'oziyev, N.G'. Kamilova, G.Q. To'laganova, B.M. Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik va o'smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o'rganishga qaratilgan tadqiqotlar o'tkazilgan bo'lib, ularda asosiy e'tibor deviant xulq-atvor, xarakter aksentuatsiyasi, bolalar va o'smirlar suitsidi, o'z-o'ziga baho berish va nazorat qilish muammolariga qaratiladi.
Inson onogenizida o'smirlik balog'atga etish davri bo'lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy xayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo'lishi bilan xam xarakterlanadi. O'z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni psixik rivojlanishdagi krizis deb nomlagan. O'smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo'lgan alohida xususiyatlarni asosan jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab bo'lmaydi. Jinsiy yetilish o'smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta'sir ko'rsatib, bu ta'sir bevosita emas, balki ko'proq bilvositadir. O'smirlik davriga ko'pincha so'zga kirmaslik, o'jarlik, tajanglik, o'z kamchiliklarini tan olmaslik, urushqoqlik, yig'loqilik, kabi xususiyatlar xos. O'smirlar va bolalar psixikasining yosh davrlarida o'ziga xos xususiyati mavjud bo'lib adabiyotlarda emotsional yetuk emaslik, kattalar avtoritetiga bo'ysunish, ishonuvchanlik, jinsga oid munosabatlar haqida xabardorligi va hayotiy tajribasining yetarli darajada emasligi, boshqa insonlarni mavjud harakatlarini oldindan ayta olish va murakkab vaziyatlarda tanqidiy hamda to'liq baholay olmaslik kabi sifatlar namoyon bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |