Diqqat. Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustunlik qilsa, osmirlik davrida bola oz diqqatini ozi boshqara oladi. Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda oquvchilar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi. Osmir oz diqqatini tola ravishda ozi uchun ahamiyatli bolgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bolgan faoliyatlarga qarata oladi. Osmirning diqqati yaxshi boshqariladigan va nazorat etiladigan darajada rivojlangan bolishi mumkin. Bolaning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati oqituvchi tomonidan doimo qollab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ixtiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga kotarish uchun bir qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, osmirning dars jarayonida oz tengdoshlari orasida ozini korsatishi uchun sharoitni yaratilishi ham osmirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriyga aylanishida zamin bolib xizmat qilishi mumkin.
II BOB. OSMIRLARNING PSIXIK RIVOJLANISHIDA YANGI XISLATLARNING PAYDO BOLISHI 2.1. Osmirlar diqqatini psixodiagnostika qilish metodi (Diqqatning taqsimlanishi va barqarorligini baholash metodikasi uchun matritsa)
Ushbu metodika yordamida osmirlar diqqatining korsatkichlarini, shu bilan bir qatorda taqsimlanishi va barqarorligini organish mumkin. Sinaluvchi 1-jadval (1a) ni korib chiqadi va undagi 1dan 25 gacha bolgan sonlarni tartib bilan topadi. Xuddi shunday harakat har bir jadval bilan bajariladi. Bitta jadval bilan ishlashga ketgan ortacha vaqt aniqlanadi. Buning uchun har bir jadval bilan ishlashga ketgan vaqt qoshiladi va 5ga bolinadi. Bu osmir diqqati taqsimlanishining indeksi hisoblanadi. Xuddi shu metodika yordamida diqqatning barqarorligini ham aniqlash mumkin. Buning uchun har bir jadvalni korib chiqishga ketgan vaqt taqqoslaniladi. Agar 1-dan to 5- jadvalgacha har birini korib chiqishga ketgan vaqt orasidagi farq juda kichik bolib 10 sekunddan oshmasa diqqat barqaror hisoblanadi.
Osmirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham boladi. Aynan 13-14 hamda 16 Yoshlarda charchash chizigi keskin kotariladi. Bunday holatlarda osmir atrofdagi narsa va voqealarga toliq diqqatini qarata olmaydi.
Osmirlik davrida xotiraning barcha turlari ozining sifat korsatkichlari asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda oquvchilarga beriladigan oquv materialining hajmi katta bolgani uchun ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yoli bilan ozlashtirish qiyin. Osmirlik Yoshida bolalar oqigan va organganlarini sozma-soz yodlashdan voz kechib uning manosiga kora eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda faol ravishda mantiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa birmuncha sustlashadi. Bu esa bazan salbiy xolatlarni ham keltirib chiqarishi mumkin. Osmirlik davriga kelib yangi fanlar, jumladan, oquvchilar eslab qolishi zarur bolgan malumotlar miqdori kopayadi. Ammo mexanik xotiraning sustlashuvi malumotlarni eslab qolishda muammolarni keltirib chiqaradi va osmirlar tomonidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va oz-ozidan oqishga bolgan qiziqishlarining pasayishiga sabab bolishi mumkin. Buning uchun oquvchi oquv materialining mazmunini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim.
Osmirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bola boshlaydi. CHunki bu davrdagi oquvchilar atrof-olamdagi boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda osmirning bilishga bolgan qiziqishida keskin rivojlanish sodir boladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi osmir tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. Buning tasirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo boladi.
Maktabda oqitiladigan fanlar osmir uchun oz taxminlarini yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bolib xizmat qiladi. J.Piajening takidlashicha, Ijtimoiy hayot uch narsaning tasiri - til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi». Bu borada ozlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar oz-ozidan tafakkurning yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11-12 Yoshdan boshlab osmir endi mantiqiy fikrlab harakat qila boshlaydi. Osmir bu Yoshda xuddi kattalar singari keng qamrovli tahlil etishni organa boshlaydi. Osmir tafakkurning nazariy darajaga qanchalik tez kotarila olishi, oquv materiallarini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlanishini belgilab beradi. Osmirlik davri yuqori darajadagi intellektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik ota qiziquvchanlik hamda atrofdagilarga oz layoqatlarini namoyish etish, Shuningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan belgilanadi. Osmirning kattalarga beradigan savollari mazmunli, mulohazali va aynan osha masala doirasida boladi. Bu Yoshdagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, tadqiqot otkaza oladilar hamda malum bir masala boyicha muqobil variantlarni taqqoslay oladilar. Osmir tafakkuri kopincha umumlashtirishga moyil boladi. Respublikamizning bozor iqtisodiyoti sharoitiga otishida kishilardagi amaliy tafakkurning ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy sifatlar kiradi:
- tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga kelgan muammolarni tez echa olishlik va boshqa shu kabi sifatlar mavjud bolgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira borish nihoyatda muhim.
Osmirlik davrida ishbilarmonlik sifatini oquvchilarning oz-ozini boshqarishini yolga qoyishi, umumiy foydali tadbirkorlik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu borada oquvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yol tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida ozi ishtirokchi bolgan taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu Yoshda tadbirkorlikni rivojlantirishda koproq mustaqillikning berilishi osmir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy tasir korsatadi. Osmir Yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni koproq ularni qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib borishga yollash orqali amalga oshirish mumkin, osmirlarda yuzaga kelgan muammolarni tez va operativ holda echish malakasini shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning temperamentiga ham bogliq. Barcha osmirlarni ham tez yollab, tez harakat qilishga orgatish mushkul, lekin ularni biror muammo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan muammoni echishning umumiy qoidalariga orgatib borish mumkin. Osmirlik davrida iitellektning yuqori darajada rivojlangan bolishi qimmatli va obroli hisoblanadi. Osmir shaxsida va uning bilishga qiziqishidagi ozgarishlar ozaro bogliq boladi. Ixtiyoriy psixik jarayonlarning rivojlanishi osmirdagi shakllanib kelayotgan shaxs mustaqilligiga tayanadi, ozining shaxsiy xususiyatlarini anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkurni rivojlanishi bilan belgilanadi.