Metodikasining



Yüklə 15,72 Mb.
səhifə21/42
tarix28.11.2023
ölçüsü15,72 Mb.
#169365
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42
Rasm buyumlar yasash va tasviriy faoliyat metodikasi. Nurmatova M.SH

Birinchi kichik guruhda o‘rgatishning mazmuni va vazifalari. Ikki yoshli bola qalam, m o‘yqalamni to‘g‘ri ushlaslii mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo‘q, qo‘1 harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta’sir qilish bilan bogiiqdir. Birinchi kichik guruhda o‘rgatishning vazifalari quyidagilar:
100
Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qizi- qlnhni uyg‘otish.
Rasm chizish materiallari —«qalam, bo‘yoqlar» va ulardan foy­
dalanish usullari bilan tanishtirish.
Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tu- ihunishni o‘rgatish.
To‘g‘ri va egri chiziqlarni hamda tomonlari berk shakllami
chizish prinsiplarini o‘rgatish.
Bu guruhning dasturi keyingi guruhlaming dasturidan bosqich- ma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chi- Zishning birinchi mashg‘uloti qog‘oz va qalam bilan tanishti- rishdan boshlanadi. Bu materiallarning o‘yinchoqlardan bolalar­ ga m a’lum bo‘lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini baja­ rish mumkin. Qog‘oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda Izlar paydo bo‘ldi. Qalamning ochilgan uchi qog‘ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog‘ozda uning Izlari ko‘rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog‘oz yirtilib ketishi m um ­ kin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko‘rsatib berish bola­ larda rasm chizishga qiziqishni uyg‘otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko‘nikmalarni qalam, m o‘yqalamni to ‘g‘ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo‘yoqni m o‘yqalamning uchiga olishni bilish kabilami o ‘rgatishni dastur o‘z ichiga olgan.
Ikkinchi — kichik guruhda rasm chizishni o‘rgatish. Bu guruh bolalar (3 yoshli bolalar) psixologik jihatdan rivojlanadi, tajribalari ancha o‘sadi. Tarbiyachi bu yoshdagi bolalar bilan rasm bo‘yicha mashg‘ulot ohb borganda, bolalarning rasmga nisbatan qiziqishla- rini orttiradi. Bu guruhda bolalarni rasm ishining sifati emas, bal­ ki ish jarayoni qiziqtiradi. Rasm bo‘yicha barcha guruh bolalari tarbiyachining og‘zaki ko‘rsatmalarini tinglashga, tarbiyachining ko‘rsatib bergan usullarini bajarishga o ‘rganib boradilar. Bu yosh­ dagi bolalar rasm faoliyatida tezda o‘yin faoliyatiga o‘tish bilan ajralib turadi. Masalan, doirachalar chizib, uning ichini qalam bilan urib chiqib, uni qush don cho‘qiyapti, deb ifodalaydi. Bunda yosh bolalarning rang tanlash malakasi shakllanadi. Bolaning diqqatini ularga yoqqan ranglar tortadi. Bolalar tasviriy jarayonida so‘z bilan ifodalashga o‘rganadilar. Rasmda tasvirlay olmagan voqealarni so 1/, bilan to ‘ldiradi. Bolalarda mustaqillik, faolli o‘sadi. Tarbiyachi bo­
l d
lalarga mashg‘ulotda olgan bilim va ko‘nikmalardan mustaqil foy­ dalanish imkoniyatini tug‘diradi. Agarda 1-kichik guruhda bolalarni nimaningdir tasviriga o‘rgatilsa, 2-kichik guruhda bolalarni narsal­ arning tasviriy usullariga o'rgatib boriladi. Bolalar turli shaklda- gi predmetlarning tasviriga o'rgatiladi, doira, to ‘g‘ri to‘rtburchak, uchburchak va turli yoiialishdagi chiziqlar to'plamidan iborat narsalarni chizadilar. Predmetlarning shaklini to‘g‘ri tasvirlash­ ga o‘rgatish uchun bolalarning qoilarini shakliy harakat qilish­ ga o‘rgatish lozim. Bolalarga predmet shakli bilan qo‘lning shak­ liy harakatlari o‘rtasidagi bogiiqlikni o‘rgatish lozim. Tarbiyachi predmetni tasvirlashga o'rgatishdan oldin, uni mashg'ulot oldidan ko‘rib chiqadi (ya’ni kuzatish olib boradi). Bolalar jon-u dili bi­ lan turli rangdagi koptoklar, sharlar va archa o‘yinchoqlarini tas- virlaydilar. To ‘g ‘ri to‘rtburchak shaklining tasviriga bolalar bu gu­ ruhda qiynaladilar, shuning uchun bu shakl yilning 2-yarmi- da beriladi. Bolalar archa, daraxt, tursa yiqilmas qo‘g‘irchoq, ar- avachani tasvirlaydi. Qizil, sariq, ko‘k, yashil, qora, oq ranglar- ni bilishga o‘rgatiladi. Shuningdek, rang aralashtirishlami (pushti, havo rang va zarg‘aldoq, jigarrang) tavsiya etish mumkin. Bu guruh bolalardan ranglarni to‘g‘ri atash va tasvirlash aniq talab etilmay- di, ammo tarbiyachi asta-sekin predmetlar rang-tusining real tas­ viriga o'rgatib borishi kerak. Masalan, ko‘m -ko‘k o‘tlar o‘smoqda, o‘tlarda sap-sariq jo ‘jalar o‘tlab yurishibdi va hokazo. Bu guruhda bolalar rasmi mazmun jihatidan juda kambag‘al boiadi, ya’ni ish- lar mazmuni asosan so‘zda ifodalaniladi. Masalan, mashina chizib, so‘z bilan mazmun beradi. Masalan, bu mashina yurib ketdi yoki yuk olib kelyapti kabi. Mashg‘ulot davomida bolalar bir turdagi predmetlami bir necha marta tasvirlashni o‘rganadilar. Bu esa bo­ lalami texnik ko‘nikmalarini mustahkamlaydi. Rasm davomida ish­ ni tezda tugatgan bolalarga tarbiyachi rasm mazmunini kengaytirish maqsadida yangi vazifalar berishi mumkin. Masalan, o‘t ustida yur- gan jo ‘jalar yonida don yoki turli chuvalchanglarni solishni tavsiya etish mumkin va bu bilan bolalar chizgan ishlarini mazmunan bo- yitib borish va bolalarni ham shunga o‘rgatib borish lozim.

Yüklə 15,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin