Undoshlar tasnifi
18
Biz nutqimizni yozma ravishda ham bayon qilamiz. Bunda yozma nutq harflar
ketma-ketligidan tashkil topadi. Tovushning yozuvdagi
ifodasiga harf deyiladi.
Harflar tovushlarning yozuvdagi aksi, tasviridir. Shuning uchun har bir tilda harflar
shu tilning tovushlariga qarab olinadi. Bir tovushga bir harfni to‘g‘ri keltirishga
harakat qilinadi.
Harflarni xotirada yaxshi saqlash va lug‘at tuzishda ma'lum izchillikka amal
qilish maqsadida harflar muayyan tartibda joylashtiriladi. Muayyan tartibda
joylashtirilgan harflar tizimiga alifbo deyiladi.
Lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosida har bir unli tovush
alohida-alohida harflar orqali ifodalangan bo‘lsa, undos tovushlarda ikki harf orqali
ifodalash hollari uchraydi: sh, ch, ng kabi.
Undosh tovushlarning hosil bo‘lishida bo‘g‘iz bo‘shlig‘i, og‘iz bo‘shlig‘i va
O‘pkadan chiqayotgan havo xuddi mana shu joylarda turli xil to‘siqlarga duch
keladi. Buning oqibatida esa undosh tovushlarning hosil bo‘lishi uchun yetarli
shart-sharoitlar yaratiladi. Ba'zi hollarda unga jarang ham qo‘shiladi.
Masalan, «b» undoshining talaffuzida o‘pkadan chiqayotgan havo lablar
to‘sig‘iga uchraydi. «P» undoshining hosil bo‘lishida ham shunday holat bor, lekin
uning «b» dan farqi talaffuzida jarang ishtirok qilmaydi.
O‘zbek tilida undosh tovushlar 24 ta: b, v, g, d, z, j, dj, y, k, l, m, n, p, r, s, t, f, x, ch,
sh, q, g‘, h, ng.
Undosh tovushlar uch tomondan tasnif qilinadi:
I. Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra:
1. Lab undoshlari:
a) lab-lab undoshlari: b, p, m;
b) lab-tish undoshlari: f, v.
2. Til undoshlari:
a) til oldi undoshlari: d, t, z, s, sh, j, ch, n, 1, r;
b) til o‘rta undoshi: y;
19
d) til orqa undoshlari: g, k, ng;
e) chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x.
3. Bo‘g‘iz undoshi: h.
II. Hosil bo‘lish usuliga ko‘ra:
a) portlovchilar: b, p, d, t, g, k, j, q, m, n, ng;
b) sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, y, r, 1, sh, g‘, x, h; d) qorishiqlar: ch.
III. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra:
1. Jarangli undoshlar:
b, v, g, d, z, j, y, g‘ 1, m, n, ng, r.
2. Jarangsiz undoshlar:
p, f, k, t, s, ch, sh, q, x, h.
Shuningdek, ular tarkibiga ko‘ra sof va qorishiq, ovoz va shovqinning ishtirokiga
ko‘ra sonorlar va shovqinlilar deb ham tasniflanadi. Qorishiq undoshlar bitta: ch.
Sonorlar esa beshta: 1, m, n, ng, r. Bularning ichidan 1 yon tovush, r titroq tovush
sanaladi.
Undosh tovush talaffuzi – adabiy tilda undosh tovushlarni to‘g‘ri
talaffuz qilish qoidalari, orfoepik me’yorlari. Undosh tovush orfoepiyasi ko‘proq
fonetik hodisaga bog‘liq bo‘ladi. Xususan: 1) b, d jarangli undoshlari so‘z oxirida
jarangsiz p, t tarzida talaffuz etiladi, bu hol o‘zbek adabiy talaffuzi uchun me’yor:
kitob>kitop, borib>borip, yozib>yozip, savod>savot, obod>obot kabi; 2) b, d
undoshlari jarangsiz undoshlar bilan yonma-yon qo‘llanganda assimilyatsiyaga
uchrab, p, t holida talaffuz etiladi, bu hol ham adabiy talaffuz me’yori hisoblanadi:
ibtidoiy>iptidoiy, ketdi>ketti; 3) j, z undoshining jarangsiz undoshlar ta’sirida sh, s
deb talaffuz etilishi ham adabiy til uchun me’yordir: ijtimoiy > ishtimoiy, mazkur >
maskur kabi; 4) b, q undoshining sirg‘aluvchi v, g‘ undoshiga o‘tishi ham adabiy
talaffuz me’yoriga xilof emas: bora ber > boraver, keta ber > ketaver kabi.
Til undoshlarining hosil bo’lish o‘rniga ko‘ra tasnifi undosh tovushlarning qayerda,
tilning qaysi o‘rnida hosil bo‘lishiga ko‘ra tasniflanadi. Quyida shu jihat yoritilgan.
Ushbu metoddan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning undosh tovushlarni va
ularning tasniflanishi yuzasidan o‘zlashtirgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdan
20
iboratdir. Bunda o‘quvchilar faqatgina til undoshlaridan foydalangan holda eng ko‘p
so‘z topishga harakat qiladilar va natijada eng ko‘p so‘z yozgan guruh g‘olib
sanaladi.
Masalan: til oldi undoshlariga: dutor, nodon; til orqa undoshlariga: ko‘k, gung;
chuqur til orqa va til undoshlariga: g‘aq-g‘aq, g‘iyq-g‘iyq…
Undosh tovushlar ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra jarangli va jarangsiz
undoshlarga bo‘linadi. Bunda ularning hosil bo‘lishida ovoz va shovqinning
ishtiroki nazarda tutiladi.
URG‘U VA UNING NUTQDAGI AHAMIYATI
So‘z bo‘g‘inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so‘zlardan birining
boshqalariga nisbatan kuchliroq yoki cho‘ziqroq talaffuz qilinishiga
urg‘u
deyiladi.
Urg‘uning vazifalari : 1. So‘zlarning fonetik tarkibini uyushtirish; 2. Gap tarkibida
so‘zlarni bir-biridan farqlash.
Urg‘u yordamida nutq ko‘rkamlashadi, eshituvchiga yoqimli bo‘ladi, uni
zeriktirmaydi.
• Masalan: olmá (predmet, mevaning bir turi), ólma (harakat, olmoq fe’lining
bo‘lishsiz shakli, - ma qo‘shimchasini ajratish mumkin); akademík (predmet,
ot), akademi
Dostları ilə paylaş: |