Jizzax davlat pedagokika



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix28.04.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#103969
1   2   3   4   5   6   7
Jizzax davlat pedagokika

́k (belgi, sifat); gullár (ot, “ko‘p gul” ma’nosida), gúllar ( fe’l, 
“gullamoq”). 
• Gapning maqsadga ko‘ra turini ajratishda esa ohang (ohang) fonetik vosita 
bo‘lishi mumkin. Masalan: Dars boshlandi. (darak gap) Dars boshlandi? 
(so‘roq gap).  
• So‘z ma’nolarini farqlashga xizmat qiladigan fonemalar xususida yuqorida 
fikr yuritildi. Lug‘at tarkibidagi barcha so‘zlar, grammatik shakllar ana shu 
fonemalarining ma’lum tartibda ketma-ket joylashishi orqali shakllanadi. 
Ayrim hollarda o‘xshash bo‘lgan (omonim) so‘zlarning ma’no va grammatik 
shakllarini farqlashda urg‘u (leksik urg‘u) fonetik vosita bo‘lishi mumkin.


21 
Izohlar : 1. Sof ko‘makchilar bilan birga kelgan mustaqil so‘zning oxirgi bo‘g‘ini 
urg‘u oladi: Osm
o
n uzra. 
2. Bir bo‘g‘inli so‘zlar sof ko‘makchilar bilan qo‘llansa, urg‘u oladi : Y
e
r uzra. 
3. –gina qo‘shimchasidan keyin qo‘shimcha qo‘llansa, urg‘u oladi : Bola
gina
+m 
mening… 
4
Qazilma, qurilma, qazilma, qo‘llanma, qurama 
kabi so‘zlarning oxirgi bo‘g‘ini 
urg‘u oladi, chunki ularning fe`l shakli yo‘q, ular ot so‘z turkumida. 
O‘zbek tiliga arab, fors-tojik, rus va boshqa yevropa tillaridan o‘zlashgan 
so‘zlarda urg‘u barqaror o‘ringa ega. Bu urg‘uning o‘sha tillardagi ahamiyati bilan 
bog‘liqdir. Masaian: tadbir, monitoring, reklama, tijorat, ma'lum, bahor va h.k. 
Urg‘u ikkiga bo‘linadi: 1. So‘z (leksik)urg‘usi. 2. Ma'no (frazaviy, mantiqiy) 
urg‘usi. So‘z urg‘usi so‘zdagi bo‘g‘inlardan biriga tushadi. A’kademik litsey,
akade’mik shoir. 
Ma'no urg‘usi gapdagi ma'lum bir so‘zning boshqalariga nisbatan ta'kidlab, ajratib 
aytilishini ta'minlaydi. Masalan: Samarqandda (boshqa biron bir shaharda emas) 
afsonaviy obidalar ko‘p. 
Quyidagi qo‘shimchalar urg‘u qabul qilmaydi: 
1. -ta beshta 
2. -tacha o‘ntacha 
3. -dek, -day shamolday, onamdek 
4. -ov, -yev, -yeva Samandarov 
5. -man,-san,-miz,-siz,-dir; 
6. -ma tegma 
7. -mi.-chi,-ku,-da,-u,-yu,-gina….. 
«So‘z juftlarini davom ettir» o‘yinida o‘quvchilarga san’at- sanat, tal’at-talat, 
qal’a-qala, ta’na-tana, ta’b-tab singari so‘zlar berilib, shunday so‘z juftlari tuzishni 
davom ettirish va ularning ma’nosini sharhlash topshiriladi. Berilgan so‘z juftlarini 
belgilangan miqdorga (masalan, 15-20 ta so‘z juft) yetkazgan o‘quvchi g‘olib deb 


22 
topiladi. Ushbu o‘yin o‘quvchilarning fonetik bilimlarini mustahkamlash bilan bir 
qatorda, zukkolik, epchillik, topqirlik qobiliyatlarini ham yuzaga chiqaradi.
«Sirli kataklarni to‘ldir» o‘yini. O‘quvchilarga kataklarni to‘ldirib, tovushdosh 
so‘zlar hosil qilish vazifa qilib topshiriladi. Masalan, «toy» so‘zini «soy» so‘zigacha 
davom ettirish talab etiladi. Namuna: toy, loy, moy, voy, oy, choy, yoy, soy.
Tavsiya etilgan so‘zlar:
• bosh, tosh, osh, qosh, yosh, fosh;
• bol, pol, tol, sol, qol, mol, hol, xol.
Darslikda mavzuni mustahkamlash uchun 3 ta mashq berilgan. 381-mashq 
berilgan so‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi o‘rtasidagi farqni ajratishga qaratilgan 
bo‘lsa. 382-mashqda esa berilgan so‘zlardagi nuqtalar o‘rniga i yoki u harfini 
qo‘yish vazifasi topshirilgan. 383-mashq esa o‘quvchining mavzu yuzasidan 
egallagan bilimini va savodxonligini aniqlashga qaratilgan bo‘lib, unda bir so‘zning 
ikki xil yozilishi berilgan: tuyg‘i-tuyg‘u, uyqu-uyqi kabi. Bulardan to‘g‘ri 
yozilganini aniqlash topshirilgan. 384-mashq uyga vazifa qilib beriladi. Ko‘rinadiki, 
mana shu mavzu orqali o‘quvchilarga i va u unlisi ishtirok etgan so‘zlarning imlosi 
haqida yetarli tushuncha beriladi. Darslikdan “Qator kelgan unlilar talaffuzi va 
imlosi” nomli mavzu ham o‘rin olgan. Ushbu mavzu ham o‘quvchilar 
savodxonligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. So‘z tarkibida yonma-yon 
kelgan ikki unli tovush ishtirok etsa, bular qator kelgan unli sanaladi: oila, shoir, 
muomala, soat, saodat kabi. Bunday so‘zlar talaffuzida yo bir tovush tushirib 
aytiladi yoki bir undosh tovush qo‘yib aytiladi. Bu holat esa qator unli ishtirok etgan 
so‘zlarning imlosida qiyinchilik tug‘diradi. Ushbu mavzu esa o‘quvchilarga 
shunday so‘zlarning yozilishini o‘rgatishda yaxshi yordam beradi. 
Ayrim undoshlar talaffuzi va imlosini o‘rgatish orqali ham o‘quvchilarga 
orfografik bilimlar berib boriladi. Darslikda berilgan Jarangli va jarangsiz undoshlar 
talaffuzi va imlosi nomli mavzu quyidagicha o‘rgatiladi. Dastlab topshiriq sifatida 
berilgan bob, yod, eg kabi so‘zlarning talaffuzi o‘rganiladi va so‘z oxirida kelgan 
jarangli undoshlarning jarangsizlashi, lekin yozuvda jarangli undosh sifatida 


23 
aytilishi haqida shunday xulosa chiqariladi: so‘z oxirida b-p, d-t, z-s singari jarangli 
va jarangsiz undoshlar o‘rtasidagi farq yoq‘olib, bir xil jarangsiz undosh tovush 
holida talaffuz etiladi, lekin b,d,z yoziladi. Shundan so‘ng darslikdagi mashqlar 
orqali bu qoidalar mustahkamlanadi. Keyingi darslarda g-k, q-g‘ kabi jarangli va 
jarangsiz undoshlarning imlosi, q-g‘ undoshlari bilan tugagan so‘zlarga 
qo‘shimchalarning qo‘shilishi va ularning imlosi, v, m undoshlaridan oldin kelgan n 
undoshining imlosi o‘rganiladi. Shu bilan birga o‘quvchilarga j, x va h, f, ng, sh va 
ch harflarining, qo‘sh undoshlarning talaffuzi va imlosi haqida ham ma’lumot 
beriladi. Imloviy bilimlar tutuq belgisi, qator undoshlar, bo‘g‘in, tovushlarining 
orttirilishi va tushib qolishi kabi mavzular bilan bog‘liq holda ham o‘rgatiladi.
Fonetik mashqlar – o‘quvchilarda mustaqil fikrlashni shakllantiruvchi vosita. 
Ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligi ko‘p jihatdan so‘zning ma’nosi va shakli, 
grammatik kategoriyalar va ularning nutqda ifodalanishi o‘rtasidagi bog‘lanishlarga 
bog‘liq bo‘ladi. Ammo, afsuski, amaldagi mavjud dastur va darsliklarda bu 
bog‘lanishlar to‘la hisobga olingan emas. Til hodisalarining nazariy talqini asosiy 
o‘rinni egallab, so‘z va uning leksik ma’nosi, matn ustida ishlash, o‘zbek adabiy 
tilining boy imkoniyatlaridan nutqda foydalanish masalalari uning soyasida qolib 
ketgan. Ta’limga juda katta salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan bu holning oldni olish 
choralaridan biri o‘zbek tili fonetikasi, leksikologiyasi va grammatikasi semantika 
va amaliy uslubiyat bilan bog‘lashdir. Bu muhim tadbirni amalga oshirishda tilning 
barcha bo‘limlari qulay imkoniyatlarga ega. «Fonetika»ni o‘rganishda o‘quvchilar 
ko‘proq tovush va uning ma’noga ta’siri, tovushdosh so‘zlar hosil qilish, hosil 
qilingan so‘zlarning ma’nolari ustida ishlash, u — o‘, i — u, a — i kabi juftlar bilan 
farqlanuvchi so‘zlar topish va ularning ma’nolarini izohlash, ma’lum bir 
guruhlardagi so‘zlar ro‘yxatini tuzish(masalan, birinchi bo‘g‘inida u, o‘, ikkinchi 
bo‘g‘inda u yoki i kelgan urush—urish, tushum—tushim kabi so‘zlar); berilgan 
so‘zlarda undoshlarni juftlari bilan almashtirish orqali yangi so‘zlar hosil qilish, 
mahalliy shevada talaffuzi adabiy tilda farqlanuvchi so‘zlar lug‘atini tuzish va ular 
ustida ishlash, she’riy asarlarni ifodali o‘qish, she’riy asarlarni tahlil qilib, ularning 
qofiyalanishi ustida ishlash, ma’lum bir fonetik hodisadan (masalan, unlilarni 


24 
cho‘zishdan) foydalanib, matn yaratish kabi imkoniyatlarga ega va bu sermahsul 
ishlar ona tili mashg‘ulotlarining samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Fonetikani 
o‘rganishda eng muhim masalalardan biri imlodir. Shuning uchun unli va undosh 
tovushlar (harflar) haqida gap borar ekan, asosiy e’tiborni imlo masalalariga 
qaratishga to‘g‘ri keladi. «Unlilar imlosi» o‘rganilayotganda a, i, u, u harflari 
ishtirok etgan so‘zlarni matnda ajratish, ularning talaffuzxususiyatlariii sharhlash: u 
— o‘, i — u, a — i va h. k. juftlar bilan farqlanuvchi so‘zlar topish va ularni 
izohlash; birinchi bo‘g‘inda u, o‘, ikkinchi bo‘g‘inda u yoki i kelgan so‘zlar 
talaffuzi, imlosi va ma’nosi ustida ishlash (urush—urish, tushum—tushim kabi); i 
— u tovushlari (harflari) tushib qoladigan so‘zlar ro‘yxatini tuzish; q, g‘, h, x 
tovushlari (harflari) va k, g,. y tovushlari (harflari) bilan yonmayon kelgan a, i, u, o‘ 
tovushlarining talaffuz xususiyatlari, i, u tovushlarining o‘ta qisqa va aniq talaffuzi 
ustida ishlash. 
Ma’lumki, yangi internet asri deb atalmish XXI asrga o‘tish insoniyat uchun 
misli ko‘rilmagan burilishlar, ya’ni yangilanish va jadal taraqqiyot davri bo‘lib 
tarixga kirmoqda. Ayni paytda, Respublikamizda jahon kommunikatsiyasida va 
yangi axborot texnologiyalari yutuqlari iqtisodiy, ijtimoiy–siyosiy va huquqiy 
islohotlar bilan bir qatorda ta’lim–tarbiya sohasidagi o‘zgarishlarni amalga 
oshirishga ham keng joriy etilmoqda. Bu esa, ilm-fan va ta’lim–tarbiya bilan bog‘liq 
ishlarni tashkil etishni jahon standartlari darajasiga yetkazishni taqoza etmoqda. 
Shu bois hukumatimiz tomonidan «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, «Kadrlar 
tayyorlash Milliy dasturi», «Davlat ta’lim standartlari» singari ta’lim–tarbiyani 
rivojlantirishga bag‘ishlangan bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi. Ularni amalga 
oshirishdan maqsad kelajagimiz bo‘lgan yoshlarni barkamol shaxs sifatida voyaga 
yetkazishga qaratilgandir. Jamiyatning ilg‘or yangi pedagogik va axborot 
texnologiyalarni yarata oladigan ijodkor yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish 
uchun jiddiy tadqiqotlar olib borishni hamda uning o‘ziga xos tomonlarini maxsus 
o‘rganishni taqoza etganligi bilan hozirgi zamon fanining dolzarb muammolaridan 
biri bo‘lib qolmoqda.


25 
Fikrlashga yo‘naltiruvchi fonetik mashqlar. Ona tili ta’limida uzluksizlikni 
ta’minlash maqsadida sistemaviylik va izchillik tamoyillariga amal qilib, ish tutilsa, 
ta’lim tizimidagi qaytariq va o‘rinsiz takrorlarga chek qo‘yilgan bo‘ladi. Bu esa til 
fanini barcha bo‘limlari ketma ketligi, bosqichma bosqichligini ta’minlashi 
shubhasizdir. 
Topshiriq. Matnni ifodali o‘qishni mashq qiling. So‘ng tushunchangizni so‘zlab 
bering. Inson turli a`zolardan tarkib topgani kabi til fani ham turli bo‘limlardan 
iborat bo‘ladi. Til va uning bo‘limlarini o‘rganuvchi fan tilshunoslik deyiladi. Uning 
nutq tovushlari haqidagi bo‘limi fonetika, nutq tovushlarini yozuvda ifodalovchi 
belgilar, ya`ni harflar tizimini o‘rganuvchi bo‘limi grafika, tilning lug‘at tarkibini 
o‘rganuvchi bo‘lim leksikologiya, shuningdek, so‘z turkumlari va so‘zning tarkibi 
morfologiyada, so‘z birikmasi va gap esa sintaksisda o‘rganiladi.
1-mashq. Berilgan xalq maqoli ma`nosini tushuntiring. Unda ishtirok etayotgan 
tovushlarning hosil bo‘lish o‘rnini talaffuz asosida aniqlang.
Bilimliga yorug‘ dunyo, Bilimsizga –qorong‘u. 
2-mashq. Quyidagi so‘z juftliklarini birma - bir talaffuz qiling, ular orasidan 
shakldosh so‘zlarni toping va ma`nolarini izohlang.Tur-to‘r, kul-ko‘l, sur-so‘r; 
Tush-to‘sh, qush-qo‘sh, xush-xo‘sh. 
3-mashq. Berilgan matnni o‘qing. Unda ishtirok etayotgan mustaqil so‘zlarni 
so‘rog‘iga ko‘ra turkumlarga ajrating va jadval shaklida joylashtiring.
Biror matnni o‘qiganda baland ovoz bilan, shoshilmasdan o‘qing. Har bir so‘zni va 
so‘z tarkibidagi tovushni aniq talaffuz qiling. Tinish belgilariga e`tibor berib, kerakli 
o‘rinda to‘xtamga rioya qiling. Gaplarning ohangiga diqqat qiling. Ohang gap 
mazmunini belgilashda asosiy omil ekanligini unutmang. 
4-mashq. Bir tovush bilan farq qiladigan so‘zlarga yoddan misollar keltiring. Ularda 
qanday tovush ma`no farqlayotganligini ayting. 
Masalan: ranj/ganj; r va g tovushlari ma’no farqlashga xizmat qilmoqda 
5-mashq. Berilgan quyidagi xalq maqollaridan bir bo‘g‘inli so‘zlarni ajratib oling va 
dastlab unli harflarni so‘ng undosh harflarini almashtirib yangi so‘zlar hosil 
qiling.Ish desa, ayyor, Sher izini it bosmas.Osh desa, tayyor.


26 
Ko‘p bilgan oz so‘zlar, oz bo‘lsa ham soz so‘zlar 
6-mashq. Talaffuz qilganingizda hech qanday to‘siqqa uchramay chiquvchi nutq 
tovushlarini 
ajrating. 
So‘ngra she`rni ifodali o‘qib, mazmuni haqida 
tushunchangizni bayon qiling.

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin