Jizzax filiali


Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 119,82 Kb.
səhifə3/7
tarix22.04.2023
ölçüsü119,82 Kb.
#101622
1   2   3   4   5   6   7
1 topshiriq (1)institutsionali

4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi o`xshashlilikka qaramay, institutlar tahlilida prinsipial jihatdan turli konsepsiyalar mavjud. Birinchi nomlanish neoklassikaning qat’iy negizini o`zgarishsiz qoldiradi. Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish neoklassika nazariyasining «himoya
qobig`i» to`g`risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish hisobidan yuz beradi. Aynan shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy imperializm» ga misol
sifatida keltiriladi: an’anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz kechmagan holda «imperialistlar» ilgari neoklassik nazariyaga tashqi bo`lgan omillar – mafkura, xatti-harakat normalari, qonunlar, oila va hokazolarni tushuntirishga intilishadi. Ikkinchi nomlanish, aksincha, institutlarning neoklassikaning ilgarigi qoidalari bilan bog`liq bo`lmagan yangi nazariyasini yaratishga urinishni aks ettiradi.
Ronald Kouz «Firmaning tabiati» (1937) «Ijtimoiy xarajatlar muammosi»(1960) kabi maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning “himoya qobig`i”ga quyidagi o`zgarishlar kiritilgan.
Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy, davlat, aksiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va ularning bozorda bitimlarni
*
Iqtisodiy imperializm – neoklassik yondashuv asosida jamiyat to`g`risidagi fanlarning tarqoq oilasini
umumlashtirish. ta’minlashdagi qiyosiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya’ni, mulkchilik shakllari va
shartnoma shakllarining keng doirasi ko`rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga oshiriladi Mulkchilik huquqlari nazariyasi (R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va optimal shartnoma nazariyasi (J.Stiglits, Y.Maknil)ning tadqiqot dasturi ana shunday. Bu yerda mulkchilik huquqlarining o`rnatilishi va samarali himoyalanishi uchun mas’ul bo`lgan davlat nazariyasi, ijtimoiy tanlov nazariyasi (J.Byukenen,G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo`lgan konstitutsiyaviy iqtisodiyot (V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa, konstitutsiyaviy iqtisodiyotning vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan «tartib nazariyasi» hamda “ijtimoiy tanlov” unsurlarini uyg`unlashtirishdan iborat.Ikkinchidan, neoklassik modelga axborot xarajatlari, ya’ni bitim to`g`risidagi va bozordagi vaziyat to`g`risidagi axborotni qidirish va olish bilan bog`liq xarajatlar tushunchasi kiritiladi.
Axborot nazariyasi (J.Stigler) neoinstitutsionalizm rivojlanishiga katta ta’sir ko`rsatdi.
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda transaksiya xarajatlari mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta’kidlandi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi (R.Kouz, O.Uilyamson) uchun markaziy bo`lgan ushbu atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar
tushuniladi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini
qo`llash natijasida Yangi iqtisodiy tarix (D.Nort) deb nomlangan tarixiy tahlil
paydo bo`ldi. Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich
o`yinlar nazariyasi (J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi
umumiy muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan boshlandi.
Aynan o`yinlar nazariyasi yangi institutsional iqtisodiyot modellarining tilini
shakllantirdi. O`yinlar nazariyasi quyidagi taxminlarga asoslanadi:
a) bir necha muvozanat nuqtalari mavjud bo`lishi mumkin;
b) muvozanat nuqtalari Pareto bo`yicha optimum nuqtalariga mos kelishi
shart emas;
v) muvozanat umuman mavjud bo`lmasligi mumkin.


Yüklə 119,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin